Toq kategoriyalar.
Bular: borliq, materiya, harakat, bilish …
Juft kategoriyalar.
Bular: sabab va oqibat, mazmun va shakl va hokazo.
Falsafaning juft kategoriyalari
Juft kategoriyalar
Bular: sabab va oqibat, mazmun va shakl va hokazo
Narsa va hodisalarning tizimi shakli, mazmunini ifodalaydi:
Butun va bolak qism;
Sistema, struktura, element;
Sababiy aloqadorliklani ifodalaydigan:
Sabab va oqibat;
Imkoniyat va voqealik;
Zaruriyat va tasodif.
- Falsafada o`z xususiyatlariga ko`ra, «juft kategoriyalar» deb ataladigan; umumiy bog`lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalovchi tushunchalar ham bor. Ular narsa va hodisalarning muayyan yo`nalishdagi eng muxim, zaruriy, nisbatan barqaror, davriy takrorlanib turuvchi bog`lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalaydi. Falsafa kategoriyalari mazmunidagi ichki birlik, bog`lanish, aloqadorlik va munosabatlarning yaxlitligi bilish jarayonining o`zluksizligini ta’minlaydigan umumiy qonuniyat tarzida vujudga kelgan.
- Falsafa fanidagi an’anaviy tarzda yozilgan darsliklar, ukuv qulanmalaridan farqli ularok, bu kategoriyalarni kiyosiy tahlil qilishimizdan maqsad, boshqa juft kategoriyalarning mazmunini ochib berish imkoniyatini yaratishdir. Chunki, «mohiyat va hodisa», «mazmun va shakl», «sabab» va oqibat», «zaruriyat va tasodif», «imkoniyat va vokelik» kategoriyalarining mazmuni, yuqorida ko`rsatilgan «aloxidalik», «xususiylik» «umumiylik», «butun», «qism», «struktura»,«element», kategoriyalari mazmuni bilan uzviy bog`liqdir. Shuning uchun biz falsafa kategoriyalarini bir-birini taqozo qiluvchi, nisbatan mustaqil bilish usullarining yaxlit sistemasi tarzida olib qarashni lozim topdik. Lekin, buning uchun har bir kategoriyaning mazmunini aloxida tahlil qilish zarur.
- Ular narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi makon-zamon munosabatlarini konkret tarzda namoyon qiladi. Umumiylik – olamdagi aloxida, individual tarzda namoyon bo`layotgan narsa – hodisalarning turfa, xilma-xil umumlashtiruvchi xossa hamda xususiyatlarning mushtaraklashgan holda namoyon bo`lishidir. Aloxidalik va umumiylik o`rtasidagi bog`lanish, aloqadorlik va munosabat «xususiylik» kategoriyasi orqali ifodalanadi.
- Birinchidan, bu kategoriyalarning mazmuni olamning birligi, ularning mantiqiy ifodasi konkretlik bo`lib xisoblanadi. Ikkinchidan, «aloxidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalarning makon-zamon konkretligini ifodalaydigan, nisbatan mustaqil mantiqiy tushunchalar tarzidagina namoyon bo`lishi mumkin. Zero, ularning nisbatan mustaqilligi, ichki birligining namoyon bo`lish shaklidir.
- Butun va bo’lak sutruktura va element kategoriyalariga falsafaning bu kategoriyasi bilan «butun»,«qism»«struktura»,«sistema»,«element», kategoriyalari o`rtasida uzviybog`liqlik va muayyan farqlar mavjud. Ya’ni «aloxidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalar rivojlanish jarayonidagi bog`lanish, aloqadorlik munosabatlarining yaxlitligini nisbatan mustaqil ifodalash bo`lsa, «butun», «qism», «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari esa, ularning makon va zamondagi bog`lanish munosabatlarini jarayon tarzida ifodalashdir. Shu nuqtai nazardan, butunni – umumiylik, qismni yoki elementni – aloxidalik tarzida olib qarash holatlari uchraydi.
- Shuningdek, muayyan o`xshashlik bo`lishiga qaramasdan, sistemani umumiylik tarzida kabo`l qilish mumkin emas. Bunda sistema turli darajadagi umumiyliklarning majmui ham bo`lishi mumkin. Umuman, narsa va hodisalarni targ`ibiy jixatdan «butun», «qism», element»larga ajratish bilishga xos nisbiy hodisa bo`lib, uning samaradorligini ta’minlaydigan zaruriy shartdir. Shunga ko`ra, yuqorida aytilgan har ikkala kategoriyalar tizimi bilishning bosqichi sifatida emas, balki usuli sifatida olib qaralishi kerak.
- Sistema, struktura, element falsafaning muxim kategoriyalaridan bo`lib xisoblanadi. Sistema – grekcha so`z bo`lib, mantiqiy ma’nosi butunlik, yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan birikma, degan ma’nolarni anglatadi. Sistema kategoriyasining mazmuni, uni tashkil qilgan elementlarning strukturaviy munosabatlariga mos keladi. Shu nuqtai nazardan, bilish jarayonidagi sistemalashtirish, nazariy faoliyat sifatida, ularning tashkil qilingan targ`ibiy elementlarini tarixiy-mantiqiy izchil tartibga keltirish bilan izohlanadi. Хususan, bu elementlarning funksional faoliyatini, ahamiyatiga ko`ra turkumlashtirish, muxim metodologik ahamiyatga ega, chunki insonning borliqni bilish faoliyati sistema strukturasidagi elementlarning mavjudlik holati va rivojlanishi ob’ektiv qonuniyatlarini o`rganish asosida, ularni maqsadga muvofiq tashkil qilishga qaratilgan. Ya’ni, insonning ob’ektiv reallikni nazariy bilishga asoslangan
- «Mohiyat va hodisa» Mohiyat-o`zida aloxidalik, maxsuslik, umumiylikning mazmunini, sababini, zaruriyatini, imkoniyatini, butun, qism, sistema, struktura, element tarzida namoyon qiladi. Хodisa esa, ularning bog`lanishi, aloqadorlik va munosabatlarining namoyon bo`lishidir.
- Mazmun va shakl. Mazmun - narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog`lanishi bo`lib, uni boshqa sistemalardan farqini belgilaydigan aloqadorliklar va munosabatlarini ifodalaydi. Shakl esa – sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog`lanishlari, aloqadorliklari, munosabatlarining ifodalanishidir.
- Sabab va oqibat. O`z navbatida, har qanday sistemaning elementlari o`rtasidagi strukturaviy bog`lanish konkret mazmunga ega bo`lib, unga mos mazmunlarda o`z ifodasini topadi. Boshqacha qilib aytganda, mazmun va shakl o`rtasidagi aloqadorlik, bog`lanish, munosabatning harakteri muayyan sababga asoslanadi. Ya’ni, narsa va hodisalarning sistema shaklida namoyon bo`lishi, muayyan sabab oqibatidir.
- XULOSA: Falsafiy kategoriyalar falsafiy tafakkur uchun nihiyatda muxim bolgan olamdagi o’zgarish, rivojlanish, aloqadorlik va uzviy bog’liqlikka xos umumiy jihatlarning inqilosidir . Ular narsa va xodisani oziga xosligi ,o’xshashligi va farqlarini barqarorligi va ozgarishini anglatuvchi xodisalardir .Jararayonlarga xos umumiy ,muxim tomonlar,xususiyatlar munosabatlarni ifodalovchi keng ma’noli va chuqur mazmunli ilmiy atamalardir
Foydalanilgan adabiyotlar - www.wikipediya.uz
- Falsafa asoslari, oquv qollanma. Q.Nazarov va boshqalar. 2018
- Kitobxon.com
- Falsafa fanidan oquv qollanma 2007. I.Xo’jamurodov va N.Eshmetov
- Falsafa. Oliy oquv yurtlari talabalari uchunoquv qollanma. J.Tunelov va Z.G‘ofurov. 1999
- Falsafa. Maruza matnlari. Kamalak nashryoti. 1995
Do'stlaringiz bilan baham: |