MUNDARIJA KIRISH …………………………………………………………………….…… 3
I BOB “SUPERMARKET” DASTURINING SHARHI ..................................... 5
1.1 Avtomatlashtirilgan tizimlar haqida tushuncha……………....…...…....….....5
1.2 “Supermarket” dasturining umumiy tuzilishi ………………..………..…….9
1.3 Sql so’rovlar tili hamda uni dasturlash muhitida qo’llash ..……….………..10
II BOB “SUPERMARKET” DASTURINI YARATISH ................................. .13
2.1 “SUPERMARKET” dasturining strukturasi va dizaynini yaratish …...........13
2.2 “SUPERMARKET” Dasturi ishlash jarayoni ................................................19
2.3 Hayot faoliyati xavfsizligi................................................................................30
XULOSA...............................................................................................................37
FOYDALANILGANAD ABIYOTLAR RO‘YHATI..........................................38
ILOVA...................................................................................................................39
Kirish Oʻzbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida ham yuqori natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy tizimida toʻlaqonli sheriklik oʻrnini egallay borishi, inson faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanish koʻlamlari qanday boʻlishiga hamda bu texnologiyalar ijtimoiy mehnat samaradorligini oshishida qanday rol oʻynashiga bogʻliq.
Axborotlashtirish zamonaviy dunyo taraqqiyotining eng muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanib, jahon fan texnikasining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yutuqlarini oʻzida mujassamlashtirgandir.
Biz tezkor texnikaviy taraqqiyot, shiddat bilan rivojlanayotgan va muntazam yangilanayotgan zamonaviy yuqori texnologiyalar, axborot – kompyutyer tizimlari asosida yashayotganimizni unutmasligimiz kerak .
Bugungi kunda turli sohalar uchun avtomatlashtirilgan tizimlariga ehtiyoj juda katta. Avtomatlashtirilgan tizimda berilgan matndan ovozli nutqni sintez qilib, foydalanuvchiga yetkazib berish bir qancha qulayliklar va imkoniyatlarni yaratadi. Bu borada, axborot-kommunikatsiya va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi chora-tadbirlar va loyihalarni jad’al amalga oshirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.