Toshkent bank kolleji



Download 0,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/17
Sana25.09.2019
Hajmi0,95 Mb.
#22668
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
marketing asoslari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY  VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT BANK KOLLEJI
Z.YA. XUDOYBERDIYEV,  YU.S. XO‘JANAZAROV
MARKETING ASOSLARI
Ikkinchi nashr
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
tomonidan kasb-hunar kollejlarining iqtisodiyot yo‘nalishida
tahsil oluvchi talabalari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida
tavsiya etilgan
O‘ZBEKISTON FAYLASUFLARI MILLIY
JAMIYATI NASHRIYOTI
TOSHKENT
2010

2
Marketing o‘quv qo‘llanmasida bozor munosabatlari sharoitida marketing-
ning zarurligi va mohiyati, bozor iqtisodiyoti sharoitida marketing faoliyatini
tashkil qilish, korxona mahsulot va xizmatlari reklama faoliyatini amalga oshirish
kabi bir qator masalalar ko‘rib chiqilgan.
O‘quv qo‘llanmaning amaliy ahamiyati shundaki, undagi ma’lumotlardan
iqtisodiy yo‘nalishlarda ta’lim olayotgan talabalar keng foydalanishlari mumkin.
Taqrizchilar:
H.T. Muhiddinov  –
Toshkent Iqtisodiyot
kolleji direktori, i.f.n., dotsent,
D.E. Norbekov –
Toshkent Bank kolleji direktorining
o‘quv ishlari bo‘yicha muovini, i.f.n., dotsent.
65.290-2
X-87
Xudoyberdiyev Z. Ya.
Marketing asoslari. Kasb-hunar kollejlarining iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil
oluvchi talabalari uchun o‘quv qo‘l./ Z.Ya. Xudoyberdiyev, Yu.S. Xo‘janazarov;
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent Bank
kolleji.  –T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. – 200 bet
I. Xo‘janazarov Yu.S.
BBK 65.290-2
ISBN 978-9943-319-33-2
© “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2007.
© “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2010.

3
K I R I SH
Mazkur o‘quv qo‘llanma Toshkent Bank
kollejining 10 yilligiga bag‘ishlanadi.
Ko‘pgina rahbarlar va tadbirkorlar o‘z biznes muammolari va kundalik
faoliyatlari bilan shunchalik band bo‘ladilarki, bozordagi o‘z holatlarini
baholash uchun vaqt sarflashni xohlamaydilar yoki vaqt topa olmaydilar.
Shuni anglash kerakki, marketing tadbirkorlar uchun o‘z biznesini
yaxshi anglash, o‘z mijozlariga yaqinlashish, yangi bozorlarni zabt etgan
holda muvaffaqiyatli raqobatlashish va rivojlanish uchun muhim ahamiyat-
ga ega.
Shuni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov
Vazirlar Mahkamasining majlisida qilgan ma’ruzalarida: «Turli korxona va
tarmoqlar faoliyatini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, qayerda rahbarlar
marketing va marketing tadqiqotlari bilan jiddiy shug‘ullanayotgan bo‘lsalar,
o‘sha joyda barqaror faoliyat ta’minlanmoqda, foyda va dividend olinmoq-
da, o‘z vaqtida ish haqi to‘lanmoqda»
1
 – deb ta’kidlagan edilar.
Marketing – iste’molchilarning hozir va kelajakdagi talablarini qondirishga
qaratilgan tovarlar ishlab chiqarish va sotish, xizmatlar tashkil etish, nati-
jada foyda olish bilan bog‘liq faoliyat turidir. Bularning barchasi endi ish
boshlayotgan biznesmenlardan tortib, katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan tad-
birkor, siyosatchi, san’atkor, sportchiga qadar marketing – bozor jarayoni
to‘g‘risida  chuqur bilimga ega  bo‘lishni talab qiladi. Marketingning nazariy va
amaliy asoslarini chuqur bilish tijorat xavf-xatarini o‘z vaqtida his qilish va
kamaytirish, uning variantlarini hisoblashda mavjud bo‘lgan turlardan eng
maqbulini tanlash, raqobat sharoitida bozorni yuqori sifatli tovar va xizmat-
lar bilan to‘yintirish, doimiy talab mavjud bo‘lgan sharoitda xaridorlarning
turli guruhlari uchun sotish, narxini aniqlash va oqibatda ijtimoiy ishlab
chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Bizning iqtisodiy adabiyotimizda marketing muammolariga bag‘ishlangan
izlanishlar yetarli darajada emas. Chunki tom ma’nodagi bozor munosa-
batlari mamlakatimizda asta-sekin rivojlanib bormoqda. Sobiq sotsialistik
jamiyatdagi ishlab chiqarish, savdo va umuman milliy iqtisodiyotning
ko‘pgina sohalarida yakkahokimlik, reja va yuqoridan boshqarishning hukm-
ronligi sababli marketing tushunchasi tom ma’noda amaliyotga kirib kel-
magan edi. Lekin keyingi yillardagi o‘zgarishlar – iqtisodiy taraqqiyotimiz
bozor iqtisodiyotisiz mumkin emasligini har tomonlama isbotlab berdi.
1 «O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 1998-yilgi yakunlari va 1999-yilda
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari». «Toshkent
oqshomi» gazetasi. ¹ 19, 1999-yil 17-fevral.

4
Bu esa o‘z navbatida qisqa davrda uning asoslarini o‘rganishimiz zarurligini
ko‘rsatmoqda. Mana shunday biz uchun qiyin davrda, xorij marketing
masalalarini yechishda to‘plangan boy tajribasidan foydalanmaslik kechirib
bo‘lmas xato bo‘lar edi. Shuni ham unutmaslik kerakki, biz eng katta
taqchillikni – vaqt taqchilligini ham yengishimiz zarur. Ayrim iqtisodchi-
lar marketing faqat rivojlangan bozor sharoitidagina faoliyat ko‘rsatishi
mumkin deb hisoblashishadi. Bizning fikrimizcha, aynan  shu marketing
jamiyatga tez, tejamli va talafotlarsiz bozor iqtisodiyotining kirib kelishi
uchun ko‘proq yordam beradi. O‘tish davrida bozor iqtisodiyoti holatini
aks ettiruvchi marketing prinsi plari bizga vaqtni boy bermasdan bozorni
o‘zlashtirishda o‘z mustaqil yo‘limizni aniqlab olishimizga va huquqiy dav-
lat qurishimizga yordam beradi deb umid bildiramiz. Qo‘lingizdagi qo‘llanma
keyingi yillarda mamlakatimiz va xorij marketingini tashkil etish va amalga
oshirishda to‘plangan boy bilimlarni o‘rganish asosida yuzaga keldi.
Bu qo‘llanmaning maqsadi tadbirkorlarga marketing rejasini tayyor-
lashda, uni ishlab chiqishda foydalaniladigan asosiy tamoyillar bilan ta-
nishishga yordamlashishdan iborat.
Mamlakatimizda kichik tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilarni
bozorda o‘zlarining munosib o‘rinlarini egallashlarida marketingni samarali
tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Iste’molchilarning didiga mos
tovarlarni va xizmatlarni shakllantirishda, raqobat kurashida muhim va hal
qiluvchi ahamiyatga molik bo‘lgan marketing faoliyatini amalga oshirish
hozirgi kunda eng dolzarb masalalardan biridir.
Marketing – bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faol-
lashtirish shakllarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammo-
larini yechish, bozorda vujudga keladigan o‘zgarishlarga tezda moslashish,
iste’molchilarga tabaqali yondoshish, raqobatbardosh yangi tovarlarni   vujudga
keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, bozor konyunkturasini
o‘rganish va bashorat qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish
masalalarini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Marketing iste’molchilarning hozirgi va kelajakdagi  talablarini qondirishga
qaratilgan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish hamda sotish natijasida
foyda olish bilan bog‘liq faoliyat turidir.
Marketing fani raqobatni, iste’molchilar xulqini modellashtirishni,
tovarning sifatini, uning  raqobatbardoshligini, mijozlarni rag‘batlantirishni,
reklamani va bozorni  chuqur o‘rganadi.
Marketing bu biznes falsafasi, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur
yo‘nalishi, tadbirkorlik faoliyati va butun iqtisodiyot bo‘yicha amaliyot faoli-
yatidir.
Ushbu  o‘quv-amaliy qo‘llanma Respublikamizda mavjud barcha o‘rta
maxsus kasb-hunar kollejlarining iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil oluvchi
o‘quvchilarga mo‘ljallangan.

5
I MAVZU. MARKETING VA UNING IQTISODIY
AHAMIYATI
Reja:
1.1. Marketingning mohiyati va ahamiyati.
1.2. Marketing – biznes falsafasi.
1.3. Marketingning boshqaruv funksiyasi.
1.4. Bozorni tanlash.
1.1. Marketingning mohiyati va ahamiyati
Marketing – (Marketing) ingliz tilidan olingan bo‘lib, bozor faoli-
yatini o‘rganish ma’nosini anglatadi.
Marketing – bozorda iste’molchilarga mahsulotlarni to‘g‘ri shakllangan
narxlarda yetkazib berishni o‘rgatadi. Marketing – ayirboshlash yo‘li bilan
ehtiyoj va talablarni qondirishga yo‘naltirilgan inson faoliyatining turi, bo-
zordagi barcha qatnashchilarning o‘zaro manfaatlariga asoslangan harakat-
larini, talabni shakllantirish va qondirish uchun birlashtirishdir. Marketing
– bu tovar harakatining barcha bosqichlarini o‘z ichiga oluvchi, talab va
taklifni o‘rganish, mahsulot ishlab chiqarish dasturini yaratish, sotish va
iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lgan turli xildagi xizmatlar ko‘rsatish va
iste’moldan chiqqandan keyin utilizatsiyalashni tashkil qilish kabi bozor
muammolarini yechishda yaxlit-tizimli (kompleks-sistemali) yondashishdir.
Marketing XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida xaridor talabini
qondirishga mo‘ljallangan, korxonalarning ishlab chiqarish-sotish, savdo
faoliyatlarini tashkil qilish va boshqarish tizimi sifatida paydo bo‘lgan. Bi-
roq, sobiq sotsialistik, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini reja asosida, ma’muriy
boshqarish asos bo‘lgan jamiyatda, marketingni  eng dastlabki tashkil
bo‘lish zarurati, negizi ham o‘z-o‘zidan yaroqsiz, keraksiz holga keldi.
Ayniqsa, 50–80-yillardagi xo‘jalik yuritishda baholashdagi yalpi miqdoriy
ko‘rsatkichlarning ustunligi, yirik xo‘jalik va vazirliklarning yakkahokimli-
gi noshud, kun sayin yemirilib borayotgan, «kasallangan» xo‘jalik mexa-
nizmining yaratilishiga olib keldi. Xarajatlarning o‘sib borishiga asoslan-
gan iqtisodiyot – asosiy maqsad sifatli tovar ishlab chiqarish, pirovard
mo‘ljal, xaridorlar talabini qondirish va fan-texnika yutuqlarini ishlab
chiqarishga joriy qilishni tezlashtiruvchi o‘zgaruvchanlik, moslashuvchan-
lik kabi ishlab chiqarishni rag‘batlantiruvchi harakatlardan mahrumdir.
Ishlab chiqarish va umuman xo‘jalik yuritishga marketing nuqtayi nazaridan
yondashish xaridorga ta’sir qilishning keng jabhalarini o‘z ichiga oladi. Bu
bozor uchun bo‘lgan raqobat kurashining o‘ziga xos xususiyatlarini aniq-
lashga olib keladi. Bozor doirasida sabab-natija aloqalarini tahlil qilishning

6
maxsus usullarini qo‘llab, xaridorlar talabi, ehtiyoji, didi va ta’bi to‘g‘risida
axborotlar to‘plab, korxona va tashkilotlar, marketing konsepsiyasi u yoki
bu tovarga va xizmatga xarid qiziqishini shakllantirish uchun iqtisodiy, tashkiliy,
texnik va ijtimoiy (sotsial) yo‘nalishlarni tashkil qiladi. Ular talabni mum-
kin bo‘lgan rivojlanish istiqbolini aniqlaydilar, uni maqsadli yo‘nalishini
shakllantirish uchun qarorlar qabul qiladilar va ko‘rilgan tadbirlar samara-
dorligini albatta nazorat qiladilar. Xarid masalaga marketingli yondashishdagi
har tomonlama tahlilning o‘ziga xosligi, bozordagi yuz beradigan jarayonlar-
ni hisobga olishgina emas, balki ishlab chiqarish korxonalari, tovarlarni
yetkazib beruvchi vositachilar, ulgurji va chakana savdo korxonalari hamda
ular bilan bog‘liq boshqa barcha tashkilotlarning bozor bo‘g‘inlari tizimidagi
tezkor va uzoq vaqtga mo‘ljallangan aniq maqsadlarini o‘zgarishini tahlil
qilishdir. Marketing xo‘jalikning ma’lum bir tarmog‘iga, masalan, ishlab
chiqarishga yoki savdoga taalluqli deb o‘ylash noto‘g‘ri bo‘lur edi. U bozorga
xizmat ko‘rsatuvchi barcha xo‘jalik subyektlarini o‘z ichiga oladi va ulardan
birgalikda va yaxlit (kompleks) foydalanilganda, birgalikdagi faoliyatning
so‘nggi natijasi uchun umumiy strategik yo‘nalishi mavjud bo‘lgan holdagina
uning vosita va usullari samarali natija beradi.
Bizning iqtisodiyotimiz sharoitlaridan kelib chiqqan holda, bunday
natijalar quyidagilar bo‘lishi mumkin: bozor va milliy iqtisodiyot man-
faatlaridan kelib chiqqan holda iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va xiz-
matlarni tashkil qilish, tovar aylanishi miqdori va tarkibini shakllantirish,
bozor talablari nuqtayi nazaridan milliy iqtisodiyotning istiqbolini aniq-
lash va hokazolar. Marketingli yondashish, markazdan turib boshqarish va
rejalashtirishdan nima bilan farq qiladi? Bunda korxona va tashkilotlarning
ish amaliyotida bozor talabi umuman hisobga olinmas edi. Marketing esa
sotish uchun taklif qilinayotgan tovarning ham, unga almashinadigan va
aholining turlicha bo‘lgan tabaqalarining daromadlariga asoslangan pul oqi-
mining ham aniq manzili bo‘lishini talab qiladi.
Markazlashtirilgan rejalashtirishdagi yalpi-qiymatli yondashuv pul va
ayniqsa, tovar masalasini hech qanday boshqarmaydi, aksincha, uni
ma’nosiz o‘rtacha xaridor deb ataluvchi xaridorga yo‘naltiradi. Hattoki,
yetarli imkoniyatlar mavjud bo‘lgan holda ham, talab va taklif orasida
muvozanat bo‘lmaydi, chunki korxonalar shunday sharoitda faoliyat
ko‘rsatadiki, ular uchun bozor talablariga moslashishning keragi yo‘q bo‘lib
qoladi. Faqat ishlab chiqarish rejasini bajarish va oshirib bajarish kerak
bo‘ladi. Keyin bozorning o‘zi unga kelib tushgan tovarni yutib ketadi. Biz-
ning iqtisodiyotimizda mavjud bo‘lgan doimiy taqchillilik qonuni shundan
iborat edi. Bordi-yu ishlab chiqarilgan tovarning biron-bir qismi bozorda
o‘ziga xaridor topa olmasa, korxona hech qanday zarar ko‘rmas va u hech
qanday moddiy javobgarlikka tortilmas edi. Bunaqa «ish»dan kelib tushadi-
gan zarar jamiyat «yelkasiga» og‘ir yuk bo‘lib tushar edi, xolos.

7
Marketingli qarorlar qabul qilish korxonalardan bozorga mumkin qa-
dar moslashishni va davlat iqtisodiy siyosatiga to‘liq javob berish bilan
birga, ishlab chiqarishning samaradorligi va foydaliligini oshirish, mehnat
natijalaridan moddiy manfaatdorlikni oshirishga asoslangan, o‘zining rivoj-
lanish strategiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishni har vaqt
talab qiladi. Nima uchun bunday hol sodir bo‘ladi? Chunki, marketingli
yondashuvda qiymat qonuni va tovar ishlab chiqarishning boshqa iqtisodiy
qonunlari qat’iy amal qiladi. Ana shu asosida faqat bozorgina tovar-pul al-
mashinuvini ta’minlaydi. Ishlab chiqilgan moddiy boyliklar pul ekviva-
lentiga almashtirilmas ekan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish tugallangan va
to‘liq bo‘lmaydi va yangi ishlab chiqarish davri sikli boshlanishi o‘z-
o‘zidan mumkin emas. Eng kam xomashyo, materiallar, mehnat va moliya
resurslar sarfi bilan talabni ko‘proq, to‘laroq qondirishga imkon beradigan
marketing strategiyasining ma’nosi ham ana shunda.
Shunday qilib, marketing usullaridan foydalanish korxona manfaatlari va
maqsadlarini, jamiyat maqsadlari va manfaatlari bilan birlashtiradi, iqtisodi-
yot taraqqiyotiga mikro va makroiqtisodiy yondashuv birligini ta’minlaydi.
Respublikamiz o‘zining ijtimoiy maqsadlari va iqtisodiy dasturlarini
faqat bozor mexanizmi orqaligina amalga oshirishi mumkin. Bunga bizni
keyingi vaqtdagi tovar-pul munosabatlari va bozor iqtisodiyotining rivoji
ham ishontirmoqda.
Bozor – tovar xo‘jaligining iqtisodiy kategoriyasi bo‘lib, tovar ish-
lab chiqarish va muomalasi qonunlari asosida tashkil etilgan ayirbosh-
lashdir. Boshqacha qilib aytganda, bozor sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) va
xaridor (iste’molchi) lar o‘rtasida sodir bo‘ladigan barcha iqtisodiy mu-
nosabatlar yig‘indisini o‘z ichiga oladi. Bozor aloqalari va munosabatlari
oldi-sotdi akti sifatida oddiy tovar ayirboshlashdan tubdan farq qiladi. Bu
avvalambor tovar-pul munosabatlarini takror ishlab chiqarishning mum-
kinligi va zarurligi hamda tovar xo‘jaligini yuritishning sharoitlarida ko‘rinadi.
Bozor mexanizmi xaridor talabini qondirishga, ishlab chiqarish xara-
jatlarini qoplay olishga, barqaror ishlayotgan har bir korxonaning foy-
daliligini ta’minlashga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga man-
faatdorligini paydo qilishga va mahsulot sifatini oshirishga qodir xo‘jalik
yuritish qurolidir.
Boshqaruvning iqtisodiy usullari amal qilgan sharoitda milliy iqtisodi-
yotning asosiy bo‘g‘ini bo‘lmish korxona va birlashmalarning huquq va
mas’uliyatlari kengayadi, ularning tovar ishlab chiqaruvchilar sifatidagi
roli oshadi. Tovar-pul munosabatlarining bundan keyingi rivoji iqtisodi-
yotning nodavlat sektori (kooperativlar, hissadorlik jamiyatlari, ijarachi-
lik, xususiy ishbilarmonlik) ning kengayishi bilan bog‘liqdir. Respublika-
miz korxonalarining chet el firmalari bilan hamkorligi, ishlab chiqarish
vositalari bilan erkin ulgurji savdoga o‘tish ham tovar-pul munosabatlari-

8
ning mustahkamlanishiga va respublikamizda bozor munosabatlarining taraq-
qiyotiga xizmat qiladi.
 Tayyor mahsulotlarni sotishni – marketingning asosiy vazifasi de-
yishimiz unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki, sotishgacha har bir tadbirkor
bozordagi muhitni, ya’ni iste’molchilarning sotib olish qobiliyati, didi,
iste’molchilarga kerak bo‘ladigan mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish-
gacha bo‘lgan jarayonlarni o‘rganib, ularni bozorga olib kelishlari va undan
keyingina sotishni amalga oshirishlari mumkin.
Marketing nafaqat mahsulotlarni reklama qilish yoki ularni sotish,
balki bozorni o‘rganish asosida olib borayotgan faoliyatimizdan manfaat
ko‘rish va faoliyatimizni rejali, tartibli olib borib yaxshigina foyda olishimiz
ham demakdir.
Marketingning asosiy maqsadlari talabni shakllantirish va rag‘batlantirish,
sotish, bozordagi ulush va foydaning hajmini kengaytirish maqsadida qabul
qilinayotgan boshqaruv qarorlari va tadbirkorlik faoliyati ish rejalarining
asoslanishini ta’minlashdan iborat. Kichik tadbirkorlik faoliyatlarini boshqarish
jarayonida marketing bo‘yicha yondoshishning asosiy shiori bu – “ishlab
chiqarilgan mahsulotni sotish emas, balki sotiladigan mahsulotni ishlab
chiqarish” degan ibora mavjud. Bu tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish-
ni boshlash jarayonidan oldin aniq iste’molchilar ehtiyojlarini mukammal
o‘rganishlari kerakligini, olingan ma’lumotlarga muvofiq mahsulotlarning
kamchiliklarini tuzatishlari va takomillashtirishlari, faqat shundan keyin
ushbu mahsulotni bozorga chiqishi kerakligini bildiradi.
Marketing faoliyatida iste’molchilar asosiy o‘rinni egallaydilar.
Tadbirkor o‘z iste’molchilari sonini ko‘paytirib borishga doim harakat
qiladi. Buning uchun esa, u bozorni o‘rganib, yangi iste’molchilarga va
o‘zlarining doimiy mijozlari uchun tovarlar va xizmatlar ko‘rsatish tur-
larini kengaytirib borishlari kerak.
Marketingning mohiyati deganda, tadbirkorlik faoliyatini olib borish
jarayonida ishlab chiqariladigan tovarlar yoki ko‘rsatiladigan xizmatlarni
iste’molchilarga ularning iqtisodiy-ijtimoiy darajasiga qarab va sotib olish im-
koniyatlaridan kelib chiqqan holda faoliyat olib borish tushuniladi.
Tadbirkor o‘z faoliyati davomida marketing tadqiqotlarni olib borishni
yaxshi anglashi kerak va ushbu sohani yaxshi bilishi lozim. Kichik tad-
birkorlik faoliyatlarida faqatgina marketing bo‘limini olib borayotgan mar-
keting tadqiqotlari qoniqtirmasligi kerak.
Marketing tushunchasi keng qamrovli bo‘lib, buni nafaqat kichik tad-
birkorlik faoliyatlaridagi marketing bo‘limi yoki xodimining ish olib bori-
shi, balki hamma soha vakillari o‘z bilimi va vakolati doirasida olib borgan
faoliyatlari yig‘indisigina bozorda ishonchli natijani kutish mumkin.
Tadbirkorlikning samarali vositasi hamda asosi bo‘lib, marketing hisobla-
nadi, chunki u tadbirkorlik faoliyatida qaror qabul qilish va uni ishlab

9
chiqishda hamda tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimida, uni tashkil
etishda, rejalashtirish va nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Marketing asosida bozorni har taraflama o‘rganish yo‘nalishlarining
asosiylaridan quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish zarur:
 talabni o‘rganish;
 bozor tarkibini aniqlash;
 tovarni o‘rganish;
 raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;
 sotish shakli va uslublarini tahlil etish.
Marketing tadbirkorlik faoliyatining bozorda ishlash uslubi bo‘lib,
iste’molchilar va ularning talab istaklarini o‘rganish, ularga mos tovarlar
yaratish, narx belgilash, tovarlarni yetkazib berish, taqdim etish, sotish,
xizmat ko‘rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-qoidalari maj-
mui hisoblanadi. Bularning hammasi birinchi asosiy maqsadga talab bilan
taklifni o‘zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Marketing – iste’molchilar, bozorning aniq segmentlari talabini hisobga
olish, aniqlangan talablarga mos yangi tovarni ishlab chiqish, rag‘batlantirish
va reklama tadbirlari asosida uni sotishni tashkil qilish hamda tovarlar ha-
rakatini aniqlash konsepsiyasidir.
Jahon amaliyoti tajribalari asosida o‘tkazilgan izlanishlar va statistik
ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, tashkil qilingan xususiy korxonalar-
ning 50–60 foizi faoliyat yuritishning dastlabki 3 yili ichida inqirozga
uchrashi mumkin. Agarda siz shu kabi xususiy korxonaning rahbari bo‘lsangiz
va bu holatga duchor bo‘lmay desangiz o‘z ustingizda va ko‘zda tutgan re-
jalaringiz ustida ko‘p mehnat qilishingizga to‘g‘ri keladi.
Xususiy korxonalarning inqirozga uchrashiga va yopilib ketishiga bir
qancha sabablar ta’sir qiladi. Bu sabablar ichida asosiy o‘rinlardan birini
marketing egallaydi.
Xo‘sh marketing o‘zi nima? Bozormi? Sotuvlarmi? Yo‘q. Marketing
— xaridorlar ehtiyojini qondirish va daromad olish maqsadida mahsulot,
xizmat, qimmatli qog‘ozlar bozorida olib boriladigan keng qamrovli faoli-
yat turidir. Marketing ishlab chiqarish jarayonini bozor talablariga mos-
lashtirish uchun xizmat qiladi.
Marketing faoliyatini amalga oshirish muhiti quyidagi besh qismga
bo‘linadi:
– nazorat qilinadigan omillar;
– nazorat qilinmaydigan omillar;
– o‘z maqsadiga erishishni tashkil qilishda yutuqlar yoki muvaffaqi-
yatsizliklar darajasi;
– teskari aloqalar;
– moslashuvchanlik.
Kichik tadbirkorlik faoliyatini nazorat qilish jarayoni omillariga tad-

10
birkor tomonidan boshqarishni quyidagicha amalga oshirishi, ya’ni o‘zaro
faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan qarorlarini amaldagi qonunchilikka binoan qabul
qilishi, yuqori tashkilot rahbariyati tomonidan aniqlik kiritiladi. Ushbu
nazoratni quyidagi chizmada ko‘rishimiz mumkin:
Biznesda marketing tadqiqotlari
  Marketing  tashqi  muhiti
      Bozor tadqiqoti
Imkoniyatlari
Maqsadli bozor
M a r k e t i n g    d a s t u r i
 Nazorat  Samara-  Budjet   Xodim-  Kommu-  Taqsi-   Baho  Tovar   Basho-
 turlari       dorlik     xarajati     lari       nikativ       mot      siyo-   siyo-
     rat
    siyosati    siyosati   sati
sati
  qilish
Tadbirkorlik faoliyati rejasi
Yangi tovarlar
Tovarlarni ishlab chiqish
Kommunikativ siyosat
Taqsimlash
Bozor
Iste’molchilar
1-chizma. Marketing faoliyatining chizmasi.
Mamlakatimizda marketingning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan
iborat:
1. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobatning kuchsizligi.

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish