Toshkent-arxitektura qurilish intituti qurilishni boshqarish fakulteti 27-20 guruh talabasi nafasova nargizaningning qurilish materiallari va buyumlari fanidan mustaqil ishi
Toshkent Arxitektura Qurilish Instituti Qurilishni Boshqarish Fakulteti 27-20 guruh talabasi Nafasova Nargizaning ‘’Zamonaviy shaharsozlik konsepsiyalari’’ fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI
Toshkentda katta qurilishlar
Reja:
1.O’zbekistonda hozirgi kunda olib borilayotgan inavatsiyon g’oyalar
2.Sobiq Sovet vaqtida Toshkent
3.Xulosa
O‘zbekistonda toki yer bozori bo‘lmas ekan, biznes-inshootlar va uy-joylarni qayerda qurish, qaysi binolarni buzish, odamlarni qayerga ko‘chirish va bular shahar hamda aholiga foydali bo‘lishini ta’minlashning hisobini olish mumkin emas. Institutsional islohotlar bo‘yicha ekspert Ildus Kamilov bu savollarga qanday jav1 iyuldan O‘zbekistonda yerga bo‘lgan xususiy mulkchilik huquqi yuzaga keladi. Biroq yerdan nechog‘lik iqtisodiy samarali foydalanilayotganini aniqlash uchun yerni baholash mexanizmi mavjud emas. Buning ustiga shaharsozlik va boshqa ko‘plab qarorlarni yer munosabatlarida bo‘lajak o‘zgarishlarni hisobga olgan holda va hisob-kitoblar asosida qabul qilish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari hozir yangi “siti"lar (masalan Tashkent City namunasida Olmazor City, Yunusobod Business City, Mirzo-Ulugbek Business City'lar barpo etish rejalashtirilmoqda, shu bilan birga, Delta City qurilishi ham ko‘zda tutilmoqda) shaharda mavjud bo‘lgan amaliy faollik hududlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi ham noma’lum, markazda jadal olib borilayotgan qurilishlar kam daromadli aholini chet hududlarga chiqarib yuborishi, tarixiy binolarning buzilishi esa poytaxtni yaxshi daromad keltirishi mumkin bo‘lgan potensial turistik obyektlardan mahrum qilishi mumkin. ob olish to‘g‘risida Spot uchun maxsus yozadi.
Toshkentni qayta qurishning bu va boshqa sodir bo’lishi mumkin bo’lgan oqibatlari haqida institutsional islohotlar bo‘yicha ekspert Ildus Kamilov shunday yozadi.
Institutsional islohotlar va iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha ekspert, undan avval Iqtisodiy tadqiqotlar markazining katta muvofiqlashtiruvchisi bo‘lib ishlagan
Toshkentdagi yangilanish loyihalari atrofida yuz berayotgan voqealar ko‘plab fikr-mulohazalarni kelirib chiqarmoqda. Va bu mutlaqo tushunarli, chunki bu yerda odamlar huquqi va ularning taqdiri masalasi turibdi. Shu bilan birga bu vaziyatda huquqiy va emotsional jihatlardan tashqari masalaning iqtisodiy tomoni ham bor. Nuqtai nazar o‘zgarishi ayrim savollarga yangi javob topishi ehtimoli yo‘q emas