Toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali kompyuter injiniringi fakulteti



Download 16,45 Kb.
Sana20.04.2022
Hajmi16,45 Kb.
#566574
Bog'liq
Bioinformatika 1


TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI

Fan nomi : Bioinformatika va biomexanika
Mavzu: Tezlikning biomexanik xususiyatlari
Bajardi: 202-18-guruh talabasi Qurbonov M.
Tekshirdi: Qurbonov A.
Samarqand-2022

Tezlikning biomexanik xususiyatlari


Biomexanika (bio... va mexanika) — biofizikaning tirik organizm, organ va toʻqimalar mexanik xossalari hamda ularda sodir boʻladigan mexanik hodisalarni oʻrganuvchi boʻlimi. Ilgari B. tushunchasi embriologiyaning rivojlanish mexanikasi, koʻpincha eksperimental embriologiya deb ataladigan sohasiga nisbatan ham qoʻllanib kelingan. Odatda B. termini odam va hayvonlar harakati toʻgʻrisidagi taʼlimotga nisbatan qoʻllaniladi. B. tadqiqotlari quyidagilarni uz ichiga oladi: nafas B.si — nafas organlari kinematikasi, elastik va noelastik qarshiligi (yaʼni harakatlarning geometrik harakteristikasi) va nafas harakatlari dinamikasi hamda nafas organlari faoliyatining boshqa sohalarini;qon ai lani shi B.si — kon tomirlari va yurakning taranglik xususiyatlari, tomirlarning qon oqimiga nisbatan kursatadigan gidravlik qarshiligini, tomirlar devori buylab taranglik tulqinlarining tarqalishi, qonning harakatlanishi, yurak ishini (qarang Gemodinamika); harakatlanish B.si —anatomiya va nazariy mexanika dalillariga asoslanib harakatlanish organlari strukturasini, boʻgʻimlarda harakatlanishni paydo qiladigan muskul kuchlarining , gavda qismlari boʻylab uning ogʻirligining taqsimlanishini, gavda va uning qismlari harakatlanishi qonuniyatlarini oʻrganadi. B.ning asosiy vazifasi harakatning kinematik tasnifiga binoan taʼsir kuchi xususiyatlarini aniklashdan iborat. Bu harakatlanish samaradorligini, tashqi va muskul kuchlaridan foydalanish darajasini baholashga hamda harakatlanish koordinatsiyasi va uni boshqarish mexanizmlari toʻgʻrisida xulosa chiqarishga imkon beradi.
Tananing holati (tik turish, oʻtirish va boshqalar)ni oʻrganish ham B. vazifalariga kiradi. Bunday vazifalarni hal etish fiziologiya, tana holati va muvozanati toʻgrisidagi taʼlimot bilan bogʻliq.
B. tekshirishlarda oʻrganilayotgan harakatlarning koʻchishi, tezligi va tezlanishlarini kayd etish usullaridan foydalanadi. Bunda koʻproq optik usullar: tezlashtirilgan kinoga olish, siklografiya, kimotsiklografiya va boshqa kullaniladi. B.da mexanotronlar, tayanch dinamograflar va burchak siljish asboblari yordamida mexanik kattalikni elektr qayd etish usullaridan ham foydalaniladi.
B. tadqiqotlari tarixi Italiya olimi Leonardo da Vinchining odam harakatlarini anatomiya va mexanika nuktai nazaridan tekshirish bilan boshlanadi. Italiya naturalista J. Borellining "Hayvonlar harakati haqida" (1680—81) kitobida organizmga mashina sifatida nazar tashlab, nafas olish, qonning harakatlanishi va muskul qisqarishini mexanika nuktai nazaridan tushuntirishga harakat qiladi. Bu B.ning rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatadi.
B. tadqiqotlari mehnat va sport fiziologiyasi, harbiy va klinik tibbiyotda, shu jumladan nevrologiya, ortopediya, travmatologiya, protezlash sohasida katta amaliy ahamiyatga ega. Chunki jismoniy mashq va sport harakatlarini oʻrganish mashq qilish sistemasini ilmiy asosda tashkil etishga yordam beradi. Suyak, pay va boshqa toʻqimalarning pishikligini oʻrganish jarohatlovchi omillarning organizmga taʼsiri mexanizmini tushunish va uning oldini olishga imkon beradi. Qon aylanishi va nafas olish holatining bir qator koʻrsatkichlari yurak va oʻpka kasalliklari’hamda operatsiya oqibatlari diagnostikasini ishlab chiqishda ahamiyatga ega. Nafas olish va qon aylanishi B.ni tekshirish natijalari "yurakoʻpka" apparatini ishlab chiqishda ahamiyatga ega.
Download 16,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish