Kinematika-jismlar harakati qonuniyatlarini, harakatning kelib chiqish sabablarini e'tiborga olmay o'rganadi.
Dinamika-jismlar harakati qonuniyatlarini, harakatning kelib chiqish sabablarini bilgan holda o'rganadi.
Statika-jismlar tizimi, to'plamining muvozanat holati qonunlarini o'rganadi.
1 905 yilda Eynshteyn yaratgan maxsus nisbiylik nazariyasida fazo va vaqt haqidagi Nyuton tushunchalari qayta qarab chiqildi. Natijada katta tezliklar mexanikasi yoki relyativistik mexanika yaratildi. Relyativistik mexanika Nyuton mexanikasini butunlay inkor qilmadi. Relyativistik mexanika tenglamalari limitda (yorug`lik tezligidan kichik tezliklar, mikroskopik jismlar) klassik mexanika tenglamalariga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |