48-m o d d a. Qishloq xo‘jaligi maqsadlarida
foydalaniladigan zonalar
project.gov.uz 13.12.2020
54
Shahar ______________va posyolka chizig‘i doirasida haydaladigan yerlar, bog‘lar, tokzorlar,
polizlar, pichanzorlar, yaylovlar va boshqa yer maydonlari, shuningdek qishloq
xo‘jaligiga mo‘ljallangan binolar va inshootlar egallab turgan qishloq
xo‘jaligi maqsadlarida foydalaniladigan zonalar ajratiladi. Mazkur
zonalarning hududlaridan foydalanish turi bosh reja va qurish qoidalariga
muvofiq o‘zgartirilguniga qadar bu hududlardan qishloq xo‘jaligini yuritish
maqsadida foydalanish mumkin.
49-m o d d a. Maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan zonalar
Foydalanilishi aholi punktlari hududiy zonalarining boshqa turlaridan
foydalanishga to‘g‘ri kelmaydigan qabristonlarni, o‘laksalar ko‘miladigan
joylarni, maishiy-ro‘zg‘or chiqindilari tashlanadigan axlatxonalar va boshqa
ob’ektlarni joylashtirish uchun maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan zonalar
ajratiladi.
Maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan zonalarning hududlaridan foydalanish
tartibi shaharsozlik normalari va qoidalarining, shuningdek maxsus
normativlarning talablari inobatga olingan holda qurish qoidalari bilan
belgilanadi.
50-m o d d a. Harbiy ob’ektlar va
rejimli boshqa hududlar zonalari
Harbiy ob’ektlar va rejimli boshqa hududlar zonalari alohida rejim joriy
etiladigan ob’ektlarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan hududlardir.
Mazkur zonalarning hududlaridan shahar va posyolka chizig‘i doirasida
foydalanish tartibi qurish qoidalariga muvofiq, shaharsozlik normalari va
qoidalarining, shuningdek maxsus normativlarning talablari inobatga
olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
51-m o d d a. Shahar atrofi zonalari
project.gov.uz 13.12.2020
55
Shahar atrofi zonasi shahar chegarasidan tashqaridagi, shahar bilan yagona
ijtimoiy, tabiiy, xo‘jalik hududini tashkil etuvchi hamda mazkur shahar
hududini, uning shahar atrofi zonasiga kiruvchi aholi punktlari
hududlarini, aholi punktlariaro hududlarni (shaharni rivojlantirish uchun
mo‘ljallangan zaxira hududni) rivojlantirish uchun hamda sanoat, kommunal
va omborxona ob’ektlarini, muhandislik, transportga oid infratuzilmalar
ob’ektlarini, jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi
uchastkalarini, aholi dam olish joylarini joylashtirish, shuningdek qishloq
xo‘jaligini yuritish hamda muhofaza va sanitariya-gigiena vazifalarini
bajarish uchun mo‘ljallangan yerlardan iborat bo‘ladi.
Shahar atrofi zonalari chegaralarini belgilash shaharsozlik va yer tuzish
hujjatlari asosida ushbu Kodeks hamda yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga
muvofiq amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |