Hududni vertikal rejalash- hududni muhandisona tayyorlashga tegishli bo‗lib, unda hudud rel‘efini umumiy holda tashkil etish va uni qurilishga tayyorlash, hududni rejalashtirish, qurish va obodonlashtirishdan iborat bo‗lib, inshootlar, ko‗cha-yo‗llar va shahar hududining boshqa elementlarining belgilari quyiladi;
Geomorfologik sharoitlar – bu relefning nishabligi, uning shakliy ko‗rinishi va qiyaliklari to‗g‗risidagi tushunchadir.
Geologik sharoitlar – bu zamin (grunt)ning fizik-mexanik xususiyatlari va ularning o‗zgarish qonuniyatlarini belgilovchi tushuncha bo‗lib, imoratlar qurishda joydagi zamin jinslari tarkibi, fizik va mexanik xossalari, ularning o‗zgarish qonuniyatlarini o‗rganadi.
Gidrologik sharoit – yer sathida joylashgan daryo, ko‗l, suv havzalari, soylar va botqoqliklar ta‘sirida yuzaga keladigan holat va jarayonlardir.
Gidrogeologik sharoit – sizot suvlarining bor yoki yo‗qligini, ularning miqdorini, vaqti-vaqti bilan paydo bo‗lishi yoki doim mavjud bo‗lgan suv qatlamlari, ularning rivojlanishi va harakat faoliyatini o‗rganadi.
Geomorfologiya - yer yuzi relefining shakllari, uning rivojlanishi va tarqalishini o‗rganadigan fan.
Makrorelef – katta mintaqadagi hudud va balandligi bo‗yicha 200-1500 m.
Mezorelef – shaharning o‗rtacha mutlaq balandliklariga (farqi 10-200 m) tegishli ko‗rsatkich bo‗lib, unga ko‗ra tepaliklar yoki shahar miqyosidagi past-balandliklar aniqlanadi.
Mikrorelef – balandligi bo‗yicha kichik (0-10m) chegaralangan maydon bo‗lib, u muhandislik obodonchiligida ko‗chalar, yo‗laklar, uylarga kirishdagi ostonalarning balandliklarini ko‗rsatadi.
Tabiiy relef – yer yuzasining qattiq qismidagi (litosfera) turli (notekis) geometrik shakllarning yig‗indisidir.
Tepa - atrofdagi notekis joylardan gumbazsimon yoki konussimon shaklda ko‗tarilib turadigan balandlik.
Do‘nglik - nisbiy balandligi 100 metr atrofida bo‗lgan tepalik.
Qurom - sun‘iy yo‗l bilan hosil etilgan do‗nglik bo‗lib, uning nisbiy balandligi 50 metrgacha bo‗ladi.
Vodiy - relefning botiq shakllaridan eng yirigi.
Daryo o‘zani – vodiyning doimo suv oqib turadigan qismi.
Qayr – vodiyning toshqin vaqtida suv bosadigan qismi. Jar - vaqtincha oqqan suv o‗yib ketgan uzun chuqurlar. Jilg‘a - yon bag‗ri juda tik kichik jar.
Dara - tog‗li tumanlardagi yon bag‗irlari tik qoyali, chuqur vodiylar.
Tangi - yon bag‗irlari g‗oyat tik dara.
Ochiq suv qochirish – qor-yomg‗ir suvlari ariqlar, kanallar orqali olib chiqiladi;
Yopiq (yashirin) suv qochirish – qor-yomg‗ir suvlari yer osti quvurlari orqali suv chiqariladigan joygacha olib borilib, suvni quvurga tashlash uchun suv qabul qiluvchi maxsus quduqlar qo‗llaniladi.
Qor-yomg‘ir suvlari – bu zamin tarkibidagi namlikning va suv havzalarining bug‗lanishi natijasida atmosferadan yog‗ingarchilik tufayli yer yuzasiga qaytib tushadigan suvlardir.
Jadal yomg‘ir suvlari – bu qisqa vaqt davomida yog‗adigan yomg‗ir suvlaridir.
Havza rejasi – unda ko‗chalardagi suv oqimi yo‗nalishlari, hisoblanadigan maydonlar va nuqtalar, suv qabul qilish va tekshirish quduqlari ko‗rsatiladi.
Havosiz drenajlar – yer osti suv sathi 6 metrdan pastda bo‗lgan holatlarda qo‗llaniladigan tizim.
Vertikal drenaj - quvurli qurilmalardan tashkil etilib, nasoslar yordamida ishlaydi.
Galereyali drenaj – ichida yurish mumkin bo‗lgan temirbeton, beton hamda devorlari qoplama materialdan tuzilgan kesim yuzasi ellips va to‗rtburchak shaklidagi aylana yoki ko‗ndalang, balandligi 1,2-1,8 m kollektorlar.
Mukammal turdagi drenajlar – ular bevosita zaminning suv o‗tkazmaydigan qatlami ustida joylashtiriladi va unga sizot suvlar butun tanasi bo‗ylab sizib keladi.
Nomukammal drenaj – zaminning suv o‗tkazmaydigan qatlamdan yuqori sathda joylashadi.
Ochiq drenaj - bu oddiy turdagi drenaj bo‗lib, zovur yoki sun‘iy kovlangan chuqurliklardan iborat bo‗ladi.
Oddiy holdagi yopiq drenaj – tik devorlardan iborat bo‗lib, ichkarisi g‗ovak materiallar bilan to‗ldirilgan bo‗ladi.
Quvurli drenaj - asosi mustahkamlanib, suv sizib o‗tadigan imkoniyatga ega bo‗lgan g‗ovak material qatlamlari quvur ustiga to‗shalgan muhandislik inshootidir.
Bosh drenaj – shahar tomonga yo‗nalgan sizot suvni o‗zida ushlab qolib, shahar hududini sizot suvlari ta‘siridan saqlaydi.
Aylana (konturli) drenaj – biror imorat atrofini yoki bir nechta imoratlar atrofini o‗rab oladi, ushbu drenajlar imoratlar poydevorlarini suv ta‘siridan asrashga xizmat qiladi.
Maydon bo‘ylab tarqalgan drenajlar – shahar hududidagi katta maydonlarda sizot suvlari sathini pasaytirishga xizmat qiladi.
Qirg‘oq drenajlari – shahar atrofidagi daryo va ko‗llar ta‘sirida paydo bo‗ladigan sizot suvlardan shahar hududini saqlash uchun xizmat qiladi.
Maxsus drenajlar – jarliklar va ko‗chkilarni obodonlashtirishda hamda rekratsion hududlarni sizot suvlari ta‘siridan saqlashda, sport inshootlarini, tirgak va qirg‗oq devorlarini, yer osti tonnellarini muhofaza qilishda ishlatiladi.
Jarlik - bu chuqurlikdan iborat bo‗lib, u relefning suv ayirg‗ichidan to suv havzasigacha bo‗lgan maydonni qamrab oladigan shaklidir.
Указ Президента РУз «О мерах по далнейшему совершенствованию архитектура и градостроительства в РУз» от 26.В.2000 г. № ВИИ -2595.
Постановление Кабинета Министров РУз «О мерах по совершенствованию деятельности Гос. Комитета РУз по архитектуре и строительству» от 2.ХИИ.2003 г. № 538.
Постановление Кабинета Министров РУз № 165 от 2000 года «Об улучшении градостроительства городов».
Fuqaro muhofazasi to‗g‗risida O‗zbekiston Respublikasi Qonuni. T.:
«O‗zbekiston» 2000 yil 26 may.
Бакутис В.Е. Инженерная подготовка городских территорий. Москва. Высшая школа. 1970.
Бакутис В.Е., Бутягин В.А., Лунтс Л.Б. «Инженерное благоустройство городских территорий». М. 1971. Стройиздат.
Бутягин А.В. Инженерное благоустройство городов. М. Стройиздат. 1982.
Владимиров А.П. ва б. Инженерная подготовка городских территорий. Москва. Архитектура-С, 2004, 240 б.
Карагодин В.Л., Молоков М.В. Отвод поверхностных вод с городских территорий. М., 1974.
Клиорина Г.И., Осин В.А., Шумилов М.С. Инженерная подготовка городских территорий. Учебник. ―Высшая школа‖. М.: 2004. 270 с.
Nizomov Sh.R., Xotamov A.T. Landshaft konstruktsiyasi. Toshkent. TAQI, 2010, 55 b.
Исмаилов А.Т. Развитие основ инженерного оборудования городов Централной Азии. Дис.док. Ташкент. ТАСИ, 2006.
Ismoilov A.T., Usmonov Q.T. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishning shahar muhandislik yechimi. Ж. Проблемы архитектура и строительства. Самарканд, № 1. 2010. –С. 40-43.
Исмоилов А.Т., Усманов К.Т. Исследование размешения системы водоотвода на городских улицах. Проблемы развития инженерных коммуникаций. Сборник материалов ИВ-международной конференции. Самарканд. 2007. 43-44 с.
Исмоилов А.Т., Туйчиев Н.Ж. Подземные инженер инфраструктура городских улично-дорожных сетей. ООО «ПАРУС-ЛВРС- ПРИНТ».Т.: 2008. 196 С.
Isamuxammedova D.U., Ismoilov A.T., Xotamov A.T. Injenerlik obodonlashtirish va transport. Darslik. «ALOQAChI» nashriyoti, Toshkent.: 2009. 230 b.
Ismoilov A.T., Usmonov Q.T. Hayot faoliyati xavfsizligi. O‗quv qo‗llanma. SamDChTI nashriyoti. 2009 y. 170 b.
Основная защита населения и территории в черезвичайных ситуациях. М. «МГУ» 1998 г.
Xotamov A.T., Usmonov Q.T. Shahar hududlarini kompleks obodonlashtirish. Toshkent, TAQI. 2014 y. 160 b.
Справочник по проектированию инженерной подготовки застраиваемых территорий. (Под ред. В.С.Вищука), Киев 1983 г.
To‗xtaev A. «Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish asoslari». T.:
«O‗qituvchi» 1994 yil.
ShNQ 2.07.01-03* «Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish» Toshkent- 2009.
ShNQ 2.05.02- 07 «Avtomobil yo‗llari» Toshkent- 2007.
QMQ 2.01.03-96. «Zilzilaviy hududlarda qurilish». –Toshkent.: O‗zDavarxitqurilish qo‗mitasi, 1996.
QMQ 2.01.01-94. Loyihalashtirish uchun iqlimiy va fizikaviy geologik ma‘lumotlar. – Toshkent.: O‗zDavarxitqurilish qo‗mitasi, 1994.
QMQ 2.02.01-98 "Bino va inshootlar zaminlari". -Toshkent.: O‗zDavarxitqurilish qo‗mitasi, 1998.
www.uznature.uz
www.garden.ru
www.landshaft.ru
www.moysadik.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |