8
savdo yo‘llari tugab, gullab-yashnagan port- Shaharlar mavjud edi. Kichik
Osiyoning Yunon Shaharlari ham muhim ahamiyatga ega edi.Sharqiy viloyatlarda
xususan, O‘rta Osiyodagi ahvol birmuncha murakkabroq vaziyatda edi.
Birinchidan, bu hudud boshqaruv markazlaridan ancha uzoqda joylashgan bo‘lib,
bu viloyatlar bilan aloqa qilishda qiyinchiliklar mavjud edi. Ikkinchidan,
Salavkiylar davlatining chegaralarida joylashgan ko‘chmanchilarning doimiy
xavfi mavjud edi. Mil.avv. III asrdan boshlab ko‘chmanchilarning
ko‘chishlari
boshlanishi
natijasida
chegaralardagi
bu
xavf
yanada
kuchayadi.Davlatning nihoyatda katta hududlarni qamrab olganligi ayrim hollarda
ma’muriy nazoratning susayib ketishiga olib kelgan. Manbalarning guvohlik
berishicha, bir nechta mahalliy siyosiy uyushmalar (alohida kabilalar, Yunon
polislari, ibodatxona jamoalari, mahalliy sulolalar) ichki ishlarda mustaqil siyosat
olib borishga harakat qilganlar.
Har qaysi satrapiyani podsho tomonidan tayinlanib qo‘yilgan satrap yoki
strateg mansabidagi shaxs boshqargan. Fors satraplaridan farq qilgan holda ular
ham ma’muriy, ham harbiy boshqaruvni qo‘lga olganlar. Satrap-strateg ma’muriy
boshqaruvda eng Yaqin odamlaridan o‘ziga yordamchi tanlagan. Bu yordamchi
soliq yig‘uvchilar faoliyati, ichki va tashqi savdo, xo‘jalik hayotini nazorat qilib
borgan.Tarixiy manbalarda salavkiylar satrap-strateglari Yunoncha nomda
(Stratonik, Aleksandr, Gieraks, Antiox va boshqalar) tilga olinadi. Demak,
salavkiylar hukmdorlari asosan Yunonlardan va ayrim hollarda ellinlashgan
mahalliy zodagonlardan tayinlangan. Tadqiqotchilarning fikricha, O‘rta Osiyoda
Yunon hokimlari va ular atrofida to‘plangan Yunon zodagonlari bilan birga
mahalliy zodagonlar ham hokimlik qilar edilar. Salavkiylar hokimiyati O‘rta
Osiyodagi harbiy punktlarda (katoykiyalar) joylashgan harbiy kuchlarga tayangan
edi.Salavkiylar davri Baqtriya, Marg‘iyona, Sug‘diyona va Parfiya hududlarida
ko‘p aholili Shaharlar ko‘p edi. Maroqand, Baqtra, Niso kabi ko‘plab qadimgi
Shahar xarobalarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan
topilmalar bu hududlarda hunarmandchilik, savdo-sotiq va xo‘jalik ishlari
rivojlanganligidan dalolat beradi.Salavkiylar davlati ma’lum bir xalq yoki
elatlardan iborat bo‘lmay, ko‘pdan ko‘p etnik guruhlarni harbiy yo‘l bilan
birlashtirishdan tashkil topgan uyushma edi. Davlat boshqaruvining barcha
siyosiy, huquqiy va ijtimoiy yo‘nalishlari podsho saroyi bilan bog‘liq bo‘lib, bu
holat davlat boshqaruvida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ahamoniylar davlatida
bo‘lgani kabi salavkiylar davlatida ham ko‘pgina davlat ishlarini olib boruvchi
devonxona mavjud bo‘lgan. Ayrim manbalar salavkiylar saroyidagi xat-hujjat
ishlarining boshlig‘i lavozimi haqida ma’lumotlar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: