Toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/128
Sana01.01.2022
Hajmi3,53 Mb.
#291462
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   128
Bog'liq
jjj

 
3.20
 
– rasm. Amerikada faoliyat olib boruvchi qurilish firmalarining tashkiliy tuzilmasi. 
Shartli belgilashlar
:  
* – Maydonchada;
 Funksional bog‘lanishlar; 
 Bo‘ysunish boyicha bog‘lanishlari. 


122 
 
Apparat  (
shtab
)  vazifasi  –  qurilishda  menejerlarning  muvafaqqiyatli 
ko‘rinishda ish bajarishlari uchun barcha shart – sharoitlarni yaratishdan tashkil 
topadi.  Bu  ko‘rinishdagi  tuzilish  nisbatan  katta  kompaniyalar  uchun  xos 
xususiyat.  Kichikroq  kompaniyalarda  nisbatan  oddiy  va  kamroq  qiymatga  ega 
bo‘lgan tuzilmalardan foydalaniladi.  
Bosh  direktor,
  asosan  faoliyatning  strategiya  va  firmani  rivojlantirish 
masalalarini  hal  qilib,  birinchi  navbatda  buyurtmalarning  ta’minlanishi 
masalasiga  e’tibor  qaratadi.  Unga  bevosita  bosh  menejer,  bosh  muhandis, 
ma’muriy  menejer,  shuningdek  ijtimoiy  aloqalar  va  huquqiy  xizmatlar 
bo‘limlari bo‘ysunishi belgilanadi.  
Bosh  menejer
  (Rossiya  qurilish  amaliyotida  ishlab  chiqarish  bo‘yicha 
boshqaruvchi o‘rinbosari va bosh muhandis kabi) ishlab chiqarishga boshchilik 
qiladi.  Unga  bir  nechta  Loyiha  menejerlari  bo‘ysunib,  ularning  har  birida  bir 
yoki  bir  nechtadan  ob’yekt  bo‘lishi  mumkin.  Ular  ishlarni  rejalashtirishga 
tegishli  barcha  muhim  masalalarni,  pudratchilar  va  yetkazib  beruvchilarni 
tanlash,  belgilangan  muddatlarning  bajarilishi  va  byudjetni  nazorat  qilish  kabi 
masalalarni hal qiladi. Kompaniyaning barcha funksional xizmatlari ular uchun 
ish bajaradi.  
Bosh  muhandisga
  bo‘ysunadigan  xizmatning  vazifasi  –  subshartnoma 
tuzuvchilar  (pudratchilar  va  yetkazib  beruvchilar)  uchun  haq  to‘lanishi  smeta 
qiymatlarini  tuzib  chiqish  va  unga  amal  qilinishini  nazorat  qilishdan  tashkil 
topadi.  
Ma’muriy  menejment    hisobxona  (jumladan,  barcha  o‘z  firmalari 
ishchilari  uchun  oylik  ish  haqini  hisoblash),  sotib  olishlar  va  moliyalashtirish 
bo‘limiga  rahbarlik  qiladi,  shuningdek    hujjatlashtirish  bilan  bog‘liq  barcha 
texnik  ishlarni (olish, hisobga olib, ko‘paytirish, jo‘natish va h.k.) ta’minlaydi. 
Mehnat munosabatlari bo‘limi
 federal va mahalliy miqyosda joriy mehnat 
qonunchiligiga  amal  qilinishi  uchun  javobgar.  U  mahalliy  (
locals
)  kasaba 


123 
 
uyushmalari bilan shartnoma bitimini tuzadi, ya’ni shu kasaba uyushma a’zolari 
ishga  jalb  qilingan  subpudratchi  firmalarda  faoliyat  olib  boradilar.  Bu 
ko‘rinishdagi  ishlar  kasaba  uyushmalari  qamrab  olmagan  ishchilardan 
foydalanadigan  subpudratchilar bilan ham amalga oshirilib, biroq bunda rasmiy 
kelishuv  imzolanadi. Ular tomonidan bajariladigan ishlar ro‘yxatda 
kam sonli
 
aholi  qatlamlari  (afrioka  –  amerikaliklar,  ispan  tilida  so‘zlashuvchilar  va 
boshqalar) o‘zaro munosabatlarida siyosiy jihatlarga e’tibor alohida o‘rin tutadi. 
Federal    hukumat,  mahalliy  boshqaruv  organlari  va  kasaba  uyushmalari  ishga 
yollanadigan,  shuningdek  kam  sonlilarga  mansub  ishchi  –  xodimlarga  ega 
bo‘lgan  subpudratchilar  va  yetkazib  beruvchi  firmalar  orasida  har  bir  toyfani 
shunday  aholi  qatlamiga  mansub  ishchilar  bo‘yicha  imtiyozlar  (
kvota

berishning qat’iy shartlarini belgilaydi. Bir vaqtning o‘zida, ushbu yo‘nalishda 
kuchaytirish  uchun  rag‘batlantirish  mexanizmlaridan  foydalaniladi.  Bu  bo‘lim 
texnika  havfsizligi  ishlarini,  ishchi  –  xodimlar  malakasini  oshirish  va  boshqa 
ishlarni yuritadi. Bu ko‘rinishdagi xizmatlar «
shiori
» – mehnat munosabatlarida 
ziddiyatsiz  vaziyatni  ta’minlash  hisoblanadi.  Shuningdek,  bu  bo‘lim  alohida 
shaxobcha  bo‘linmalar  mavjud bo‘lmagan  firmalarda o‘z  ishchi – xodimlariga 
nisbatan munosabatlar bo‘yicha kadrlar xizmati funksiyasini bajaradi.  
Ijtimoiy  aloqalar  va  sotish  bo‘limi 
o‘z  kompaniyasining  jalb  qiluvchi 
ramzi, suvrati, o‘ziga xos belgi va xususiyatlarini (
imidj
) yaratish va uni qo‘llab 
– quvvatlash bilan bog‘liq faoliyat olib boradi. Buning uchun bo‘lim tomonidan 
seminarlar  tashkil  qilinadi  va  firma  nufuzini  belgilab  beruvchi  barcha  chora  – 
tadbirlarda  ishtirok  etiladi  (jumladan,  saylov  kompaniyalarida,  xayriya 
tadbirlarida va boshqa ommaviy tadbirlarda qatnashish e’tiborga olinadi). 
Umumiy  holda,  natijasi  yangi  buyurtmalar  (sotishdan)  iborat  bo‘lgan 
marketing faoliyatini yuritadi.  
Joylarda  boshqaruvchi  (lineynыe  rukovoditeli-ITR  rabotniki  –  eto 
rukovoditeli  na  mestax,  na  linii)  ishchi  –  xodimlar 
bosh  moddiy 


124 
 
ta’minotchilardan (
superintendant
) (prorab yoki uchastka boshlig‘iga o‘xshash) 
tashkil  topgan  bo‘lib,  bu  tarkib  bir  yoki  bir  necha  superintendant  yoki 
supervayzer  (ya’ni, usta, ish boshqaruvchi)lardan iborat bo‘lishi mumkin. Unga 
loyiha muhandisi va ma’muriy  menejer biriktirilib, ular joylarda boshqaruvchi 
xodim  qo‘l  ostida  ish  olib  boradi  va  o‘z  xizmatlari  kesimi  bo‘yicha  xizmatlar 
ko‘rsatilishini ta’minlaydilar. 
Ko‘rib  chiqilgan  sxema  o‘z  tuzilmasi,  shuningdek,  tegishli  lavozimdagi 
shaxslar bo‘yicha ham namunaviy tavsifga ega hisoblanmaydi. Amaliy jihatdan 
har  bir  qurilish  firmasi    o‘z    tashkiliy  tuzilmasini  mustaqil  belgilaydi, 
lavozimlarga  oid  vazifalariga  aniqlik  kiritadi,  ular  joriy  vazifalarini  anglab 
yetishi  va  o‘zlari  bilan  bog‘liq  qaror  –  yechimlarni  hech  qanday 
chegaralanishlarsiz qabul qilishni ta‘kidlovchi reglament ishlab chiqiladi.  
Yuqorida  sanab  o‘tilgan  boshqaruv  uslublarining  har  biri  o‘ziga  xos 
afzallik  va  kamchiliklarga  ega.  Amaliyotda  ularning  barchasi  ma’lum 
moslashuvchanlik  xususiyatiga  ega  bo‘lib,  amalda  mavjud  vazifalarga 
moslashishi qayd qilinadi. Shu sababli ma’lum aniq uslubning foydalanish o‘ta 
o‘ta aniq belgilash qiyin masala. Ushbu uslublar birlashtirilishi yangi tashkiliy 
tuzilmalarni  yuzaga  keltirib,  bu  konfiguratsiyalar  berilgan  vaziyatda  yuqorida 
sanab o‘tilgan muayyan uslublarga nisbatan eng yaxshi uslub bo‘lishi mumkin. 

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish