52-m o d d a. Shahar atrofi zonasi hududidan foydalanish
Shahar atrofi zonasi hududidan foydalanish hamda uning chegaralaridagi
shaharsozlik faoliyati shu shahar atrofi zonasiga kiruvchi aholi punktlari,
aholi punktlariaro hududlar aholisining manfaatlarini, shuningdek
shaharsozlik faoliyati boshqa sub’ektlarining manfaatlarini inobatga olgan
holda amalga oshiriladi.
Shahar atrofi zonalari hududlarining zonalashtirilishi Qoraqalpog‘iston
Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish tarhlarida, tumanni
(tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarida, shuningdek
shaharlarning shahar atrofi zonalari bilan birgalikda ishlab chiqiladigan
bosh rejalarida belgilanadi.
Shahar atrofi zonalarida sanitariya va rekreatsion vazifalarni bajaradigan
ko‘kalamzor zonalar ajratiladi. Ko‘kalamzor zonalarda atrof muhitga zararli
ta’sir etadigan xo‘jalik va boshqa xil faoliyat olib borish taqiqlanadi.
Shaharni shahar atrofi zonasi chegaralarida rivojlantirish uchun hududlar
doirasida binolar, inshootlar va boshqa ob’ektlarning qurilishi,
rekonstruksiyasi va kengaytirilishi shahar hokimi bilan kelishilgan holda
amalga oshiriladi.
53-m o d d a. Aholi punktlarida yer uchastkalaridan
project.gov.uz 13.12.2020
56
foydalanishga doir shaharsozlik talablari
Yer uchastkalaridan foydalanishga doir shaharsozlik talablari aholi
punktlarining bosh rejalari, batafsil rejalashtirish loyihalari, qurish
loyihalari va qoidalari bilan belgilanadi.
Tumanlar, shaharlar hokimlari yer uchastkalari berilayotganda yuridik va
jismoniy shaxslarga yer uchastkalaridan foydalanishga doir shaharsozlik
talablari to‘g‘risidagi quyidagilardan iborat bo‘lgan axborot taqdim
etadilar:
yer uchastkalaridan foydalanishdan ko‘zlangan maqsad, qonunchilikda nazarda
tutilgan holatlar bundan mustasno;
yer uchastkalarining joylashgan manzili;
yer uchastkalarining loyiha bo‘yicha chegaralari;
yer uchastkalarining muhandislik, transportga oid va ijtimoiy
infratuzilmalar ob’ektlari bilan ta’minlanganligi.
Yuridik va jismoniy shaxslarga qurish uchun yer uchastkalari berilganda
(realizatsiya qilinganda) tumanlar, shaharlar hokimlari tomonidan quyidagi
talablar belgilanadi:
hududiy qurilish organlari tomonidan berilgan arxitektura-rejalashtirish
topshirig‘i va buyurtmachining loyiha topshirig‘iga muvofiq qurilishning
loyihasini ishlab chiqilishini ta’minlash;
loyiha o‘rnatilgan tartibda kelishilgandan so‘ng loyihani ishlab chiquvchisi
bilan loyihani ekspertizasini o‘tkazilishini ta’minlash.
Yangi qurilish shu ish olib borilayotgan mazkur tuman aholisining tegishli
xizmatlar bilan ta’minlanishi shaharsozlik normalari va qoidalarida
nazarda tutilgan normalardan pasayishiga olib keladigan bo‘lsa, yuridik va
jismoniy shaxslarga yer uchastkalari muhandislik, transportga oid va
ijtimoiy infratuzilmalarning qo‘shimcha ob’ektlarini qurishda ulushbay
ishtirok etish (yakka tartibdagi uylarni quruvchilar bundan mustasno) sharti
bilan berilishi mumkin.
Ushbu moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan talablar yer
uchastkasiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda saqlanib qoladi.
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlarda quyidagilar
ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
Do'stlaringiz bilan baham: |