Windowsning fayl tizimi
Kompyuter o'chirilganda uning tezkor xotirasidagi barcha ma'lumotlar o'chib ketadi. Ma'lumotlarni uzoq muddatga saqlash uchun ularni tashqi xotirada saqlab qo'yish kerak bo'ladi. Tashqi xotirada ma'lumotlardan tashqari dasturlar ham, xususan Windows ning o'zi ham saqlanadi.
Kompyuterning tashqi xotirasiga juda katta hajmdagi ma'lumotlarni joylash mumkin. Hajmi 700 Megabayt bo'lgan oddiy kompakt diskdagi elektron kutubxonada minglab kitoblar bo'lishi mumkin.
Vinchester turidagi disklarda bunday kompakt disklardan 100 va undan ortig'ini sig'dirish mumkin. Oddiy hisob-kitob bilan vinchesterdagi ma'lumotlarning barchasi qog'ozga tushirilsa, bu qog'ozlar bir necha million varaq bo'lishini ko'rish mumkin. Shuncha qog'oz ichidan keraklisini topish naqadar mashaqqatli ekanligini ko'z oldimizga keltira olishimiz ham qiyin.
Bunday katta hajmdagi ma'lumotlarni joylash va ularni boshqarish uchun maxsus tizim ishlab chiqilgan bo'lib, bu diskning fayl tizimi deb ataladi. Diskdagi ma'lumotlar fayllarda saqlanadi va bu ma'lumotlarni topish uchun uning nomini va joyini bilish kifoya. Fayl tizimining ishini kutubxona ishiga qiyoslash mumkin.
Toshkent davlat texnika universiteti kutubxonasida bir milliondan ortiq kitob bor. Talabalar bu kitoblarning qaerda joylashganligidan bexabarlar va kutubxona xodimlari yordamisiz kerakli kitobni topishlari juda mushkul. Lekin talabalar kitobning nomini va mualliflarini bilsalar, uni kutubxona kataloglaridan topa oladilar va kutubxona xodimi kitobning shifri orqali uni bir necha daqiqa ichida topib kelib Sizga beradi.
Talabalik yillaringizda o'qib chiqqan kitoblaringiz 100 tacha bo'lgani kabi kompyuter disklaridagi o'n minglab fayllardan juda ozgina qismidan Siz bevosita foydalanasiz. Ular orasida o'zingiz yaratgan fayllar alohida o'rin tutadi. Sizning fayllaringiz boshqa fayllar orasida yo'qolib ketmasligi uchun ularni boshqa fayllardan alohida saqlagan ma'qul.
Fayllar diskda qanday ko'rinishda saqlanadi? Umuman olganda, fayl yaratilayotgan paytda unga diskning bo'sh yeridan joy ajratiladi va bu joy boshqa fayllar tomonidan egallanmasligi uchun band deb e'lon qilinadi va yaratilgan fayl mavjud fayllar ro'yxatiga kiritilib qo'yiladi. Fayllarning barchasini bitta ro'yxatda saqlash juda noqulay, shuning uchun diskda bir necha kataloglar yaratiladi va fayllar bu kataloglarning ichida saqlanadi. Lekin barcha fayllarni bir necha katalogda saqlash ham noqulay: ularning soni kam bo'lsa, ulardagi fayllar ko'p bo'ladi. Katalogdagi fayllar kam bo'lishi uchun kataloglarning soni ko'p bo'lishi kerak, bu esa yana noqulay. Bu muammoni katalog ichida yana katalog ochish orqali hal qilish mumkin. Yangi kataloglarning ichiga fayllarni joylashimiz va tabiiyki, yangi kataloglar ochishimiz mumkin. Shunday qilib, diskdagi kataloglar daraxtga o'xshab shoxlab ketaveradi.
Kerakli faylni topish uchun uning nomini va u joylashgan katalogni bilish kerak bo'ladi. Faylning joyini topish uchun u joylashgan kataloglar ro'yxatini ketma-ket sanab o'tish kerak. Bu ichma-ich joylashgan kataloglar ro'yxati faylga olib boruvchi yo'l yoki qisqacha fayl yo'li deb ataladi.
Siz o'zingizning fayllaringizni saqlash uchun foydalanuvchilar katalogini tuzishingiz, unda o'zingiz uchun alohida katalog ochib, uning ichida o'zingizning fayllaringizni ham tartiblash uchun yana bir katalog ochishingiz kerak bo'ladi.
Korxonadan biriktirilgan amaliyot rahbari __________________________
Sana: «_____»_______________ 20___yil
Do'stlaringiz bilan baham: |