Bizni yozamiz:
αmax qiziqtirgani uchun
sin 2 π t = 1
T
deb
αmax ni quyidagicha
Shaharsozlikda yangi maydonlar o‗zlashtirilayotgan bo‗lsa, 9 balldan yuqori zilzila kutiladigan joylarda deyarli hech qanday inshoot loyihalanmaydi. Bunday joyda quriladigan bino va inshootlar ro‗yxati qurilish me‘yori va qoidalarida ko‗rsatilgan. Shaharsozlikda bunday joylar respublika Davlat qurilishi qo‗mitasi bilan kelishilgan holdagina olib boriladi. Bunda ham maxsus zilzilaga qarshi chora- tadbirlar qo‗llaniladi. Qurilish uchun qiyaligi katta va nurab turgan nishabliklar, sizot suvlari bor, ag‗darilma va ko‗chkilar kutiladigan joylar noqulay – yaroqsiz hisoblanadi.
Bunday joylarda inshootlar qurilmasdan, aylanib o‗tiladi va agar qurish lozim bo‗lsa, unda bino asosini mustahkamlashning qo‗shimcha yo‗llari qidiriladi. Umuman turar-joy va jamoat binolarini qurishda maxsus QMQ dan foydalaniladi. Muhandislik tayyorgarligi zilzilaga qarshi chora ko‗rilayotgan binoning ahamiyati va joyning zilzila jadalligiga qarab tanlanadi.
Vertikal rejalashtirish ishlarini 7-9 balli zilzila mavjud joylarda bajarish mumkin. Bunday tadbirlar qiyaliklarni mustahkamlash, chuqur va balandliklarni tekislash ishlari bilan bog‗liq bo‗ladi.
Tog‗ yon bag‗irlaridagi qiyalik 1:1,5 nisbatda va joyning zilzila jadalligi 8- 9 ball bo‗lsa, bunday joylarga imkon qadar tegmaslik lozim.
Shahar qurilishida zilzilali va zilzila bo‗lmaydigan joylar uchun quyidagi nishabliklar tanlanadi:
Zilzilasiz 1 : 1,25 1 : 1,5 1 : 1,15
Zilzilali 1 : 1,5 1 : 1,75 1 : 1,2
Suv qochirgich va drenajlar bir-birlari bilan bo‗ylama va ko‗ndalang surilish imkoniyatlarini beruvchi materiallar yordamida bog‗lanadi. Drenaj tizimini loyihalayotganda sizot suvlarining sathini ham tushirish ko‗zda tutiladi. Bu esa joyning zilzila jadalligi xavfini kamaytiradi. Masalan, qumoq va soztuproqli joylarda sizot suvlarning sathi 4 metr va undan kamroq bo‗lganda zilzila jadalligi 8 ball bo‗lib, uning sathini 6 metrga tushirish talab qilinsa, 8 ballik joy 7 balli joyga o‗tkaziladi.
Shaharni suv bosishdan saqlovchi gidrotexnik inshootlar uchun joy tanlanayotganda bunday inshootlar uchun kerakli joyni tanlashda ularni tektonik bo‗linishlar ustiga qurmaslik talab qilinadi. Bundan tashqari qarama-qarshi qirg‗oqlari murakkab va mexanik xossalari bir-biridan keskin farq qiladigan joylarda ham suv havzalari kabi gidrotexnik inshootlar qurish ta‘qiqlanadi.
Joylarning zilzila holatini aniqlashda va suv to‗plagich gidrotexnik inshootlarda faqat tuproqning toifasigina hisobga olinmasdan, balki inshootning sinfi ham e‘tiborga olinadi. Hisob-kitob vaqtida 1-sinfga kiruvchi inshootlarga 1 ball qo‗shib hisoblanadi.
Shaharsozlikda 7 ball va undan yuqori darajada zilzila bo‗lishi kutilgan joylarda quyidagi rejaviy chora-tadbirlar qo‗llaniladi:
shaharning yangi yoki rivojlanishi uchun hudud tanlanganda bu joyning geomorfologik, gidrogeologik va zamin sharoitiga e‘tibor berish;
zilzila mavjud tumanlar chegarasini tuzish asosida shaharni faoliyat mintaqalariga taqsimlash;
shahar ko‗chalarini maxsus (ataylab) kattalashtirib qoldirish (ya‘ni, o‗t o‗chirish, tibbiy yordam va boshqa transport vositalari bemalol o‗tishi uchun);
uylarni shahar magistrallaridan uzoqroqda joylashtirish (ko‗chani to‗sib qo‗ymasligi uchun);
magistrallarda iloji boricha mahalliy yo‗llarni loyihalashtirish;
odamlar xavfsiz joylarga yig‗ilishlari mumkin bo‗lishi uchun imkoni boricha kattaroq ko‗kalamzor maydonlar tashkil qilish. Buni mikrorayonlar qurilishida ham e‘tiborga olish kerak;
suv to‗plash maqsadida bir nechta hovuzlar qazish;
suv ta‘minoti uchun qo‗shimcha quvurlar o‗tkazish (boshqa yo‗nalishlar bo‗yicha);
kam qavatli uylarni qurish.
Alohida binolarni qurishda joy zaminining tarkibi, tuzilishi va fizik- mexanik xossalariga e‘tibor berish kerak.
Imoratlar zilzilaga chidamli bo‗lishi uchun zilzilabardosh belbog‗lar qo‗llaniladi. Bu belbog‗lar temir-betondan ishlanib, baland imoratlarning qavatlari va devorlari orasiga o‗rnatiladi. Imoratlarning zilzilaga bardosh berishi faqat uning qurilmasiga va zilzilaga qarshi qo‗llanilgan choralarigagina emas, balki qurilish materiallariga va qurilish ishlarining sifatiga ham bog‗liq. Masalan, Armanistonda (1988 yil) juda ko‗plab imoratlar sifatsiz bunyod etilganligiga sababli ular qulab tushgan bo‗lsa, Toshkentda (1966 yil) ko‗proq xom g‗ishtdan qurilgan uylar zararlangan.
Binolarning zilzilaga qay darajada bardosh berishi, ishlatilgan qurilish materiallarining sifatiga va ularning ishlash usullariga ham bog‗liq. G‗isht orasiga ishlatiladigan aralashma sifatli bo‗lmasa, g‗isht suvga solmasdan terilsa, devor choklari bir-biriga yaxshi yopishmaydi. Chunki quruq g‗isht qorishmadagi suvni tez tortib oladi, natijada qorishma yopishtirish xususiyatini yo‗qotadi. Shuning uchun ham zilzilali joyda g‗isht suvga bo‗ktirilgandan keyin terilishi kerak. Zilzila paytida yer osti muhandislik kommunikatsiyalari (telefon, elektr kabellari, suv va gaz quvurlari, kompozitsiya va h.k.) ham qattiq shikastlanadi. Shuning uchun ham zilzila bo‗ladigan joylarda quvurlar qurilmasiga silfon kompensatorlari qo‗yiladi.
Quyidagi 5.5-jadvalda quvurlarni zilziladan saqlash chora-tadbirlari berilgan. Shahar qurilishi uchun joy tanlaganda tuzilgan mikroseysmik xaritadan foydalanib, imkoni boricha aholini zilzila kuchi kam bo‗lgan erda joylashtirishga harakat qilish kerak. Bunda turli nishabliklardagi ko‗chki va ag‗darilmalarni yoki daryo, ko‗l suvi bosmaydigan maydonlarni hisobga olish shart. Qurilish maydonchasini qo‗shni qurilishdan etarli darajada uzoqda va suv ombori sathidan baland bo‗lishiga e‘tibor berish kerak. Poydevor asosidagi tuproqning bir xil jinsli bo‗lishi ham ahamiyatga katta.
Tanlangan binolarda tik va yotiq reja mutanosibligining ta‘minlanishi poydevor asosiga bir xilda og‗irlik kuchini tushiradi. Bunda yotiq rejada G, P, T shaklidagi binolarni tanlamaslik kerak, chunki ular zo‗riqish paytida bo‗linib ketadi. Bu narsa qurilish elementlariga ham taalluqli bo‗lib, qurilmalarning engil bo‗lishi zilzila kuchini kamaytiradi. Shu sababdan imoratlarning yuqori qavatlari engillashtirib boriladi. Uylar poydevori sathining bir xil bo‗lishini ta‘minlash va qurilmalarning bir-biri bilan mustahkam birikuvi mavjud holida bog‗lanishi lozim. Tashqi devorlar ham bir-biri bilan mutanosib ravishda joylashtiriladi va ushlovchi elementlarga mustahkam qilib biriktiriladi. Ularning bikirligi ko‗ndalang bog‗lovchilar bilan ta‘minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |