Toshkent arxitektura qurilish instituti


 Liftsiz uylarning tarhiy elementlari



Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/128
Sana26.02.2022
Hajmi18,93 Mb.
#468020
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   128
Bog'liq
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash. Qodirova S. 2020

 
3.4. Liftsiz uylarning tarhiy elementlari
 
Umumiy foydalaniladigan yo‘laklar. 
Yo‘lakli tarhiy tuzilmaga ega bo‘lgan 
Turar-joy binolari kam xonali xonadonlarda qo‘llaniladi. Bu tuzilmadagi uylar 
iqtisodiy tomondan tejamli hisoblanib, zinapoyalar sonini kamayishiga olib keladi. 
Yo‘lakning kengligi 1,4 metrdan kam bo‘lmasligi, kirish eshigidan esa eng uzoq 
joylashgan xonadonning uzoqlik masofasi zinapoya lift tugunidan 25 metrdan 
oshmasligi, bu esa eng uzun yo‘lakli uy - joy blokining uzunligi 50 metrdan 
oshmasligiga olib keladi. 
Yo‘laklarni yon tarafga joylashgan darchalar orqali tabiiy yorug‘lik bilan 
yoritish kerak. Yo‘laklarning uzunligi kichikroq bo‘lsa, ular zinapoya, lift tuguni 
orqali yoritilishi mumkin. Albatta yo‘lakni tabiiy shamollatish kerak, eng yaxshi 
shamollatishga yon tomonga ochiladigan derazalarni o‘rnatish orqali erishish 
mumkin. Umumiy foydalaniladigan yo‘laklarning pollari yengil yuviladigan va 
bo‘yoqlari o‘chmaydigan bo‘lishi kerak. Bu talabga keramik plitkalar qoniqarli javob 
bera oladilar. Umumiy bo‘lgan yo‘laklarga ham xuddi zinapoyalar tuguniga 
qo‘yiladigan talablar qo‘yiladi, ya’ni yer qimirlashiga qarshi talablar, yong‘inga 
qarshi talablar, shuning uchun ularni yonmaydigan materiallardan qurish va ular tutun 
to‘plamaydigan, yer qimirlashiga chidamli bo‘lib, ular aholini qiyin, ekstremal 
holatlarda tez uydan chiqib ketishlariga (evakuatsiyaga) xizmat qilishi kerak. 
 
Galereyalar. 
Ular ham yo‘laklarga o‘xshab xonadon va zinapoya, lift tugunining 
orasida aloqa xizmatini o‘taydi. Ular janubiy tabiiy iqlimiy hududdagi turar-joylarda 
qo‘llaniladi.


59 
Galereyali tuzilmalarda ham xuddi yo‘lakli tuzilmalarga o‘xshab zinapoya 
tugunining soni kamroq bo‘ladi, lekin yo‘lakli tuzilmadan farqi shuki, bu yerda har 
bir xonadonning derazalarini har ikki tomonga qarama – qarshi joylashtirish 
imkoniyati borligi tufayli yaxshi tabiiy shamollatish (yyelvizakli) imkoniyatiga ega. 
Galereyali uylarga ham xuddi yo‘lakli uylarga o‘xshash talablar qo‘yiladi (ya’ni, 
ularning kengligi 1,4 metrdan kam bo‘lmasligi, kirish eshigidan eng uzoq joylashgan 
xonadonning masofasi 25 metrdan oshib ketmasligi kerak). Galereyalar yer 
qimirlashiga chidamli yonmaydigan qurilmalardan va temir beton, balandligi 1,2 
metrdan kam bo‘lmagan temir to’siqlar bilan to‘silishi kerak. 
Xonadon ichiga joylashtirilgan zinapoyalar. 
Bunday zinapoyalar ikki qavatli 
xonadonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning kengligi 0.9 metrdan kam 
bo‘lmasligi kerak. Og‘ish burchagi esa 1:1,75 dan 1:1,5 zina sathlari esa 28x16 
santimetrdan 27x17 santimetrgacha bo‘ladi. Bu xil zinapoyalarda burchakdagi 
aylanali zinapoyalar ham ishlatiladi, lekin bular mebel va boshqa jihozlarni olib 
chiqishda, bolalar va qariyalarning chiqib tushishida noqulaylik tug‘diradi. 
Zinapoyaarni dahliz, yo‘laklarda yoki umumiy xonada joylashtirish mumkin. 
Zinapoya umumiy xonaga joylashtirilgan bo‘lsa, u xona ichini estetik boyitishga 
yordam beradi, ammo umumiy xonani yurib o‘tadigan xonaga aylantirib ancha 
noqulaylik tug‘dirish mumkin. Zinapoyalarni yotoqxona yoki oshxonaga joylashtirish
man etiladi. Xonadon ichidagi zinapoyalarning parametrlari quyidagi formula 
bo‘yicha hisoblanadi: 
2h+a=60-64sm, 
bu yerda, a-qadam oralig‘i o‘lchami; h-zina pog‘onasi balandligining o‘lchami; 60-
64sm-odam o‘rtacha qadamining o‘lchami (3.14-rasm). 
Zinapoya marshlari bo‘yicha chiqib turuvchi konstruksiyaning pastki 
qismigacha bo‘lgan masofa 2m dan kam bo‘lmasligi kerak. 


60 

Download 18,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish