Toshkent axborot texnologiyalari


Tasvirni qayta ishlashda o’zgartirishlarning ba’zi turlari



Download 7,82 Mb.
bet38/59
Sana31.12.2021
Hajmi7,82 Mb.
#228062
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   59
Bog'liq
tasvirlarga raqamli ishlov berish

Tasvirni qayta ishlashda o’zgartirishlarning ba’zi turlari


Ko’p xollarda, matematik jihatdan tasvir o’zidan ikkita fazoviy


o’zgaruvchili funktsiyani aks ettiradi. nuqtadagi funktsiyaning qiymati

ushbu nuqtadagi intensivlik darajasiga ekvivalent hisoblanadi.



Tasvirni qayta ishlashda qo’llaniladigan ba’zi o’zgartirishlar:


  1. Fure o’zgartirishi.

  2. Diskret kosinus o’zgartirish.

  3. Radon o’zgartirishi.

  4. Proeksion o’zgartirish.

Atama

Ta’rif










Diskret o’zgartirish

Bu

o’zgartirish

turida,




boshlang’ich va natijaviy

ma’lumotlar




diskret qiymatlar ko’rinishida bo’ladi.




MATLAB da amalga oshirilgan diskret




o’zgartirishlar, xususan, Image Processing




Toolbox Fure o’zgartirishi va diskret




kosinus o’zgartirishni o’z ichiga oladi.

CHastota sohasi

Tasvir

turli

chastotali davriy




signallar summasi

sifatida

namoyish




etilgan soha.










Fazoviy soha

Tasvir

fazodagi

nuqtalar




ko’rinishida namoyish etilgan, har biriga




intensivlikning

qandaydir qiymati mos




keladi.










O’zgartirish

Tasvirni

alternativ

matematik




ko’rinishi.











16-mavzu. Tasvirlarni sifatini oshirish, bir jinsli sohalar yorug’ligi farqini o’zgartirish
Reja:

  1. Tasvirlarning sifatini oshirishning asosiy yo’nalishari

  2. Bir jinsli sohalar yorug’ligi farqini o’zgartirish




  1. Halaqitlarni yo’qotish

  2. Gistogramma ko’rinishini o’zgartirish

  3. CHegaralarni kuchaytirish


  1. Tasvirlarning sifatini oshirishning asosiy yo’nalishari. EHM xotirasida tasvir hosil qilishda tasvirda turli xatoliklar ro’y berishi mumkin, bunga kamera yoki ob’ektivning harakati, ob’ektiv aberratsiyasi, fotovositalar-ning kamchiliklari, avtosferadagi harakat va o’zgarishlar, tasvirlarni EHM xotirasiga o’tkazish vositalari kamchiligi va boshqalar bo’lishi mumkin. Natijada tasvirda chegara-larning yoyilishi, sohalarning o’zaro farqlanish darajasi pasayishi, ba’zi bo’laklardagi axborotning buzilishi yoki tasvirda sochma dog’lar ko’rinishidagi halaqitlar hosil bo’ladi. Albatta bunday hol tasvir tahlilini murakkablashtiradi hamda ba’zan katta xatoliklarga olib keladi. Demak, tasvirlarga ishlov berishda avvalo ularni bu halaqit-lardan holi qilish, yoki ularni keyingi bosqichlar natijasiga ta’sirini kamaytirish lozim. Bu masala tasvir sifatini oshirish deyiladi.

Tasvir sifatini oshirish shartli ravishda ikkiga bo’lish mumkin. Birinchisi ta’mirlashdir, ya’ni olingan tasvirdagi xatoliklarni yukotib, benuqson yoki shunga yaqin tasvir olishdir. Masalan, tasvirdagi yoyilish (ya’ni tasvirning yuvilib ketishi ), sochma dog’lar, o’lcham va shakllarning buzilishini yo’kotish kabi muammolarni yechish. Ta’minlashni yorkin ifodalovchi misol-tasvirdagi atmosfera xodisalari ta’siri, masalan, tasvirning yoyilishining yo’kotishdir. Boshka misol su’niy yo’ldoshlardan olingan tasvirlarga yer suyriligi va atmosfera ta’siri, rentgent (tibbiyot) tasvirlarning kamchiligini yo’qotish va xokazo .


Tasvirlar sifatini oshirishning ikkinchi usuli – bu tasvirni is’temolchi idrok etish uchun qulay xolga keltirish, masalan turli soxalarning chegaralarini kuchaytirish, yaqin joylashgan nuqtalar orasidagi farqni kamaytirish, tasvir tiniqligini oshirish, turli sohalarni turli rangda berish (masalan biologik va tibbiy masalalarda) va boshkalar mana shu usulni qo’llanishiga misol bo’la oladi .
Mohiyatan farqlanishga qaramay, bu usullarda tasvirga ishlov berishning bir xil matematik usullardan foydalaniladi.
Amalda tasvirlar sifatini oshirishning 2-usuli ko’proq ishlatiladi. SHuning uchun bu usuldan foydalanish uslub va algoritmlarini mufassalroq ko’rib o’tamiz.



  1. Download 7,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish