Hududni muhandislik tayyorlash kursini o„rganishda joyning tabiiy shart-sharoitlarini bilish shahar uchun tanlangan zaminning shahar qurilishi nuqtai-nazaridan baholash imkonini beradi. Odatda shahar qurilishining majmuaviy yechimi hududda muhandislik tayyorgarlik ishlari qay darajada amalga oshirilganligiga bog‗liq. Shuningdek, tanlangan joyning tabiiy sharoiti va relefining murakkabligi ham shaharsozlikka qo‗yiladigan talablarga to‗g‗ridan- to‗g‗ri ta‘sir qiladi. Qurilish uchun sharoiti qulay bo‗lgan joylar ortiqcha ishlarni talab qilmaydi. Ammo, shahar bunyod etiladigan hududda ko‗chki xavfi bo‗lishi, yer osti sizot suvlari sathining ko‗tarilishi va shuningdek, gruntning boshqa fizik- mexanik hodisalari inobatga olinadigan bo‗lsa, muhandislik tayyorgarlik ishlari murakkablashib ketadi. Shuning uchun ham muhandislik tayyorgarlik ishlari texnik-iqtisodiy jihatdan o‗zini oqlasagina amalga oshiriladi.
Fuqaro muhofazasi talablari asosida shaharlarning maqbul rejasini tuzish va amalga oshirishda mavjud shahar hududida foydalanilmay qolgan ba‘zi zahira hududlardan ham foydalanish yo‗llarini qidirishni talab etadi. Shu maqsadda
―noqulay‖ deb hisoblangan joylarni shaharsozlik talablari asosida o‗zlashtirish amaliy ahamiyatga egadir. Botqoqlik, jarliklar, suv bosadigan pastqam hududlar va boshqalar ana shunday ―noqulay‖ joylar sirasiga kiradi.
Joylarda bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish uchun rejalashtirish jarayonida shahar hududidagi turar joy va tarixiy yodgorlik inshootlari, ko‗kalamzorlar, qadimiy daraxtzorlar va uning atrofidagi qadr-qimmatga ega bo‗lgan hududlarni uzviy bog‗lash bilan (bosh reja va tik qirqimda) fuqaro muhofazasi yechimini to‗g‗ri bajarilishini ta‘minlash, shahar hududidagi muhandislik tayyorgarligining asosiy maqsadi bo‗lib hisoblanadi. Ushbu maqsadni amalga oshirishda, quyidagi vazifalar o‗z yechimini topishi lozim bo‗ladi:
joyni qurilishga moslashtirish bo‗yicha chora-tadbirlarni belgilash (yer osti suvlari sathini pasaytirish, hududni suv bosishdan, ko‗chki va jarliklar paydo bo‗lishidan saqlash, ko‗kalamzorlarni sug‗orishni yo‗lga qo‗yish, sel, zilzila, qum bosish kabi hodisalarga tayyor turish, ularni oldini olish);
hududlardagi qurilish talablariga javob bermaydigan omillarni yo‗qotish, ya‘ni, qor-yomg‗ir suvlarini tabiiy oqib ketishini ta‘minlash;
v) daryo, ariq va ko‗llar atroflarini ko‗kalamzorlashtirish yo‗li bilan qirg‗oqlarning yuvilishi, o‗pirilishining oldini olish;
g) shahar hududidagi ko‗kalamzor maydonlarni sug‗orish, qor-yomg‗ir va oqova suvlarni tabiiy nishablikda oqizish, botqoqliklar hosil bo‗lishiga imkon bermaslik;
Bundan tashqari, shahar bunyod etiladigan yer yuzasi sathini me‘yoriy (>0,015) nishablikda ta‘minlash, zamin tuprog‗i ustki qatlamining yuvilmasligini va uning yuzasi shamol erroziyasiga uchramasligini ta‘minlash lozim. Bunday muhandislik tadbirlarini amalga oshirishda joydagi obodonlashtirish va ko‗kalamzorlashtirish ishlariga ham katta ahamiyat beriladi.
Yer osti suv sathini pasaytirish maqsadida olib boriladigan muhandislik tadbirlarining asosiy vazifalaridan yana biri bu qor-yomg‗ir va oqova suvlarni suv kollektori orqali shahar tashqarisidagi suv tozalash havzalariga oqizishni ta‘minlashdir. Yer osti suv sathi ko‗tarilib ketmasligi uchun vertikal rejalashtirish usullari asosida aniqlangan tuproq ishlarining ko‗lami va hajmi
ko‗payib ketmasligi iqtisodiy tejamkorlikka bog‗liq bo‗ladi.
Shu sababdan qazilgan tuproqni bartaraf qilishda yaqin masofadagi chuqurlikdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunday ishlarni bajarishda ba‘zan relefning dastlabki shakli to‗la o‗zgarib ketishi ham mumkin.
Bunga, suv bosishdan muhofaza qiluvchi dambalarning qurilishi, jarliklarni ko‗milishida va tekislanishida olib borilgan muhandislik tadbirlari misol bo‗lishi mumkin. Fuqaro muhofazasi talablari asosida shahar hududini muhandislik tayyorgarligi ilmi bir qancha fanlar chegarasida vujudga kelgan. Bunda shaharni barpo etish jarayonining dastlabki bosqichida olib boriladigan muhandislik tadbirlari hisobga olinadi. Jumladan – joyning iqlim sharoiti, zaminning gidro-geologik holati, relefning holati bilan bog‗liq bo‗lgan bog‗lanishlar va boshqalardir.
Shahar muhandislik tayyorgarligi ilmi quyidagi fanlar bilan bog‗langan:
zamin va poydevor ham gidro-geologiya fanlari – bunda zaminning gidrogeologik va mexanik xususiyatlari o‗rganiladi.
shaharsozlik va shaharni rejalashtirish fani – bunda shaharning xususiyatiga qarab mintaqalarga taqsimlashda zaminning holati inobatga olinadi.
shahar muhandislik obodonlashtirish va ko‗kalamzorlashtirish, muhandislik inshootlari va kommunikatsiyalari shahar ko‗cha va yo‗llari fanlari – bunda ushbu shahar kommunal xususiyati elementlarini ishonchliligini ta‘minlash masalalari ko‗riladi.
Mazkur o‗quv qo‗llan ma shahar qurilishi va xo‗jaligi yo‗nalishida bakalavr va magistrantlarga mo‗ljallangan.
O‗quv qo‗llanma qo‗lyozmasini tayyorlashda yaqindan yordam bergan Moskva davlat qurilish universiteti professori, t.f.d., prof. I.S. Shukurovga mualliflar o‗z minnatdorchiligi bildiradi.
Mualliflar kitobning sifati va mazmunini yaxshilashga foydasi tegadigan har qanday tuzatishlar, istaklar va talablarni minnatdorchilik bilan qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |