Gruntning olinadigan unumdor qatlami qurilish maydonida buldozer
va avtogreyder yordamida kesilib, maxsus ajratilgan joyga ko‘chiriladi va keyin
ishlatish uchun joylashtiriladi. Ayrim payt ularni boshqa maydonlarni
ko‘klamzorlashtirish uchun olib borishadi. Unumdor qatlam bilan ishlagan
paytda uni pastki qatlam bilan aralashuvidan, ifloslanishidan, yuvilishidan va
shamolda nurashidan asrash kerak. Qish sharoitida unumdor qatlamni faqatgina
loyihada kerakli asoslanish mavjud bo‘lganda olinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |