Tasvirni qayta ishlashda o’zgartirishlarning ba’zi turlari
Ko’p xollarda, matematik jihatdan tasvir o’zidan ikkita fazoviy
o’zgaruvchili funktsiyani aks ettiradi. nuqtadagi funktsiyaning qiymati
ushbu nuqtadagi intensivlik darajasiga ekvivalent hisoblanadi.
Tasvirni qayta ishlashda qo’llaniladigan ba’zi o’zgartirishlar:
Fure o’zgartirishi.
Diskret kosinus o’zgartirish.
Radon o’zgartirishi.
Proeksion o’zgartirish.
-
Atama
|
Ta’rif
|
|
|
|
Diskret o’zgartirish
|
Bu
|
o’zgartirish
|
turida,
|
|
boshlang’ich va natijaviy
|
ma’lumotlar
|
|
diskret qiymatlar ko’rinishida bo’ladi.
|
|
MATLAB da amalga oshirilgan diskret
|
|
o’zgartirishlar, xususan, Image Processing
|
|
Toolbox Fure o’zgartirishi va diskret
|
|
kosinus o’zgartirishni o’z ichiga oladi.
|
CHastota sohasi
|
Tasvir
|
turli
|
chastotali davriy
|
|
signallar summasi
|
sifatida
|
namoyish
|
|
etilgan soha.
|
|
|
|
Fazoviy soha
|
Tasvir
|
fazodagi
|
nuqtalar
|
|
ko’rinishida namoyish etilgan, har biriga
|
|
intensivlikning
|
qandaydir qiymati mos
|
|
keladi.
|
|
|
|
O’zgartirish
|
Tasvirni
|
alternativ
|
matematik
|
|
ko’rinishi.
|
|
|
|
16-mavzu. Tasvirlarni sifatini oshirish, bir jinsli sohalar yorug’ligi farqini o’zgartirish
Reja:
Tasvirlarning sifatini oshirishning asosiy yo’nalishari
Bir jinsli sohalar yorug’ligi farqini o’zgartirish
Halaqitlarni yo’qotish
Gistogramma ko’rinishini o’zgartirish
CHegaralarni kuchaytirish
Tasvirlarning sifatini oshirishning asosiy yo’nalishari. EHM xotirasida tasvir hosil qilishda tasvirda turli xatoliklar ro’y berishi mumkin, bunga kamera yoki ob’ektivning harakati, ob’ektiv aberratsiyasi, fotovositalar-ning kamchiliklari, avtosferadagi harakat va o’zgarishlar, tasvirlarni EHM xotirasiga o’tkazish vositalari kamchiligi va boshqalar bo’lishi mumkin. Natijada tasvirda chegara-larning yoyilishi, sohalarning o’zaro farqlanish darajasi pasayishi, ba’zi bo’laklardagi axborotning buzilishi yoki tasvirda sochma dog’lar ko’rinishidagi halaqitlar hosil bo’ladi. Albatta bunday hol tasvir tahlilini murakkablashtiradi hamda ba’zan katta xatoliklarga olib keladi. Demak, tasvirlarga ishlov berishda avvalo ularni bu halaqit-lardan holi qilish, yoki ularni keyingi bosqichlar natijasiga ta’sirini kamaytirish lozim. Bu masala tasvir sifatini oshirish deyiladi.
Tasvir sifatini oshirish shartli ravishda ikkiga bo’lish mumkin. Birinchisi ta’mirlashdir, ya’ni olingan tasvirdagi xatoliklarni yukotib, benuqson yoki shunga yaqin tasvir olishdir. Masalan, tasvirdagi yoyilish (ya’ni tasvirning yuvilib ketishi ), sochma dog’lar, o’lcham va shakllarning buzilishini yo’kotish kabi muammolarni yechish. Ta’minlashni yorkin ifodalovchi misol-tasvirdagi atmosfera xodisalari ta’siri, masalan, tasvirning yoyilishining yo’kotishdir. Boshka misol su’niy yo’ldoshlardan olingan tasvirlarga yer suyriligi va atmosfera ta’siri, rentgent (tibbiyot) tasvirlarning kamchiligini yo’qotish va xokazo .
Tasvirlar sifatini oshirishning ikkinchi usuli – bu tasvirni is’temolchi idrok etish uchun qulay xolga keltirish, masalan turli soxalarning chegaralarini kuchaytirish, yaqin joylashgan nuqtalar orasidagi farqni kamaytirish, tasvir tiniqligini oshirish, turli sohalarni turli rangda berish (masalan biologik va tibbiy masalalarda) va boshkalar mana shu usulni qo’llanishiga misol bo’la oladi .
Mohiyatan farqlanishga qaramay, bu usullarda tasvirga ishlov berishning bir xil matematik usullardan foydalaniladi.
Amalda tasvirlar sifatini oshirishning 2-usuli ko’proq ishlatiladi. SHuning uchun bu usuldan foydalanish uslub va algoritmlarini mufassalroq ko’rib o’tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |