Toshkent arxitektura qurilish


Yer silkinish oqibatlarini tugatish chora-tadbirlari



Download 8,58 Mb.
bet73/76
Sana26.02.2022
Hajmi8,58 Mb.
#470489
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
Bog'liq
Шаҳар ҳудудини муҳандислик тайёрлаш Хотамов А Т 717

Yer silkinish oqibatlarini tugatish chora-tadbirlari. Yer silkinishining oqibatlarini tugatishda ishga yaroqli har bir kishi ishtirok etishi zarur va quyidagi ishlar birlamchi hisoblanadi:

  • yer ostida, buzilgan va bunda yonayotgan uyda qolgan odamlarni qutqarish;

  • ishlab chiqarish, kommunal-energetik tizimlarda sodir bo‗ladigan talafotlarning oldini olish va to‗g‗rilash (chunki bular inson hayotiga xavf soladi);

  • buzilgan binolarni, inshootlarni tiklash;

  • talafot ko‗rganlarga tibbiy yordam ko‗rsatish shaxobchalarini tayyorlash;

  • yer silkinish o‗chog‗ida suv ta‘minotini tiklash.

Albatta, mana shu ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan har bir odam ehtiyot choralarini ko‗rgan holda, kerakli joylarda shaxsiy himoya vositalardan foydalanishlari zarur. Har qanday o‗zboshimchalik, belgilanmagan chora-tadbirlar va xatti harakatlarni amalga oshirish man etiladi.
Yer silkinishi boshqa turdagi tabiiy ofatlarni, falokatlarni: masalan, yer surilishi, suv toshqini, qor ko‗chkisi, yong‗in chiqishi hamda boshqa talafotlarni, kommunal-energetik tizimlarning izdan chiqishi, kimyo sanoati korxonalarida talafot natijasida KTZMlarning tashqariga to‗kilishi, AESlardagi radioaktiv moddalarning atmosferaga chiqishi va boshqa xavfli ofatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‗lishi mumkin.
Ammo, hozirgacha yer silkinishining aniq vaqtini va joyini ayta oladigan uslub mavjud emas. Lekin erning tavsifli xususiyatlari, tirik mavjudodlarning xatti-harakatlari o‗zgarishiga qarab olimlar yer silkinishi haqida muayyan ma‘lumotlarni beradilar. Yer silkinishini belgilaydigan ayrim ko‗rsatkichlar quyidagilardan iborat: kuchsiz tebranish chastotasining keskin o‗sishi, erning deformatsiyalanishi, tog‗ jinslarining elektr qarshiligi o‗zgarishi, yer osti suvlari
sathining ko‗tarilishi, yer osti suvlarida radon miqdorining ortishi va boshqa o‗zgarishlar.
Zilzila hodisasida ekologiya masalalari. Zilzila hodisasi kuzatiladigan joylarda katta muhandislik tayyorgarligi ishlari olib boriladi. Istalgan turdagi tabiiy o‗zgarishlarning zilzila holatiga ta‘siri hisobga olinadi.
Insoniyat tarixida bir qator kuchli zilzilalar sodir bo‗lganligini bilamiz. Ular qatorida 1556 yil 2 fevral Shensidagi (Xitoy) zilzilada 830000 kishi halok bo‗lgan. 1737 yil Kalkuttadagi zilzila oqibatida 300000 kishi halok bo‗lgan, 1755 yilda Lissabonda bo‗lib o‗tgan zilzila shaharni deyarli butunlay vayron qilgan. 1811 yil 16 dekabrda Missisipida, 1812 yilda Missuri vodiysidagi Nyu Madridda kuchli zilzila bo‗lgan, Nyu Madriddagi yer silkinishi taxminan 2,6 mln. km2 joyga tarqalgan, 1885 yilda Belovodskda, 1989 va 1960 yillarda Chilida, 1805 yilda Qizilsuvda (Krasnovodsk), 1902 yilda Shimaxinda (Ozarbayjon) va Andijonda, 1907 yilda Qoratog‗ (Tojikiston), 1906 yilda San-Fransiskoda (AQSh), 1908 yilda Messnskda (Italiya), 1911 yilda Kaminskda (Qozog‗iston), 1948 yilda Ashxobodda, 1966 yilda Toshkentda, 1976 yilda Gazlida, 1970 yilda
Sariqqamishda, 1987 yilda Hindistonda, 1988 yilda Armanistonda, 1990 yilda Eronda kuchli zilzilalar bo‗lib o‗tgan. 2003 yil 27 dekabrda Eronda bo‗lib o‗tgan 7 ballik zilzila oqibatida 70000 kishi halok bo‗lgan. 2004 yilda Tinch okeani qirg‗oqlarida joylashgan bir qator mamlakatlar: Indoneziya, Tailand, Hindiston va boshqa mamlakatlarda, 2011 yilda Yaponiyada bo‗lib o‗tgan zilzilalarda 200000 dan ko‗proq iensonlar halok bo‗lgan.
Respublikamizning g‗arbiy hududida 1976, 1984 yillarda yuz bergan 8-10 balli Gazlidagi yer silkinishlarini ba‘zi olimlar ana shu hududdagi mavjud gaz konlari va ulardan gazni so‗rib olish jarayoni bilan bog‗lashadi. 1976 yildagi Gazli yer silkinishining gipotsentri (zilzila o‗chog‗i, litosferaning ma‘lum chuqurlikdagi jinslari qatlamlarining uzilishi, surilish joyi) yer qobig‗ining 5-25 km chuqur oralig‗ida, 1984 yilgi yer silkinishida esa 50-200 km oralig‗ida joylashgan. Yer silkinish hodisasini vujudga keltiruvchi energiyaning yig‗ilishi, sarflanish darajasi silkinish hududlaridan so‗rib olingan gazning miqdori, yer qa‘ri
tog‗ jinsi qatlamlariga tushayotgan tabiiy bosimning mutanosibligini ma‘lum darajada buzilganligi oqibati zilzilaning sodir bo‗lish vaqtini tezlashtiradi.
Muhandislik tayyorgarligining istalgan chora-tadbirlari joyning suv holatiga ta‘sir o‗tkazadi. Ular esa zilzilaning jadalligini kuchaytirishi, hatto paydo qilishi mumkin. Masalan, katta hovuzlar suvining qurishi fikrimizning dalilidir. Suv havzasining to‗lishi va zilzilaning paydo bo‗lishiga dunyo bo‗yicha ko‗plab misollar keltirish mumkin. Bunda asosiy e‘tiborni to‗g‗on asosining chayqalishi (tebranishi) jadalligini hisobga olish va baholashga qaratish lozim. Uni muhandislik geodezik qidirish ishlari olib borish orqali aniqlash mumkin. Bu tekshirishlarda suvning ko‗payishi bilan bo‗ladigan er qatlamidagi yangi yoriqlar va deformatsiyalar aniqlanadi. Qurilishning dastlabki bosqichida zilzila tebranishlarini aniqlash uchun seysmograf yoki boshqa xil, masalan mareograf o‗rnatiladi. Mareograflar yordamida suv havzasida bo‗ladigan yirik to‗lqinlar o‗lchanadi.
Bulardan tashqari, yer silkinishi oldidan uy hayvonlarining xatti-harakatlari ham o‗zgaradi. Masalan, mushuklar tashqariga chiqib ketadilar, qushlar o‗z uyalaridan uchib chiqadilar, chorva mollari juda bezovta bo‗lib qoladilar va boshqalar. Fan va texnikaning rivojlanishi so‗zsiz yer silkinishini oldindan bashorat qilish imkoniyatini beradi. Jumladan, yuqorida ta‘kidlaganidek, yer osti suvlarida yer silkinishidan oldin radon gazi miqdorining oshish qonunini birinchi bo‗lib, o‗zbek olimi G‗.Mavlonov tomonidan aniqlangan va bu qonuniyat Toshkent zilzilasi oqibatlarini o‗rganishda o‗z tasdig‗ini topdi. Hozirgi kunda bu usul bilan Respublikamizda va Markaziy Osiyo davlatlarida ro‗y bergan bir necha zilzilalar bashorat qilindi va ular tasdiqlandi.
O‗zbekiston olimlarining bunday kashfiyoti bilan qiziqqan Amerikalik olim O.Jeme shunday fikrlarni aytgan: «Yaqin kunlarda o‗zbek mutaxassislari zilzila haqidagi bashoratni xuddi iqlim sharoitini bashorat qilgandek radio orqali e‘lon qilish darajasiga etib boradilar». Lekin bu yerda shuni aytib o‗tish kerakki, yer silkinishini oldindan bashorat qilish muammosi hali butunlay hal etilmagan. Bunga
birdan-bir sabab ushbu masalaning murakkabligi, ya‘ni zaminda yer silkinishi
jarayonini vujudga keltiradigan gipotsentr o‗choqning nihoyatda yashirinligi hamda shu «o‗choqda» yig‗ilgan va yer silkinishiga olib keladigan energiyani va uning sodir bo‗lish qonuniyatlarini hali etarlicha bilmasligimizdadir.
Yer silkinishi ofatidan muhofaza qilishning bir usuli bu oldindan zilzilaviy faol mintaqalarni belgilash hisoblanadi. Bunda insonlar va xalq xo‗jaligi tarmoqlari uchun xavfli bo‗lgan 7-8 balli yuqori yer silkinishi mumkin bo‗lgan joylarni belgilab xarita tuziladi. Mana shunday zilzilaviy faol mintaqalarda oldindan turli muhofaza omillari qurilib, inshootlarni qurish, ta‘minlash va ba‘zi xavfli ishlab chiqarish tarmoqlarini (kimyo zavodlari, AESlar va shunga o‗xshash korxonalarni) hatto to‗xtatish ishlari amalga oshiriladi.
Shunday ishlar, ya‘ni O‗zbekistonning zilzilaviy faol hududlari xaritasi 1977 yilgacha amal qilib keldi va hozirgi kunda O‗zbekiston Fanlar Akademiyasining seysmologiya instituti tomonidan 1997 yilda O‗zbekistonning yangi zilzilaviy faol xaritasi tuzilib, bunda har bir hududning zilzilaviy xususiyatlari hisobga olingan. Yangi xaritada ko‗rsatilishicha, O‗zbekistonning mintaqalarida yuz berishi mumkin bo‗lgan yer silkinishlari belgilangan. Jumladan, Qoraqalpog‗iston Respublikasida – 6 ballgacha; Xorazm va Samarqand viloyatlarida – 7 ballgacha; Toshkent, Qarshi, Buxoro, Termiz, Namangan, Farg‗ona shaharlarida –8 ballgacha; Andijon viloyatida –9 ballgacha belgilangan. Shuningdek, zilzilaviy faol xaritada Toshkent shahri uchun 7-9 ballgacha bo‗ladigan mikroseysmik faol hududlar ham belgilab qo‗yilganki, hozirgi kunda mana shu ma‘lumotlar asosida Toshkent shahrida maqsadli qurilishlar amalga oshirilmoqda.
Shu yerda ta‘kidlab o‗tish kerakki, respublikamizda 136 ta shahar mavjud bo‗lib, ulardan 13 tasi yirik shaharlar hisoblanadi. Shaharlarda qurilishlar 5 toifa bo‗yicha amalga oshirilib, ular katta-kichikligidan qat‘iy nazar xalqa yo‗li bilan belgilanishi zarur. Chunki FV da fuqarolarni faqat tranzit yo‗llar orqali (jumladan, xalqa yo‗llar orqali) harakat qilishga yo‗naltirilishi lozim.
Shuning uchun har bir korxona rahbari yer silkinishi oqibatlarini
kamaytirishning asosiy tadbirlarini bilishi zarur.
Bular quyidagilardan iborat:

  • hududning zilzilaviy xaritasi, unda zilzila yuz berishi ehtimoli bor joylar va uning kuchi ko‗rsatiladi;

  • zilzilaga bardosh beradigan binolar va sanoat inshootlarini qurish;

  • zilzila sodir bo‗lgan holda aholi o‗zini qanday tutishi va xatti-harakatlari haqida tushuntirish;

  • zilzilani aniqlash stantsiyalarida uzluksiz navbatchilikni tashkil qilish va olib borish;

  • zilzilalar haqida aniq xabar va aloqa tizimini tashkil qilish;

  • qutqaruv kuchlari va vositalarini tayyor holga keltirib qo‗yish;

  • aholini o‗z vaqtida xavfsiz joyga ko‗chirish tadbirlarini ishlab chiqish;

  • moddiy-texnik ta‘minot (plakatlar, oziq-ovqat, dori-darmon) zaxiralarini tashkil qilish;

  • zilzila haqida xabar beruvchi belgilarni aholiga tushuntirish va o‗z vaqtida qo‗llash.

Yer silkinishini tavsiflaydigan belgilar quyidagilardan iborat:

  • yer osti suvlar fizik-kimiyoviy tarkibining o‗zgarishi (laboratoriyada aniqlanadi);

  • qushlar va uy hayvonlarining bezovtalanishi, gaz hidining kelishi, havoda chaqmoq chaqnashi va yorug‗lik paydo bo‗lishi;

  • bir-biriga yaqin, lekin tegmayotgan elektr simlaridan uchqun chiqishi, uylarning ichki devorlarida zangori shu‘lalar paydo bo‗lishi va lyuminitsent lampalarning o‗z-o‗zidan yonishi.

Mana shu belgilarni bilgan yoki zilzila haqida xabar eshitganda har bir fuqaro sarosimasiz va ishonchli harakat qilishi kerak. Zilzila haqida oldindan xabar berilsa, uyni tashlab chiqishdan avval, gaz va boshqa isitgich asboblarini o‗chirish, bolalar va qariyalarga yordam berish, zarur buyumlarni, oziq-ovqat, dori- darmonlarni va hujjatlarni olib, ko‗chaga chiqishlari kerak. Agar zilzila kutilmaganda boshlanib qolsa, u holda deraza va eshik oraliqlariga yoki
qutaruvchi ustunlar ostiga turib olish zarur.
Dastlabki silkinish zarbasi tinishi bilanoq zudlik bilan tashqariga chiqish kerak. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, ko‗p qavatli binolarning eng nozik, ishonchsiz joylari, zinapoya va lift shaxtalaridir. Shuning uchun zilzila boshlangan paytda zinapoyalardan yugurish tavsiya etilmaydi va liftlardan foydalanish ta‘qiqlanadi. Korxona va muassasalarda zilzila paytida ish to‗xtatiladi. Elektr toki, suv, gaz va bug‗lar to‗xtatilib, fuqarolar muhofazasi qismlaridagi ishchi va xizmatchilar oldindan belgilab qo‗yilgan joyga to‗planadilar, boshqalar esa xavfsiz joylarda bo‗ladilar. Zilzila vaqtida uyda bo‗lmagan fuqarolar uyga shoshmasligi, balki o‗sha joy rahbarlarining ko‗rsatmalarini diqqat bilan kutib, unga rioya etgan holda harakat qilishlari kerak. Zilzila vaqtida jamoat transportining to‗la to‗xtatilishini kutib, oldin bolalarni, nogironlar va qariyalarni tushirish kerak. Yurib ketayotganda sakrab tushib qolish yaramaydi, zilzila vaqtida jabrlanganlarga asosan yordamni fuqarolar muhofazasi qismlari beradi, lekin zarur bo‗lgan hollarda aholining ham yordam berishi maqsadga muvofiqdir.



Download 8,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish