Tasvirni almashtirish bajarib kodlashtirish. bu bilvosita usul oldingisidan farq qiladi, ya’ni tasvir biror unitar matematik almashtirish yo’li o’zgartiriladi, natija uzatish, saqlash uchun kodlanadi. Almashtirish butun tasvir yoki uning bo’laklari ustida bajariladi. Bunday almashtirish usullariga sinus-kosinus almashtirishdir. Furьe, Adamar, Xaar, Uolli, «og’ma», Karune-Lozv almashtirishlari, singulyar qiymatlariga yoyishlar kiradi. Almashtirish natijasida transformantlar deb ataluvchi o’zaro bog’lanmagan sonlar qatorlari hosil bo’ladi, nisbatan uzun transformatlar kam uchraydi. Bu omildan transformatlarni kvantlash, kodlashtirishda foydalaniladi.
Almashtirishdan so’ng transformantlar soha yoki bo’sag’a bo’yicha keyingi ishlov berish uchun saralanadi. Soha bo’yicha saralashda faqat oldindan aniqlangan sohalardagi, masalan pastki fazoviy tebranishlar sohasida transformantlar olinadi. Bo’sag’a bo’yicha esa tebranish oralig’i berilgan katta transformantlar olinadi. So’ngra tasvirning har bir bo’lagidagi transformantlar kvantlanadi va kodlanadi. Har bir sohadagi transformantlar dispersiya bo’yicha kvantlanadi. Muayyan uzunlikli kod so’zlari uchun har bir transformantga uning dispertsiyasi logarifimga proportsional sonda bitlar ajraladi.
-
|
Тўғри
|
|
|
|
|
Квантловчи ва
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
F(j,k)
|
|
transformantlar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Тикловчи
|
|
G(u,v)
|
|
|
Тескари
|
kanalga a)
|
|
|
|
|
алмаштириш
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
transformantlar
|
|
F(J,k)
|
|
|
|
kanaldan
|
|
G(u,v)
|
|
|
|
F(j,k)
|
b)
8-chizma.
Transformantlar dispersiyasini fazoviy korreliyatsiyadan aniqlash mumkin. Transformantlarning ehtimollik taqsimoti minimal o’rta kvadratik xatolikni kvantlash qadamini tuzish uchun foydalaniladi. qabul qismiga kelgan kodlardan kvantlangan transformantlar ketma-ketligi, ular ustida teskari almashtirish bajarilgach manba tasvir tiklanadi.
Bu jarayonning umumiy rejasi. 8-chizmada keltirilgan. Bu usullarda ortiqchalikni kamaytirish hisobiga olmasligi tasvir tiklanishiga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydigan bir qism elementlarni tashlab yuborish hisobiga bajariladi. Ularning ikki muhim mezoni-bu hisob hajmi va zarur tasvir bo’laklari o’lchamidir. Ko’pincha tasvirda uning bog’lanish (korreletsiya) sonidan katta oraliqda almashtirish bajarish samarasiz deyishadi. Lekin bu yondoshish sun’iydir, chunki u almashtirishlar bo’lak elementlari orasidagi bog’lanishlarni yo’qotganda ham, bo’laklar orasidagi bog’lanishni yo’qotmasligini hisobga olmaydi. Odatda bo’laklar o’lchami 8x8, 16x16 nuqtadan iborat bo’ladi. Bu o’lchamlar tasvirdagi bog’lanishlar oralig’i 8 yoki 16 elementdan oshmasligi bilan asoslanadi. Amalda o’lchamlar 16x167 yoki 32x32 dan oshmagani foydaliroq.
Ko’pincha almashtirishlar tezlashtirilgan furьe almashtirishi (TFA) kabi tezkor algoritmlardan, yoki optimallashtirilgan, ko’paytirish amalisiz Xaar va Adamar almashtirishi algoritmidan foydalaniladilar. Transformantlarni kvantlash ikki bosqichdan: 1) Ularni chekli dispersiyali chegaralash; 2) CHeklangan transformantlarni shu ko’rinishdagi signal uchun optimal kvantlovchi bilan ishlov berish (ehtimollar taqsimoti zichligini dispersiyasini 1 ga tenglab) vositasida amalga oshiriladi. Kvantlangan transformantlarni ifodalash uchun zarur 2 lik
signallar soni oldindan kutilagn dispersiya va yo’l qo’yiladigan xatolik darajasiga qarab aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |