13.1
-
jadval
Sport turi
Uzunligi, m
Eni, m
Balandligi, m
Akrobatika
36
18
6
Badminton
15
8
7
Basketbol
28
16
7
Boks (ring o‘lchamlari 6x6)
18
12
4
Og‘ir atletika
18
9
4
Tennis
36
18
8
Kurash
24
14
4
Qilichbozlik
22
14
4
Voleybol
24
15
8
Badiiy gimnastika
22
15
7
Ta’kidlash
zarurki,
sport
zalining
balandligi
turtib
chiqqan
konstruksiyalarning eng pastki qismigacha me’yorlanadi.
Sportchilar uchun yechinish-kiyinish xonalari sport zallari bilan bevosita yoki
yo‘lak orqali bog‘langan bo‘lishi zarur.
Sport zali qoshidagi yechinish-kiyinish bloki tarkibiga quyidagilar kiradi:
- kiyim almashtirish xonasi – bir sportchi uchun 2 m
2
;
211
- kiyimlarni saqlash uchun garderob – bir sportchi uchun 0,7-0,78 m
2
;
- dushxonalar – 7 ta sportchi uchun bitta dush;
- sanitariya bloklari – bir smenada shug‘ullanuvchi 30 ta ayol uchun bitta
unitaz; bir smenada shug‘ullanuvchi 50 ta erkak uchun 1 ta unitaz va 1 ta pissuar;
- tambur-shlyuz, oyoq vannasi bilan – bir smenada shug‘ullanuvchi 20
sportchi uchun 1 ta vanna, bitta vanna o‘lchamlari 1x0,85 m
2
.
Dushxonalar bevosita yechinish-kiyinish xonalari bilan, murabbiylar
dushxonalari esa – murabbiylar xonasi bilan bog‘lanishi lozim. Instruktorlar va
murabbiylar xonalari bir o‘rin uchun 2,5 m
2
hisobidanloyihashtiriladi, lekin bu
xonalarning maydoni 9 m
2
dan kam bo‘lmasligi kerak. Sport korpus tarkibida bitta
yoki bir nechta zal, yordamchi xonalar, ba’zida esa basseyn bo‘lishi mumkin.
Yopiq basseynlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
- suzish uchun hovuzlar, o‘lchamlari:
50x24x1,8-2,3 m;
25x24x1,2-1,8 m;
- yechinish-kiyinish xonasi, dushxonalari va sanitariya bloklari bilan;
- murabbiylar xonalari, dushxona va sanitariya bloklari bilan;
- texnik xonalar.
Yopiq va ochiq basseynlar hovuzlarining perimetrlari bo‘yicha kengligi 1,5-
2,0 metrdan kam bo‘lmagan yo‘lakcha ko‘zda tutilishi lozim. Bu yo‘lakchaning
tramplinlar va sakrash minoralari joylashgan erdagi kengligi, ushbu qurilmalar
o‘lchamlarini hisobga olgan holda, 4 metrdan kam bo‘lmagan qilib belgilanadi.
Basseynda shug‘ullanuvchilar uchun dushxonalar o‘tish yo‘llarida joylashtirilishi
zarur, sanitariya uzellari yechinish-kiyinish xonalari bilan bevosita bog‘lanishi va
shunday joylashtirilishi kerakki, dushxonalardan o‘tmasdan turib, hovuzlarga
o‘tish mumkin bo‘lmasligi lozim.Sun’iy muz bilan qoplangan yaxmalaklar va
konkida yugurish yo‘laklari tarkibiga muzli yuza hosil qilish uchun zarur bo‘lgan
barcha muhandislik va texnik xonalar majmuasi (freonli qurilmalari uchun
kompressor xonalari, suvni yomg‘ir kanalizatsiyasiga chiqarib tashlash kanallari va
hk.) kirishi lozim.
212
Issiqlik o‘tkazadigan materiallardan tayyorlangan quvurlar bilan yaxlit tarzda
bajarilgan sovituvchi plita konstruksiyasini hisoblashda muz holatini parvarish
qiluvchi mashinalardan tushadigan vaqtincha yuklamalar hisobga olinishi zarur.
Yopiq yaxmalaklar zallari sport zallariga qo‘yilgan talablarga to‘liq javob berishi
lozim. Ochiq yaxmalaklarda quyidagilar ko‘zda tutilishi kerak: isinish uchun
vestibyul, kiyim almashtirish kabinalari – isinish va dam olish joylari, prokat
xonalari, quritish xonalari, o‘quv sinflari, ma’muriyat xonalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |