Toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/128
Sana26.02.2022
Hajmi18,93 Mb.
#468020
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   128
Bog'liq
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash. Qodirova S. 2020

 
 
 
3.9-rasm. 
Xonadonlarda peshayvon orqali yoritiluvchi dahliz qismining tarhiy 
yechimlari. 
 
 Oshxonaning

asosiy vazifasi ovqat tayyorlash bo‘lib, u yerda qulaylik yaratilgan 
bo‘lishi kerak. Gaz va elektr jihozlaridan, muzlatgichlardan boshqa hozirgi 
jihozlardan, ya’ni yarim tayyor oziq-ovqatlardan foydalanish faqat ovqat 
tayyorlashni yengillashtiribgina qolmasdan ularni pishirishni tezlashtirishga olib 
keladi. Oshxonalar nafaqat ovqat tayyorlash, balki bu yerda ovqat yeyishga ham 
xizmat qiladigan bo‘ldi va qurilishni loyihalash amaliyotida oshxona, yemakxona 
terminining kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Bu xildagi oshxonalarga stol va stullarni 
yoki xontaxtani joylashtirish kerak bo‘lgani uchun katta bo‘lmagan oshxonaning 
maydonini kengaytirishga olib keldi.


51 
Avvalambor bu xildagi yemakxona bir xonali xonadonlarda ishlatilib, qulayligi 
sababli keyinchalik o‘rta va katta hajmdagi xonadonlarda ham ishlatila boshladi. 
Umumiy xona maxsus-yemakxonaga ega bo‘lgan xonadonlar ushbu xonalardan faqat 
dam olish va bayram kunlarida foydalanadigan bo‘ldilar. Oshxonalar katta-
kichikligidan kelib chiqib quyidagicha loyihalanadi: oshxona-taxmon, ishchi oshxona 
va oshxona-yemakxonasi bilan (3.10-rasm).
 
 
Oshxonalarni jihozlash uchun, avvalo gaz, idish-tovoqlarni yuvish uchun 
rakovina, mahsulotlarni tayyorlaydigan stol, muzlatgich, idish - tovoqlar uchun va 
quruq oziq-ovqatlar uchun shkaflar joylashtirilishi kerak.
Ma’lumki, ovqat tayyorlash uchun bekalarning juda ko‘p vaqti, kuchi ketadi. 
Shu vaqtni tejab-tergab sarf qilish uchun, albatta oshxonadagi mebel va jihozlarni 
to‘g‘ri joylashtirish kerak. Jihoz va mebellarni uch xil joylashtirish tizimi mavjud: 
bir taraflama, ikki taraflama va burchakli (3.10g-rasm).
Jihozlarni shunday joylashtirish kerakki, ularning hamma elementlari uy 
bekasiga yaqin va qulay joylashgan bo‘lishi, shu bilan birga tabiiy yorug‘likni 
to‘smasligi kerak. Shuning uchun jihozlarni deraza ro‘parasidagi devor yoniga 
joylashtirish kerak emas. Jihozlarni burchakli tarafga joylashtirish bu talabga ko‘proq
javob beradi. Jihozlarni bir taraflama burchak bo‘ylab joylashtirish ancha noqulaydir. 
Chunki, uy bekasi bu yerda ko‘proq harakat qilishiga to‘g‘ri keladi. Jihozlarni 
burchak bo‘ylab joylashtirishda ovqatlanadigan stolni qulay joylashtirish mumkin.
Jihozlarning yana ham qulay joylashishi uchun oshxonada og‘ir bo‘lmagan 
idish-tovoqlar uchun devorga osma javonlar ishlatiladi. Oshxonalarda tabiiy yoritish 
me’yoriga rioya qilish uchun deraza maydonini polga nisbatan maydoni 1/8 bo‘lakni 
tashkil etsa, undagi tabiiy yorug‘lik yaxshi hisoblanadi. Oshxonalar shimol, 
shimoliy-sharq, shimoliy-g‘arb tarafga qaratilsa yaxshi oriyentatsiya hisoblanadi. 
Oshxonalarni issiq tarafga qaratib loyihalashdan saqlanish kerak, chunki ularning o‘zi 
issiq chiqaradigan xona hisoblanadi. Oshxona pollari issiq materiallardan, ya’ni 
yog‘ochdan qilingan bo‘lib, usti linoleum va boshqa yaxshi yuviladigan, yog‘ 
shimmaydigan materiallardan qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

Download 18,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish