Toshkent axborot axborot lashtirish texnologiyalari



Download 12,16 Mb.
bet65/136
Sana09.06.2022
Hajmi12,16 Mb.
#646054
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   136
Bog'liq
2-9

6.9-rasm. Tatbiqiy shlyuz ishlash sxemasi
Tatbiqiy sath shlyuzlari vositachi sifatida mana shu maqsadlar uchun maxsus ishlab chiqilgan TCP/lPning muayyan xizmatlarining dasturiy serverlari - HTTP, FTP, SMTP, NNTP va h. - serverlaridan foydalanadi. Bu dasturiy serverlar brandmauerlarda rezident rejimida ishlaydi va TCP/lPning mos xizmatlariga taalluqli himoyalash funksiya-larini amalga oshiradi. UDP trafigiga UDP-paketlar tarkibining maxsus translatori xizmat ko‘rsatadi.

Ichki tarmoq ishchi served va tashqi tarmoq kompy uteri orasida ik­ kita ulanish amalga oshiriladi: ishchi stansiyadan brandmauergacha va brandmauerdan belgilangan joygacha. Kanal vositachilaridan farqli holda, tatbiqiy sath shlyuzining vositachilari faqat o‘zlari xizmat qilu­ vchi ilovalar generatsiyalagan paketlami o‘tkazadi. Masalan, HTTP xizmatining vositachi-dasturi faqat shu xizmat generatsiyalagan trafikni ishlaydi.


Agar qandaydir ilovada 0 ‘zining vositachisi boMmasa, tatbiqiy sathdagi shlyuz bunday ilovani ishlay olmaydi va u blokirovka qilinadi. Masalan, agar tatbiqiy sathdagi shlyuz faqat HTTP, FTP va Telnet vosi­ tachi dasturlaridan foydalansa, u faqat shu xizmatlarga tegishli paket­ lami ishlaydi va qolgan xizmatlaming paketlarini blokirovka qiladi.


Tatbiqiy sath shlyuzi vositachilari, kanal vositachilaridan farqli holda, ishlanuvchi maMumotlar tarkibini tekshirishni ta’minlaydi. Ular o‘zlari xizmat ko'rsatadigan tatbiqiy sath protokollaridagi komandalam-ing alohida xillarini va xabarlardagi axborotlarni filtrlashlari mumkin.

Tatbiqiy sath shlyuzini sozlashda va xabarlami filtrlash qoidalarini tavsiflashda quyidagi parametrlardan foydalaniladi: servis nomi, undan foydalanishning joiz vaqt oraligM, ushbu servisga bogMiq xabar tarkibiga chegaralashlar, servis ishlatadigan kompyuterlar, foydalanu­ vchi identifikatori, autentifikatsiyalash sxemalari va h.


Tatbiqiy sath shlyuzi quyidagi afzalliklarga ega:


aksariyat vositachilik funksiyalarini bajara olishi tufayli lokal tarmoq himoyasining yuqori darajasini ta’minlaydi;


ilovalar sathida himoyalash ko‘pgina qo‘shimcha tekshirishlami amalga oshirishga imkon beradi, natijada dasturiy ta’minot kamchilik-lariga asoslangan muvaffaqiyatli hujumlar o‘tkazish ehtimolligi kama-yadi;

tatbiqiy sath shlyuzining ishga layoqatligi buzilsa, boMinuvchi tarmoqlar orasida paketlaming to‘ppa-to‘g‘ri o‘tishi blokirovka qilinadi, natijada, rad qilinishi tufayli himoyalanuvchi tarmoqning xavfsizligi pasaymaydi.


Tatbiqiy sath shlyuzining kamchiliklariga quyidagilar kiradi:


narxining nisbatan yuqoriligi;


brandmaueming o‘zi hamda uni o‘rnatish va konfiguratsiyalash muolajasi yetarlicha murakkab;


kompyuter platformasi unumdorligiga va resurslari hajmiga quy-iladigan talablaming yuqoriligi;


foydalanuvchilar uchun shaffoflikning yo‘qligi va tarmoqlararo aloqa o‘rnatilishida o'tkazish qobiliyatining susayishi.

Oxirgi kamchilikka batafsil to'xtalamiz. Vositachilar server va mi­ joz orasida paketlar uzatilishida oraliq rolini bajaradi. Awal vositachi bilan ulanish o‘matiladi, so‘ngra vositachi adresat bilan ulanishni yaratish yoki yaratmaslik xususida qaror qabul qiladi. Mos holda tat­ biqiy sath shlyuzi ishlashi jarayonida har qanday ruXsat etilgan ulanishni qaytalaydi. Natijada, foydalanuvchilar uchun shaffoflik yo‘qoladi va ulanishga xizmat qilishga qo'shimcha xarajat sarflanadi.




Ekspert sathi shlyuzi. Tatbiqiy sath shlyuzining foydalanuvchilar uchun shaffofligining yo‘qligi va tarmoqlararo aloqa o‘matilishida o‘tkazish qobiliyatining susayishi kabi jiddiy kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida paketlami filtrlashning yangi texnologiyasi ishlab
chiqilgan. Bu texnologiyani ba’zida ulanish holatini nazoratlashli filtrlash (stateful inspection) yoki ekspert sathidagi filtrlash deb yurit-ishadi. Bunday filtrlash paketlar holatini ko‘p sathli tahlillashning max-sus usullari (SMLT) asosida amalga oshiriladi.

Ushbu gibrid texnologiya tarmoq sathida paketlami ushlab qolish va undan ulanishni nazorat qilishda ishlatiluvchi tatbiqiy sath axborotini chiqarib olish orqali ulanish holatini kuzatishga imkon beradi.


Ishlashi asosini ushbu texnologiya tashkil etuvchi tarmoqlararo ek­ ran ekspert sath brandmaueri deb yuritiladi. Bunday brandmauerlar o‘zida ekranlovchi marshrutizatorlar va tatbiqiy sath shlyuzlari element-larini uyg‘unlashtiradi. Ular har bir paket tarkibini berilgan xavfsizlik siyosatiga muvofiq baholaydilar.

Shunday qilib, ekspert sathidagi brandmauerlar quyidagilami na-zoratlashga imkon beradi:


mavjud qoidalar jadvali asosida har bir uzatiluvchi paketni;


holatlar jadvali asosida har bir sessiyani;


ishlab chiqilgan vositachilar asosida har bir ilovani.


Ekspert sath tarmoqlararo ekranlarining afzalliklari sifatida ularning foydalanuvchilar uchun shaflfofligini, axborot oqimini ishlashining yu­ qori tezkorligini hamda ular orqali o‘tuvchi paketlaming IP-adreslarini o'zgartirmasligini ko'rsatish mumkin. Oxirgi afazallik IP-adresdan foy­ dalanuvchi tatbiqiy sathning har qanday protokolining bunday brand-mauerlardan hech qanday o‘zgarishsiz yoki maxsus dasturlashsiz birga ishlay olishini anglatadi.


Bunday brandmauerlaming avtorizatsiyalangan mijoz va tashqi tarmoq kompyuteri orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishga yo‘l qo‘yishi, himoyaning unchalik yuqori bo‘lmagan darajasini ta’minlaydi. Shu sa-babli, amalda ekspert sathini filtrlash texnologiyasidan kompleks brandmauerlar ishlashi samaradorligini oshirishda foydalaniladi. Ekspert sathning filtrlash texnologiyasini ishlatuvchi kompleks brandmauerlarga misol tariqasida Fire Wall-1 va ON Guard larni ko‘rsatish mumkin.




6 3 . Tarmoqlararo ekranlar asosidagi tarmoq himoyasining sxemalari

Tarmoqlararo aloqani samarali himoyalash uchun brandmauer tizimi to‘g‘ri o‘rnatilishi va konfiguratsiyalanishi lozim. Ushbu jarayon quyidagilami o‘z ichiga oladi:


- tarmoqlararo aloqa siyosatini shakllantirish;


brandmauemi ulash sxemasini tanlash va parametrlarini sozlash.



Download 12,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish