Bir jinsli sohalar yorug’ligi farqini o’zgartirish. Tasvirlardagi bir jinsli sohalar yorug’ligining kam farqliligi eng keng tarqalgan kamchiliklardandir. Buning sababi tasvir nuqtalarining yorug’lik darajasi aniqlanish sohasining kichikligi yoki yorug’lik darajasini baholash vositalarining kamchiligidir. Bu
kamchilikning oldini fotografik usullar yordamida ta’mirlash yo’li bilan olish mumkin, lekin barcha yorug’lik darajalarini yuqori aniqlikdagi uzatish odat- da juda mushkul bo’lganligi sababli qo’yilgan masalani yechish qiyin. Agar tasvir sonli ko’rinishda bo’lsa, ixtiyoriy darajadagi yorug’lik qiymatlari osongina uzatilaveradi.
Bir jinsli sohalar yorug’lik darajasining farqini oshirish uchun manba tasvirdagi nuqtalarga turli sohalar bir-biridan ajralib turadigan qilib yangitdan qiymat berib chiqish tushuniladi. Bundan har bir nuqta atrofdagilarga bog’liq bo’lmagan holda qaraladi.
Ko’pincha tasvirdagi ob’ekt yorug’ligi fon yorug’ligidan juda kam farq qiladi, ob’ektni sifatli ajratib olish uchun avvalo bu yorug’lik darajalari orasidagi farqni kuchaytirish zarur.
Buni amalga oshirishning eng oddiy usullaridan biri fij yorug’lik darajasini gij ga funktsional akslantirishdir: g ij=R(f ij).
Ko’pincha bu maqsadda chiziqli funktsional akslantirishdan foydalanadi (5.1-chizma). CHiziqli akslantirish jarayonining yo’llaridan birini ko’rib chiqaylik.
gij gij
Zmax va Zmin manba tasvirdagi eng katta va eng kichik yorug’lik qiymatlari bo’lsa, uni (O, R) oraliqqa yoyish formulasi quyidagicha:
gij=R(fij)= Z/Zmax-Zmin[fij-Zmin]
CHiziqli akslantirish oson qo’llanadi va odatda qoniqarli natija beradi. SHunga qaramay yaxshiroq natija olish uchun o’zgacha urinishlarning amalga oshirilishi tabiiy. Ko’pincha iste’molchi tajriba asosida o’zi topgan akslantirish funktsiyasidan foydalanishga majbur bo’ladi va bu funktsiya odatda chiziqlimas ko’rinishda bo’ladi.
Bunday jarayonlardan biri solyarlash caolar (light)-quyosh (nuri) 1: gij=1/2fij[k-fij], ya’ni yorug’lik va uning negativi ko’paytirilib, natijani [0,1] oraliqqa keltirish uchun 1/k2 koefftsientga ko’paytiriladi. gij funktsiya maksimal qiymatga fij=k/2 qiymatda erishishini ko’rish qiyin emas, ya’ni tasvirdagi yorug’ligi k/2 ga yaqin bo’lgan nuqtalar sezilarli ravishda kuchaytiriladi.
Ba’zan poevdostereoskopik samarali nuqtabay akslantirish qo’llaniladi. By jarayon solyarlashga o’xshab ketadi va faqat ko’paytirish amali oldidan pozitiv
(negativ) negativga (pozitivga) nisbatan bir necha elementga siljitilishi bilan farq qiladi, ya’ni:
gij=R[1/k2(fi+a, j+a) (k-fij)] odatda a3.
SHu nuqtabay akslantirish guruxiga tasvirdagi bir jinsli soxalar yorug’ligi farqini bo’lakli - chiziqli kuchaytirish operatori ham kiradi. Bu operator funktsiyasi grafigi 5.2-chizmada keltirilgan. Bunday almashtirish yorug’lik darajalari cheklangan ekranga yorug’lik darajasini aniqlanish soxasi keng bo’lgan tasvirli akslantirish uchun qo’llaniladi.
gij gij
-
5.2-chizma.
|
fij
|
5.3-chizma
|
fij
|
Manba tasvirdagi yorug’lik
|
darajasining
|
o’zgarish sohasi 5.3-chizmada
|
berilgan. Bu almashtirish manba tasvirdagi yoruglik darajasi qiymatlarining ma’lum oralig’ini ajratish imkonini beradi (masalan biror ravshan rang bilan).
Tasvirdagi ma’lum yorug’lik oralig’ini ajratib olish interaktiv (EHM ishiga iste’molchi aralashgan) usulda keng qo’llanadi.
Tasvirdagi bir jinsli sohalar yorug’lik darajalari farqini kuchaytirishning tezkorlik, murakkablik, samaradorlik va boshqa xususiyatlari bilan farqlanuvchi turli usullari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |