Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi “Elektron hukumat” fanidan Mavzusidagi


BOB. INTERAKTIV XIZMATLARNI TASHKIL ETISH



Download 4,1 Mb.
bet6/12
Sana30.05.2023
Hajmi4,1 Mb.
#946347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2 BOB. INTERAKTIV XIZMATLARNI TASHKIL ETISH
Interaktiv davlat xizmatlarni tashkil etish «Sug‘urta»
Iqtisodiyot har qanday davlatning asosiy poydevoridir. Shuning uchun ham XXI asr raqamli texnologiyalar va globallashuv asri deb bejiz aytilmagan. Iqtisodiy o‘zgarishlarning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lgan sug‘urta ham o‘z o‘rnida bundan mustasno emas. Hozirgi kunda sug‘urta sohasida internetdan foydalanish juda keng tarqalgan bo‘lib, bu ayniqsa sug‘urta mahsulotlarini onlayn sotish orqali namoyon bo‘lmoqda.Buni “O‘zbekinvest” Milliy Sug‘urta Kompaniyasining keng ko‘lamli o‘zgarishlarni amalga oshirayotgani misolida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Kompaniya doimiy ravishda xizmatlar sifatini yaxshilash va mavjud istiqbolli mijozlar uchun qulayliklar yaratish ustida ishlamoqda. Bu borada 2019 yilning yozidan boshlab, mamlakatning barcha aholisiga internet orqali onlayn sug‘urta qilish imkoniyatini beruvchi kompaniyaning yangi loyihasi o‘z ishini boshladi. Loyihaning ishga tushirilishi xizmat sifati va samaradorligini oshirishda muhim qadam bo‘ldi. Ushbu xizmat tufayli O‘zbekistonda sug‘urta tizimi juda qulay va tezkor holatga keldi. Endi sug‘urtani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ofisga tashrif buyurishning hojati yo‘q – barcha jarayonlar onlayn rejimida amalga oshirilmoqda. Portal orqali qanday sug‘urta turlarini chiqarish, shuningdek, sug‘urtaning zamonaviy shakli nimada ekanligini ko‘rib chiqish mumkin. Buni insurance.uz veb-saytiga tashrif buyurib, bilib olishingiz mumkin.Sug‘urta mahsulotlarini onlayn xarid qiladigan mijozlar uchun insurance.uz quyidagi afzalliklarni taklif etadi:
1. Sug‘urta kompaniyasining ofisiga bormasdan ro‘yxatdan o‘tish uchun maksimal darajada vaqtni tejash;
2. Yetkazib berishning minimal muddati (5 ish kuni davomida bepul yetkazib beriladi);
3. Xizmatlar uchun to‘lovlarning turli usullari, shu jumladan terminallar hamda Click, Payme tizimlari orqali to‘lovlar;
4. Sug‘urta xizmati va uni ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari bo‘yicha telefon hamda elektron pochta orqali maslahat olish.
Portal orqali KАСKО avtotransport vositalarini ixtiyoriy sug‘urtalash, tibbiy sug‘urta, sayohatlarni keng qamrovli sug‘urtalash, ixtiyoriy va majburiy sug‘urtaning boshqa turlarini onlayn tarzda amalga oshirishingiz mumkin. Bunda maxsus kalkulyator sizga xizmat narxini tezda hisoblash imkonini beradi, shundan so‘ng darhol sug‘urta polislarini ro‘yxatdan o‘tkazishingiz mumkin.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, bugungi kunda mamlakat yagona axborot makoni ostonasida turgan paytda “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi iqtisodiy infratuzilmaning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qiladi va iqtisodiy omil sifatida muhim rol o‘ynaydi. Onlayn sug‘urtaning rivojlanishi sug‘urta bozorining sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilishiga yordam beradi.
Sugʻurta — tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yogʻin va boshqalar), har xil baxtsiz hodisalar roʻy berishi natijasida koʻrilgan zararni qoplash va boshqa pul qoplamalari toʻlash uchun maqsadli pul jamgʻarmalarini tashkil etish va undan foydalanish bilan bogʻliq iqtisodiy munosabatlar tizimi. Sugʻurta koʻp asrlik tarixga ega. Sugʻurta muassasalari dastlab oʻrta asrlarda, dengiz orqali olib boriladigan savdodagi xavfxatarlar bilan bogʻliq holda paydo boʻldi. Keyinchalik boshqa sohalarga gʻam yoyildi. Ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlarida sugʻurta fuqarolarning manfaatlarini ishonchli himoya etuvchi vosita boʻlgan.
Sugʻurta jamgʻarmasi milliy iqtisodiyot zaxira jamgʻarmasining muhim va oʻziga xos boʻgʻini hisoblanadi, milliy iqtisodiyotni turli tasodiflardan moliyaviy himoya qiladi. Rivojlangan mamlakatlarda sugʻurta ishi nihoyatda taraqqiy etgan boʻlib, bu mamlakatlar yalpi ichki mahsulotida sugʻurta badal (mukofot)lari hajmi oʻrtacha 8—12 % ni tashkil etadi.
Sugʻurta qilinadigan obʼyektga qarab mulkiy sugʻurta (mas, yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy manfaatlari, binolar, ekinlar, uy hayvonlari, molmulk, transport vositalarini sugʻurtalash), shaxsiy sugʻurta (inson, sogʻligʻi, hayoti, mehnat qobiliyatini sugʻurtalash), uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlik sugʻurtasi (transport egalarining fuqarolik javobgarligini, kredit oluvchilarning bank oldidagi kreditni oʻz vaqtida qaytarish javobgarligini sugʻurtalash va boshqalar)ga boʻlinadi. Sugʻurta tartibi va shartlari, turlari, obʼyektlari mamlakatdagi qonunchilik bilan belgilanadi. Mustaqillikka erishguniga qadar 1918—91 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida sugʻurta faoliyatini sobiq Ittifoq miqyosida yagona boʻlgan davlat sugʻurta idorasi („Gosstrax“) va uning ittifokdosh respublikalardagi boshqarmalari amalga oshirgan. 1991-yildan OʻzRda oʻtkazilgan chuqur iqtisodiy islohotlar jarayonida bozor iqtisodiyotiga oʻtishning dastlabki bosqichlarida davlat S organlari qayta tashkil etildi, ularga raqobatda boʻla oladigan turli mulkchilik shaklida sugʻurta kompaniyalari va agentliklari vujudga keldi. Sugʻurta xizmati bozori, sugʻurta faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, huquqiyqonunchilik asoslari yaratildi. 1993-yilda 6 mayda Oʻzbekiston Respublikasining „Sugʻurta toʻgʻrisida“ qonuni qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 25 fevraldagi farmoniga koʻra Moliya vazirligi huzurida faoliyat koʻrsatib kelayotgan Davlat sugʻurta bosh boshqarmasi „Oʻzagrosugʻurta“ sugʻurta kompaniyasi shaklida qayta tashkil etildi, „Kafolat“ sugʻurta kompaniyasiasi, „Madad“ sugʻurta agentligi, „Oʻzbekinvest“ eksportimport milliy sugʻurta kompaniyasi va boshqa oʻz faoliyatini boshladi.

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish