10. Tijorat va notijorat zararlar.
11. Foizlar, ijara va patent to’lovlar bo’yicha daromad-lardan kompaniyadan manbada
undirilgan daromad solig’i, bunday to’-lovlarni amalga oshirishda kompaniyadan undirilgan
daromad solig’idan chegirib tashlanadi.
12. Hisobot davrida hisobdan chiqarilgan muddati o’tgan qarz-lar, (faqat tijorat
harakteridagi qarzlar). Ilmiy tadqiqot ishlariga harajatlar to’liq chegirib tashlanadi.
Shimoliy dengizda neft qazib oladigan kompaniyalar uchun maxsus soliqqa tortish tartibi
o’rnatilgan.Bu kompaniyalar neft korporatsiyalar solig’ini 75% stavkada to’laydilar. Shu bilan
birgalikda ular umumiy korporatsiya solig’ini ham to’laydilar.
Buyuk Britaniya kompaniyalari kapitalning o’sishidan soliqni ham to’laydilar.Norezident
kompaniyalar bu soliqni to’lamaydilar.
Is’temolga solinadigan soliqlar orasida qo’shilgan qiymat solig’i (QQS) katta rol
o’ynaydi.Buyuk Britaniyada bu soliq 1973 y 1 apreldan joriy etilgan.
Qo’shilgan qiymat solig’i Moliya vazirligining Bojxona bojlari va aktsizlar
Boshqarmasining ixtiyoriga berilgan. Tadbirkor har chorakda soliq deklaratsiyasini to’ldiradi va
soliq summasini bu boshqarmaga o’tkazadi yoki ortiqcha to’langan summani qaytarib oladi.
Deklaratsiya chorak tugaganidan so’ng bir oy muddatda jo’natiladi.
Vazirlik bilan kelishilgan holda bu muddat 7 kunga uzaytirilishi mumkin.Boshqarma,
shuningdek, import qilinayotgan tovarlar, tamaki, alkogol ichimliklar,o’yinlar biznesi bo’yicha
aktsizlar va yig’imlar uchun ham javobgar hisoblanadi.
Ichki daromadlar Boshqarmasi (bu boshqarma barcha to’g’ri soliqlar uchun javobgardir)
bilan ushbu boshqarma o’rtasida axborot almashinuvi sohasida ishonchli aloqalar o’rnatilgan.
Garchi soliqni undirish o’z-o’zini soliqqa tortish tamoyili bo’yicha amalga oshirilsada,
Bojxona bojlari va aktsizlar Boshqarmasi xizmatchilari 1 yildan 9 yilgacha oraliqda muntazam
tekshiruvlar olib boradilar. Yirik tadbirkorlar uchun har oyda tekshirish o’tkazilishi mumkin.
Barcha hujjatlar 6 yil saqlanishi shart.
Kompyuter texnikasining keng yoyilishi bilan bu sohada Moliya vazirligi bir qancha
imkoniyatlarga ega bo’ldi. Bojxona bojlari va aktsizlar Boshqarma xizmatchilari mijozlar
foydalanadigan kompyuterlar kirishlari, bu kompyuterlarda ishlashlari mumkin (axborotlarni
tekshirish maqsadida), shuningdek, ular tekshirilayotgan firma xodimlari ko’magidan
foydalanish huquqiga ega.
Yiliga 22100 f.st.dan yoki chorakda 7500 f.st.dan oborotga ega bo’lgan yoki shu
miqdordagi oborotni mo’ljallayotgan tadbirkorlar qo’shilgan qiymat solig’ini to’lash uchun
Boshqarmada ro’yxatdan o’tishlari shart.
Agar tadbirkor o’z oborotining ro’yxatdan o’tish uchun zarur bo’lgan summadan kam
bo’lishini taxmin qilsa, u 30 kun muddatda ro’yxatdan o’tkazishni bekor qilishni so’rab, soliq
organiga murojaat qilish huquqiga ega.
Tovarlar va xizmatlar hisobi ro’yxatdan o’tgan vaqtdan boshlab, choraklar bo’yicha
amalga oshiriladi. Soliq deklaratsiyasi o’zini-o’zi soliqqa tortish tamoyiliga binoan to’ldiriladi.
11
Chorak oxirida soliq xizmati soliq deklaratsiyalari shakllarini to’ldirish uchun yuboradi, ular
chorak tugagandan so’ng 30 kun muddatda boshqarmaga qaytarilishi zarur.
Bojxona bojlari va aktsizlar Boshqarmasi deklaratsiyalarni bir yilda bir marta
to’ldirilishiga ham ruhsat berishi mumkin, xususan, imkoniyatlari soni cheklangan kichik biznes
korxonalari uchun ko’zda tutilgan bo’lib, ular uchun har bir chorakda deklaratsiyalar to’ldirish
katta qiyinchilik tug’diradi.
Shuningdek, soliq deklaratsiyalarini har oyda to’ldirish ham ko’zda tutiladi. Agar
ro’yxatga olingan shaxs boshqarmaga ortiqcha to’langan soliqlarni qaytarish bo’yicha tez-tez
murojaat qilishiga majbur bo’lgan hollarda bu usul qulay hisoblanadi. Odatda, doimiy eksport va
boshqa operatsiyalarni amalga oshiradigan va nollik stavkada soliqqa tortiladigan shaxslar uchun
oylik deklaratsiyalar topshirish qulaydir.
Agar to’lov bank o’tkazmalari orqali amalga oshirilsa, vazirlik soliqni to’lash bo’yicha
barcha texnik operatsiyalarni tugallash uchun qo’shimcha muddat (7 kun) beradi.
Bojxona bojlari va aktsizlar Boshqarmasiga o’tkazilishi kerak bo’lgan soliq summasini
hisoblashda soliq to’lovchi tomonidan tovarlarni sotib olishda to’langan soliq summasini
chegirib tashlash va hosil bo’lgan farqni to’lashga ruhsat beriladi.
Agar biror chorakda chegiriladigan summa katta bo’lib, to’lanishi kerak bo’lgan soliq
summasidan oshib ketsa, boshqarma bu farqni deklaratsiya olingandan keyin 10 kun muddatda
qaytarib beradi.
Odatdagi sotuv hajmidan qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblashda hisobot davridagi
etkazib berishlar (mijozlardan keladigan kassa va hisob-kitob tushumlari emas) asos qilib
olinadi. Bunda schet-fakturalar, ya’ni kengaytirilgan yuk xatlari asos bo’lib xizmat qiladi.
Shuning uchun, o’z mahsuloti uchun to’lovni olmasdan turib tadbirkor boshqarmaga soliq
to’lashga majbur bo’lib qolishi mumkin.
Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha tadbirkorlar va soliq organlari o’rtasida yuzaga
keladigan bahsli masalalar mustaqil organ sifatida ushbu maqsadlarda maxsus tashkil etilgan
tribunalda arizalarga ko’ra hal qilinadi. Agar masalaning echimi topilmasa, ish Oliy Sudga
oshiriladi.
Buyuk Britaniya va Evropa Ittifoqi qonunchiliklar orasidagi bahsli masalalar paydo
bo’lsa, ish Strasburgdagi Evropa Sudida ko’rib chiqiladi.
Qonunchilikda turli xil qonunbuzarlik, xususan, ma’lum jinoiy harakatlar uchun yolg’on
ma’lumot va ko’zbo’yamachilik, ro’yxatdan o’tishning kechiktirilishi, qo’shilgan qiymat
solig’ini to’lash maqsadalarida ruhsat qilinmagan hujjatlar chiqarish (ro’yxatga olish muddatidan
oldin), soliq majburiyatlarini rasmiylashtirish bilan bog’liq qonunbuzarlik uchun, belgilangan
qoidalarni buzganlik uchun, jinoiy va boshqa javobgarlik choralari ko’zda tutiladi. Misol uchun
jinoiy hatti-harakatlar uchun ishning holatiga qarab, soliq summasining 3 karrasi miqdorida
jarima to’lash shuningdek, 6 oydan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ro’yxatdan o’tishning kechiktirilishi uchun soliq summasining 30% i miqdorida jarima ko’zda
tutilgan.Qonunga xilof ravishda soliq undirish uchun ham xuddi shunday jarima to’lanadi.
Buyuk Britaniya qonunchiligida, qo’shilgan qiymat solig’i olinadigan shaxslar belgilab
qo’yilgan. Bular, asosan tovarlar va xizmatlarni sotuvchi shaxslar hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda mamlakatlarda qo’shilgan qiymat solig’ining 3 ta stavkasi amal qilmoqda -0;
8; va 17,5 %.
Nol stavka 17 guruhdagi tovar va xizmatlar shu jumladan: oziq-ovqat mahsulotlari; suv
ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari; kitoblar; ko’rlar va nogironlar uchun nafaqalar; uy-joy
12
binolari qurish; yoqilgi va isitish; qo’riqlanadigan binolar; xalqaro xizmatlar; transport,
harakalanuvchi-uy va qayiq-uy; oltin; qimmatli qog’ozlar; dori-darmon; eksport; xayriyalar;
kiyim-kechak va oyoq kiyimlariga qo’llaniladi.
8 foizlik stavka bo’yicha notijorat korxonalar va tashkilotlarni yoqilg’i va elektr energiya
bilan ta’minlash xizmatlari soliqqa tortiladi.
Qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilinadigan tovarlar va xizmatlar guruhlari ham
mavjud.
Bularga: er; sug’urta; pochta xizmatlari; o’yin biznesi va lotereyalar; moliya; ta’lim; sog’liqni
saqlash; dafn qilish xizmatlari; tred-yunion va professional jamiyatlar musobaqalari; san’at
mahsulotlari.
Qo’shilgan qiymat solig’idan foydalanish tajribalari ko’rsatdiki, bu soliqni tushunish va
uning amal qilishining soddaligi hayotda o’zini oqlamadi. Biroq, mutaxassislar fikricha,
qo’shilgan qiymat solig’i o’z samaradorligini to’liq ko’rsata olganicha yo’q.
Gerb yig’imlari-Buyuk Britaniyadagi eng qadimiy soliqlardan hisoblanib, 1694 yilda
joriy qilingan. Qat’iy aytadigan bo’lsak, gerb yig’imlari hujjatlarga solinadigan soliq (bitimlarga
ham emas, shaxslardan ham emas). 1891 yilda qabul qilingan va ba’zi o’zgarishlar bilan
haligacha amal qilayotgan qonun bo’yicha, bu soliq shaxslar tomonidan fuqarolik-huquqiy
bitimlarni rasmiylashtirishda undiriladi. Deyarli barcha tijorat va yuridik hujjatlarida bu
soliqning to’langanligini tasdiqlovchi maxsus shtamp bo’lishi shart. Ba’zi hollarda gerb
yig’imlari stavkalari qat’iy summalarda (25 pensdan 2 f.st.gacha) belgilanadi, boshqa hollarda
bitimdagi mulk qiymatidan ma’lum foizlarda undiriladi. Masalan mulkchilik huquqini boshqaga
berish to’g’risidagi hujjatlar, agar mulk qiymati 60000 f.st.gacha bo’lsa, gerb yig’imidan ozod
qilinadi.
Agar mulk 60000 f.st.dan yuqoriga baholansa, mulk qiymatining 1% i miqdorida gerb
yig’imi undiriladi.
Qimmatli qog’ozlar bo’yicha bitimni ro’yxatdan o’tkazishda, qimmatli qog’ozlar uchun
to’langan summaning 0,5 % i undiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |