K I R I SH
Ma‘lumki, O‗zbekiston mustaqillikning dastlabki
yillaridanoq iqtisodiy
yuksalishning mustahkam asosini yaratilishini ta‘minlagan muhim kompleks
chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Faol investitsiya siyosati, ishlab
chiqarish va sanoat tarmoqlari infratuzilmasini tubdan texnik modernizatsiya qilish
avtomobilsozlik, elektrotexnika, gaz-kimyo,
farmatsevtika, mashinasozlik kabi
yuqori texnologiyali sohalarni yaratishga, to‗qimachilik, mebel va qurilish
materiallarini ishlab chiqarish kabi sohalarning yanada rivojlanishiga imkon
yaratib, bugungi kunda O‗zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida etakchi
sanoat markaziga aylanishini ta‘minladi.
Tadbirda ta‘kidlanganidek, iqtisodiyotning va tashqi savdoning barqaror o‗sib
borish sur‘atlari respublika
transport-kommunikatsiyalar
majmuini jadal
rivojlantirishni, uning tranzit salohiyatini yanada oshirishni, shuningdek,
xalqaro
transport yo‗laklarini diversifikatsiya qilishni talab etadi. O‗tgan yillar mobaynida
bu borada keng ko‗lamli ishlar olib borildi. Respublikaning xalqaro transport
kommunikatsiyalariga integratsiyasini ta‘minlash, bu jaryonning huquqiy bazasini
shakllantirish borasida aniq maqsadli tadbirlar amalga oshirildi va bu izchil siyosat
kutilgan samarani bermoqda.
Hozirgi kunda respublikada shimoliy-g‗arbiy
tomondan Beyneu orqali,
janubiy-g‗arbiy tomondan Olot orqali, janub tomondan Termiz orqali va sharqiy
tomondan O‗sh orqali qo‗shni davlatlarga chiqadigan O‗zbek milliy avtomagistrali
mavjud bo‗lib, uning uzunligi 2 755 km.ni tashkil qiladi. Mustaqillikning dastlabki
davrlarida O‗zbekiston eksport-import yuklarini tashish asosan shimoliy
yo‗nalishdagi 2-3 transport yo‗laklari orqali amalga oshirilgan bo‗lsa, bugungi
kunga kelib tashqi savdo yuklarini 10 ga yaqin yo‗nalishlar orqali jahon bozoriga
etkazish imkoniyati yuzaga keldi.
Hozirda Ozarboyjon, Gruziya va Turkiya tomonlari
hamkorligida amalga
oshirilayotgan ―Baku – Tbilisi – Axalkalaki – Kars‖ temir yo‗lini qurish va
rekonstruksiya qilish loyihasining yaqin kelajakda yakunlanishi O‗zbekiston
eksport yuklarini Kavkaz davlatlari orqali bevosita turk portlariga va qurilishi
tugallanayotgan ―Marmaray‖ tonneli orqali Evropa davlatlariga temir yo‗l
transporti bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri tashish imkonini yaratadi.
Bundan tashqari, Xitoy va O‗zbekiston davlatlari o‗rtasidagi o‗zaro iqtisodiy
aloqalarning transport ta‘minotida an‘anaviy yo‗laklardan foydalanishga bo‗lgan
ehtiyojni kamaytirish maqsadida, eksport yuklarni ―Xorgos‖ chegara o‗tish halqaro
markazi orqali va Qozog‗iston orqali Xitoyga temir yo‗l orqali tashishni tashkil
qilish yuzasidan ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur yo‗nalishning
ishga tushirilishi yuklarni O‗zbekiston va Xitoy davlatlari o‗rtasidagi masofani 700
km qisqarishi hisobiga transport harajatlarining kamaytirilishiga va o‗z navbatida,
O‗zbekiston eksport tovarlarining Xitoy bozorida raqobatbardoshligini yanada
oshirishga zamin yaratadi.
SHu bilan birga ishtirokchilar mustaqillik yillarida mamlakatimizda yangi
avtomobil va temir yo‗llarini qurish, mavjud tranzit yo‗nalishlarni xalqaro
standartlarga mos ravishda rekonstruksiya qilish, temir yo‗llarni elektrifikatsiya
qilish va harakatlanuvchi tarkibni yangilash, xalqaro logistika markazlarini va
terminallarni barpo etish, aeroportlarni modernizatsiya qilish bo‗yicha
bir qator
yirik loyihalar amalga oshiralayotganligiga etiborlarini qaratishdi.
Jumladan, ―Navoi-Uchquduq – Sultonuvaiztog‗ – Nukus‖ va ―Toshg‗uzor -
Boysun – Qumqo‗rg‗on‖ temir yo‗llarini qurish bo‗yicha bosqichma-bochqich
amalga oshirilgan loyihalar mamlakatimizning janubiy, shimoliy va markaziy
xududlari o‗rtasida uzluksiz temiryo‗l aloqasini ta‘minlabgina qolmasdan, balki
mazkur xududlarning iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan
yanada rivojlanishiga muhim
omil bo‗ldi.
SHuningdek, mazkur temir yo‗llar respublika tranzit salohiyatini yanada
oshirishga hissa qo‗shadi. Oxirgi besh yil davomida faqatgina Afg‗onistonga
tranzit tashilayotgan yuklar xajmlari yiliga 20% dan o‗sib borayotganligini
inobatga olganda ―Toshg‗uzor - Boysun – Qumqo‗rg‗on‖ temir yo‗li kelajakda
respublika tranzit yo‗nalishlari orasida salmoqli o‗rin tutadi.
O‗zbekistonlik temiryo‗lchilar Afg‗oniston hududida muvaffaqiyatli amalga
oshirgan ―Xayraton – Mozori SHarif‖ yangi temir yo‗lini qurish loyihasi
respublika tranzit salohiyatini yanada oshirish
borasida qilingan muhim
qadamlardan biridir. CHunki, yangi temir yo‗l eksport va tranzit yuklarni bevosita
Afg‗onistonning Naybobod va Mozori SHarif shaharlarigacha to‗g‗ridan-to‗g‗ri
etkazish imkoniyatini yaratib, yuk oqimlari tezligining Xayraton stansiyasi
imkoniyatlariga bog‗liqlik darajasini pasaytiradi. Bu esa o‗z navbatida yuk egalari
uchun ham vaqt, ham mablag‗ tejash uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
SHu munosabat bilan,