a)
o’z bo’limlari orqali to’g’ridan-to’g’ri yoki bilvosita amalga oshirilgan savdo-sotiqdan
olingan daromadlar bo’yicha;
b)
bu bo’limlar foydalanadigan mulkka egalik huquqidan yoki mulkdan olinadigan
daromadlar bo’yicha;
v)
bo’limlar foydalanadigan aktivlardan olingan (kapital) sarmoya o’sishidan.
Norezident kompaniya Buyuk Britaniyada olingan, kapital o’sishdan olinadigan
korporativ soliqqa tortilmaydigan har qanday daromaddan bazaviy stavkada daromad solig’iga
tortiladi.
Norezident kompaniya taqsimlangan foydadan korporatsiya solig’ining bo’nak
to’lovlarini to’lamaydi.
Kompaniyalarning soliqqa tortiladigan daromadi kompaniyaning yalpi daromadidan
hisobot soliq yilida qilingan, qonunchilik tomonidan ruhsat etilgan barcha harajatlarni chegirish
yo’li bilan aniqlanadi. Chegirib tashlanishi uchun bu harajatlar “joriy-harajatlar” bandiga kirishi
va tadbirkorlik faoliyatida to’liq foydalanishi shart.
Quyidagi harajatlar yalpi daromaddan chegirib tashlanadi:
1.
Faoliyat bilan bog’liq joriy harajatlar, shu jumladan, ishlab chiqarish bino-inshootlarini
ijaraga olish (ularni sotib olish emas), ta’mirlash ishlari qiymati (o’zgartirishlar, kengaytirish va
rekonstruktsiya qilish emas), valyuta kursidagi o’zgarishlar natijasida valyuta qarzlar bo’yicha
yo’qotishlar, agar bu qarz “joriy harajatlar” bandiga kirsa va hokazo. Uy-joylarni ijaraga olish,
noishlab chiqarish harakteridagi har qanday yo’qotishlar, imoratlarni modernizatsiyalash
harajatlari, foizlar bo’yicha katta yo’qotishlar, hamkorlarning qarz majburiyatlari, turli xil yillik
to’lovlar, soliq jarimalari, kapital qo’yilmalar harakteridagi harajatlar chegirib tashlanmaydi.
2.
Ishlab chiqarish ehtiyojlardan kelib chiqib, ishchi va xizmatchilarni bo’shatishda
to’lanadigan kompensatsion to’lovlar, kadrlarni texnik va malakaviy qayta tayyorlash harajatlari,
mukofotlari va sovg’alar ko’rinishidagi to’lovlar.
3.
Kompaniyaning moliyaviy masalalari bo’yicha yuridik maslahatlarga ketadigan
harajatlar, buxgalteriya hisobi bo’yicha xizmatlar uchun to’lovlar, ishlab chiqarish faoliyati bilan
bog’liq transport harajatlari.
4.
Litsenziya to’lovlari va shunga o’xshash to’lovlar, shuningdek kelgusida foyda olish
bilan bog’liq to’lovlar, masalan: bir necha yildan so’ng hosil beradigan qishloq xo’jalik ekinlari
uchun qilinadigan harajatlar, natsionalizatsiya o’tkazilmasligini kafolatlovchi siyosiy
partiyalarga
to’lovlar (siyosiy partiyalarga to’lanadigan boshqa har qanday to’lovlar chegirib tashlanmaydi).
5.
Kompaniya hamkorlariga va xorijiy sheriklariga qilinadigan ko’ngil olish harakteridagi
vakillik harajatlari (agar ular tadbirkorlik maqsadlarida qilinmasa) ma’lum chegarada; reklama
harakteridagi sovg’alar; (10 f.s. qiymatida oziq-ovqat, ichimlik va tamaki mahsulotlaridan
tashqari);
kompaniya mahsuloti namunalari ko’rinishidagi sovga harajatlari; (har bir sovga oluvchi uchun
sovg’a harajatlari 1 yilda 10 f.s. dan oshmasligi zarur).
6.
Xayriya maqsadlarida xizmat ko’rsatishga jalb qilingan xodimlarning haqi uchun
harajatlar, shuningdek (1987 yildan) o’qituvchilar ishi uchun harajatlar.
7.
Ta’mirlash uchun asbob-uskunalarga ketadigan harajatlar sotib olish chog’ida
chegirilmaydi. Lekin bu harajatlar agar joriy harajatlarga kiritilsa yoki sotib olish paytida
10
ta’mirlashni bekor qilishga ob’ektiv sabablar bo’lsa, chegirib tashlanadi.
8.
Ish haqi, suv ta’minoti, elektr energiyasi, gaz, yoritish, pochta jo’natmalari, isitish,
telefon, kantselyar tovarlar uchun harajatlar, agar ular ishlab chiqarish maqsadlarida to’liq
o’zlashtirilsa yoki qisman amalga oshirilsa (bunday hollarda qisman chegirma beriladi).
9.
Xayriya fondlariga badallar va xayriyalar. Bu harajatlar bo’yicha chegirmaning yuqori
darajasi oddiy aktsiyalar bo’yicha to’lanadigan dividendlar summasining 3% ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |