Toshkent arxitektura qurilish instituti


Bozor  iqtisodiyotining  marketing  konsepsiyasi



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/128
Sana01.01.2022
Hajmi3,53 Mb.
#291462
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   128
Bog'liq
jjj

Bozor  iqtisodiyotining  marketing  konsepsiyasi
.  Marketing  (
market 
– 
bozor
)  –  sotib  oluvchi  yoki  iste’molchi  talablariga  muvofiq  tovar  va 
xizmatlarning  ishlab  chiqarilishiga  yo‘naltirilgan  bozor  konseptsiyasi 
hisoblanadi.  Marketing  faoliyati  iste’molchilarning  talablarini  sinchiklab 
o‘rganib  chiqish,  ishlab  chiqarilishi  belgilangan  tovarlarga  qo‘yiladigan 
talablarning  ishlab  chiqilishi  va  sotishga  turtki  berish  maqsadida  axborotlar 


41 
 
berilishi va boshqa majmuaviy ko‘rinishdagi chora – tadbirlar (reklama, kredit) 
o‘tkazishdan tashkil topadi.  
Qurilish  tashkilotining  (QT)  marketing  xizmati  o‘zining  ish  faoliyati 
jarayonida quyidagilarni amalga oshiradi: 

 
umumiy  holdagi  qurilish  bozorini  o‘rganib  chiqadi,  potensial 
buyurtmachilar guruhlari va boshqa iste’molchilarni o‘rganadi; 

 
potensial buyurtmachilar bilan aloqalarni aniqlaydi va ularni o‘rnatadi; 

 
ishlab  chiqarish  ishlari  uchun  zarur  hisoblangan  moddiy  resurslarni 
yetkazib beruvchilarga aniqlik kiritadi; 

 
reklama  qilish  yo‘li  bilan  ishlab  chiqarilgan  tayyor  mahsulotga  (uy, 
xonadonlar,  bino  va  sanoat  miqyosida  foydalanish  yoki  boshqa  maqsadlarga 
mo‘ljallangan inshootlar) mavjud talabga turtki beradi. 
Reklama faoliyatini amalga oshirish – bu marketing xizmatining nisbatan 
murakkab tavsifli vazifalaridan biri bo‘lib, bu turdagi faoliyat ommaviy axborot 
vositalari  (OAV)  (nashrlar,  televidenie,  radio,  shahar  hududida  joriy  qilingan 
reklama  xizmati),  shuningdek  turli  professional  tavsifga  ega  bo‘lgan  va 
ommaviy  chora  –  tadbirlar  (ko‘rgazma  va  namoyish  qilishlar,  simpoziumlar, 
anjumanlar va boshqalar) o‘tkazish imkoniyatlaridan keng ko‘lamda foydalanib, 
iste’molchilar talabini shakllantirish va uning darajasini oshirishga yo‘naltiriladi. 
Reklama qurilish firmasining nufuzi yuqoriligiga va u taklif qilayotgan tayyor 
mahsulot, ya’ni qurib bitkazilgan, qurilayotgan yoki qurilishi taklif qilinayotgan 
xonadonlar,  uylar,  fuqarolik  va  sanoat  bino  va  inshootlari  munosibligiga 
iste’molchi ishonch hosil qilish, qanday xulosa chiqarish talab qilinadi.  
Axborot berish imkoniyatlaridan tashqari, talab darajasini oshirish uchun 
turli boshqa qurollardan ham foydalanib, masalan, qurilish boshlangunga qadar 
turar-joylar  uchun  boshlang‘ich  to‘lov  qiymatini  kamaytirish  kabilardan 
foydalanish  mumkin.  Bu  ko‘rinishdagi  tarkibga  qaytarish  muddatlari 
uzaytirilgan  kreditlar  berilishini  tashkil  qilish,  to‘lovlar  amalga  oshirilish 
muddatlarini  uzaytirish,  sotuv  narxlariga  chegirmalar  belgilash,  ma’lum  vaqt 


42 
 
davomida foizsiz kreditlar berish yoki katta bo‘lmagan foiz evaziga beriladigan 
kreditlarni  kiritish  mumkin.  Shuningdek,  turar  joy  sotish  sohasida  talab 
darajasini  oshirishning  boshqa  usullari–bo‘lajak  mulk  egasi  talabi  bo‘yicha 
pardozlash  va  jihozlash  amalga  oshirilishi,  sotilgandan  keyin  ko‘rsatiladigan 
xizmatlar, turar joy majmuasining foydalanish davri davomida kafolatlanishi va 
shu kabilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.  
Marketing  ishlarining  bir  qismi  sifatida  nazorat  va  tahlilni  amalga 
oshirish,  jumladan  sotuv  ishlarini  va  to‘xtalishlarni  hisobga  olish,  ularni 
qiyoslash,  xulosalar  chiqarish  va  kelgusida  mo‘ljallangan  ishlar  uchun 
ko‘rsatmalar ishlab chiqish kabilar belgilanadi.  

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish