3.16-rasm.
Tutun yig‘ilmayligan zinapoya-lift tuguni:
a – seksiyali uylarda;
b – yo‘lakli uylarda; + − havoni haydovchi qurilmani ifodalaydi
.
Birinchi tur zinapoya tugunida tashqi muhiti orqali kirish-chiqish joyiga ega
bo‘lishi, balkonlar, lodjiyalar, ochiq o‘tish joylari, galereyalardan iborat bo‘ladi.
Ikkinchi tur zinapoya tuguni yong‘in vaqtida havoni haydovchi qurilmaga ega bo‘ladi
(3.17-rasm). Bu uylarda yashovchilar vertikal harakat uchun har doim faqat liftdan
foydalanishadi, zina esa avariya holatida foydalanish uchun mo‘ljallangan deb
hisoblanadi.
67
Birinchi tur zinapoya tugunining yong‘in vaqtida tutunga to‘lmasligi maqsadida,
uning turar-joydagi barcha kommunikatsion xonalardan to‘liq izolyatsiyasi
(himoyasi) ko‘zda tutilgan. U bevosita faqatgina tashqi muhit bilan bog‘langan
bo‘lishi kerak, birinchi qavatdagi undan chiqish esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chaga olib
chiqishi kerak, bu undan xavfsiz foydalanishni ko‘zda tutadi.
3.17-rasm.
Ko‘p qavatli uylarda foydalaniladigan zinapoyalar sxemasi:
a – balkon orqali o‘tiladigan tutun yig‘ilmaydigan zinapoya (1-tip); b - yong‘in
vaqtida havoni haydovchi qurilmasi bo‘lgan balkon orqali o‘tiladigan tutun
yig‘ilmaydigan zinapoya: 1 – yonmaydigan devor, 2 – havoni haydaydigan kanal
(2-tip), + − hajmdagi ortiqcha bosimni ifodalaydi.
To‘qqiz qavatdan yuqori bo‘lgan seksiyali uylarda, odatda, birinchi tur
zinapoya tuguni ishlatiladi, lekin ikkinchi tur zinapoya tuguni balkonga chiqishsiz,
havoni sun’iy haydash yo‘li bilan ruxsat etiladi. Yong‘in vaqtida bu evakuatsiya
tizimiga qo‘shimcha sifatida, o‘zaro balkon yoki lodjiya bilan bog‘langan u
68
seksiyadan bu seksiyaga o‘tish imkoniyati ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. Burchakli
seksiyada tashqi evakuatsion zinalarga o‘tish mumkin, ular turar-uy ko‘ndalang yon
tomonli (chetida) joylashib, beshinchi qavat sathigacha tushadi.
Liftlar
vertikal aloqaning eng oson vositasi bo‘lib, 4 qavatdan yuqori bo‘lgan
binolarga o‘rnatiladi. Liftlar kabinalari shaxta ichida, zinapoyalar bilan birga
o‘rnatiladi. Lekin lift shaxtalari alohida xonalarda ham bo‘lishi mumkin. Liftlarning
borligi bizni zinapoyalarni o‘rnatishdan ozod etmaydi, chunki zinapoyalar aholini
evakuatsiya qilishda eng ishonchli vositadir. 6 qavatdan 9 qavatgacha bo‘lgan uylarda
har bir zinapoya katagi aholi uchun lift 320 kg yuk ko‘taradigan, 9 qavatdan ortiq
binolarda esa aholi uchun 500 kg yuk ko‘taradigan qilib o‘rnatiladi
.
Xonadonlarda shovqinga qarshi, yashash xonalari bilan chegaradosh devorlarga
lift shaxtalari joylashtirilmaydi. Lift eshiklari vestibyulga va qavatdagi xollarga
ochiladi
(3.18-rasm).
Liftlarning zaruriy soni, ularning yuk ko‘tarmasi va tezligi – turar-joy qavatiga
va seksiya yoki yo‘lakning har bir qavatida joylashgan xonadonlarning umumiy
maydoni yig‘indisi bilan aniqlanuvchi lift yuklamasiga ko‘ra qabul qilinadi. Lift
eshiklari bir tomonlama yoki bir-biriga qarama-qarshi joylashishi kerak. Lift oldidagi
bo‘sh joy o‘lchami lift yuk ko‘tarmasi va liftning joylashishiga bog‘liq. Lift oldidagi
maydoncha kengligi 120 sm dan kam emas (yuk ko‘tarmasi 400-320 kg bo‘lgan
liftlar uchun) va 160-210 sm (yuk ko‘tarmasi 630-500 kg bo‘lgan liftlar uchun)
bo‘lishi kerak.
Chiqindi o‘tkazgichlar
besh qavatdan ortiq bo‘lgan turar uy - joylarda o‘rnatiladi
va chiqindi mahsulotlarini uydan yo‘qotishga xizmat qiladi. Har bir xonadon uchun
chiqindi o‘tkazgich o‘rnatish tavsiya etilmaydi, chunki bu ularning sonini
ko‘payishiga va badbo‘y hid tarqalishiga olib keladi. Chiqindi o‘tkazgichlar
ko‘pincha zinapoya tugunining zinapoyalar oralig‘idagi maydonchaga o‘rnatiladi.
69
Do'stlaringiz bilan baham: |