Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi “Elektron hukumat” fanidan Mavzusidagi


ELEKTRON TURDAGI SUG‘URTA XIZMATLARINI KO‘RSATISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA



Download 4,1 Mb.
bet7/12
Sana30.05.2023
Hajmi4,1 Mb.
#946347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ELEKTRON TURDAGI SUG‘URTA XIZMATLARINI KO‘RSATISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 23-oktabrdagi PQ-5265-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 23-oktabrdagi PQ-5265-son qaroriga muvofiq:
sug‘urtaning barcha turlarini (klasslarini) elektron shaklda amalga oshirishga ruxsat berilganligi;
barcha sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta polislari Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi Sug‘urta to‘lovlarini kafolatlash jamg‘armasi bilan birgalikda yuritadigan yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatga olinishi yo‘lga qo‘yilganligi;
sug‘urtaning barcha turlarini (klasslarini) elektron shaklda sotish va rasmiylashtirish qoidalarini, shuningdek, ularning haqiqiyligini tekshirish mexanizmlarini o‘z ichiga olgan elektron turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibini ishlab chiqish belgilanganligi;
Sug‘urta to‘lovlarini kafolatlash jamg‘armasi faoliyatini kengaytirish va boshqaruv tizimini takomillashtirish nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Elektron turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
sug‘urtaning barcha turlarini (klasslarini) elektron shaklda sotish, rasmiylashtirish va ularning haqiqiyligini tekshirish sug‘urta qildiruvchi va sug‘urtalovchi o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi yo‘li bilan sug‘urta tashkilotining axborot tizimida, shu jumladan, internet jahon axborot tarmog‘idagi resursida amalga oshirilishi;
sug‘urta shartnomasini tuzish uchun sug‘urta tashkilotining axborot tizimi orqali ariza berilishi va tegishli ma’lumotlarning avtomatik tarzda to‘ldirilishi;
sug‘urta shartnomalarini muddatidan oldin bekor qilish asoslari va tartibi;
axborot almashinuvi ishtirokchilari o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi;
sug‘urta polislari ro‘yxatga olinishi va ularning aylanmasi bo‘yicha monitoring olib borish.
3. Sug‘urta to‘lovlarini kafolatlash jamg‘armasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
2022-yil 31-dekabrga qadar barcha sug‘urta polislarini ro‘yxatga oluvchi va ularning aylanmasini nazorat qiluvchi yagona axborot tizimi joriy etilishini va barcha sug‘urta kompaniyalarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin;
2023-yil 1-martga qadar ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz rasmiylashtiriladigan yo‘l — transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma onlayn tarzda yuborilishini hamda ko‘rib chiqilishini amalga oshirish bo‘yicha yagona mobil ilovani ishlab chiqsin va ishga tushirsin;
2023-yil 1-iyulga qadar yagona mobil ilova orqali boshqa majburiy va ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta da’volariga oid arizalar onlayn tarzda yuborilishini hamda ko‘rib chiqilishini amaliyotga joriy etsin.
Bunda belgilangan chora-tadbirlar, shuningdek, mobil ilovaning to‘laqonli faoliyatini ta’minlash va qo‘llab-quvvatlashni moliyalashtirish Sug‘urta to‘lovlarini kafolatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
4. Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi:
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda sug‘urta xizmatlari iste’molchilari va sug‘urta munosabatlarining boshqa ishtirokchilari huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, aholining sug‘urta bozoriga ishonchini oshirishga va jamiyatda sug‘urta madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha ma’lumotlar keng jamoatchilikka muntazam ravishda yetkazilishini ta’minlasin;
bir oy muddatda Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi “Sall-markaz” xizmatini tashkil etsin.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi “Sall-markaz” xizmati faoliyati Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
5. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 136-bandiga muvofiq qishloq xo‘jaligida sug‘urtalash tizimini takomillashtirish, shu jumladan, “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risida”gi qonunini qabul qilish masalasini ko‘rib chiqish belgilanganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 6-oktabrdagi PQ-387-son qarorining 4-bandiga muvofiq qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va sug‘urtalashning yangi mexanizmlari joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023-yil 1-iyulga qadar ilg‘or xalqaro tajribalarni atroflicha o‘rgangan holda “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risida”gi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish