141
bo‘lish.
3.
Tanlangan ochiq matn yordamida fosh etish
. Kriptotahlilchi ixtiyorida
nafaqat shifrmatnlar va bir
necha xabarning ochiq matnlari, balki shifrlash uchun
ochiq matnni tanlash imkoniyati mavjud. Uning vazifasi xabarlarni shifrlashda
ishlatilgan kalitga (kalitlarga) yoki shu kalit (kalitlar) yordamida shifrlangan yangi
xabarlarni deshifrasiyalash imkonini beruvchi algoritmga ega bo‘lish.
4.
Tanlangan ochiq matn yordamida adaptiv fosh etish
. Bu tanlangan
ochiq matn yordamida fosh etishning xususiy xoli.
Kriptotahlilchi nafaqat
shifrlangan matnni tanlashi, balki shifrlash natijasi asosida o‘zining keyingi tanlov
rejasini tuzishi mumkin. Tanlangan ochiq matn yordamida fosh etishda
kriptotahlilchi shifrlash uchun ochiq matnning faqat bitta katta blokini tanlashi
mumkin bo‘lsa, tanlangan ochiq matn yordamida adaptiv fosh etishda u ochiq
matnning kichik blokini, so‘ngra birinchi tanlash natijasidan
foydalanib keyingi
blokni va h. tanlashi mumkin.
5.
Tanlangan
shifrmatn
yordamida
fosh
etish
.
Kriptotahlilchi
deshifrasiyalash uchun turli shifrmatnlarni tanlashi mumkin va deshifrlangan ochiq
matnlardan foydalana oladi. Masalan, kriptotahlilchi avtomatik tarzda deshifrlashni
bajaruvchi “qora quti”dan foydalana oladi. Kriptotahlilchining vazifasi kalitga ega
bo‘lish.
6.
Tanlangan kalit yordamida fosh etish
. Bu xil fosh etish kriptotahlilchi
kalitni tanlashi mumkinligini bildirmaydi, balki unda turli kalitlar orasidagi
bog‘lanish xususida qandaydir axborot borligini bildiradi.
7.
Jinoiy kriptotahlil
. Kriptotahlilchi kalitga ega bo‘lish
maqsadida
kimnidir qo‘rqitadi, shantaj qiladi, qiynaydi. Poraxo‘rlik ba’zida kalitni xarid etish
yordamida fosh etish deb ataladi. Bu kabi qudratli fosh etish usullari algoritmni
sindirishning eng yaxshi yo‘li hisoblanadi.
Turli algoritmlarga, ularni sindirishning qanchalik qiyinligiga bog‘liq xolda
xavfsizlikning turli satxlari taqdim etiladi. Algoritmni quyidagi xollarda xavfsiz
deb hisoblash mumkin:
-
algoritmni sindirish qiymati shifrlangan ma’lumotlar qiymatidan katta
142
bo‘lsa;
-
algoritmni sindirish vaqti shifrlangan ma’lumotlarning sir saqlanishi
shart bo‘lgan vaqtidan katta bo‘lsa;
-
bitta kalit yordamida shifrlangan ma’lumotlar xajmi algoritmni
sindirish uchun zarur ma’lumotlar xajmidan kam bo‘lsa.
Fosh etish murakkabligini quyidagi koeffitsientlar yordamida o‘lchash
mumkin:
-
ma’lumotlar murakkabligi. Fosh etish amalining kirish yo‘lida
foydalaniladigan ma’lumotlar xajmi;
-
ishlash murakkabligi. Fosh etish uchun kerakli vaqt. Ko‘pincha ish
koeffitsienti deb yuritiladi;
-
xotiraga talablar. Fosh etishga kerakli xotira siG‘imi.
Fosh etishning ba’zi amallari uchun koeffitsientlarning o‘zaro
aloqasi joiz
hisoblanadi: tezroq fosh etishga xotiraga talablarni kuchaytirish evaziga erishish
mumkin.
Murakkablik talaygina kattalik orqali ifodalanadi. Muayyan algoritm uchun
ishlash murakkabligi 2128ni tashkil etsa, algoritmni fosh etish uchun 2128ta amal
kerak bo‘ladi (ushbu amallar murakkab va davomli bo‘lishi mumkin). Masalan,
agar hisoblash quvvati sekundiga million amal bajarsa va masalani echish uchun
million parallel protsessor ishlatilsa, kalitga ega bo‘lish uchun 1019 yildan ko‘proq
vaqt talab etiladi. Bu koinot mavjud bo‘lgan vaqtdan million marta ko‘pdir.
Fosh etish murakkabligi o‘zgarmay qolganida kompyuter quvvati oshib
boradi. Oxirgi 50 yil mobaynida hisoblash quvvati nihoyatda oshib ketdi va ushbu
tendensiya davom etishiga shubha yuq. Aksariyat kriptografik usullar parallel
kompyuterlar uchun yaroqli hisoblanadi: masala milliard
kichik fragmentlarga
ajratiladiki, ularni echish uchun protsessorlararo ta’sirning keragi bo‘lmaydi.
Kriptotizimlarni sindirishga bardosh qilib loyihalashda hisoblash vositalari
kelajagini hisobga olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: