Toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/128
Sana01.01.2022
Hajmi3,53 Mb.
#291462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   128
Bog'liq
jjj

Gosstroy
) tugatilgan va trestlar sohaga tegishli Xalq qo‘mitalariga (
Narkomat
), 
ya’ni  Vazirliklarga  bo‘ysindirilgan.  Ushbu  ko‘rinishda,  qurilishda  sohaga  oid 
ixtisoslashtirish asoslariga poydevor qo‘yilgan. 
Biroq,  idoralarga  oid  tarqoqlik  mamlakatda  yagona  texnik  siyosatni 
yuritishga halaqit bera boshlagan. 
Qayta  tiklash  davri  tugallanishi  bilan,  loyihalash  yechimlari 
takomillashtirilgan,  yangi  qurilishlarning  ustunlik  qilish  davriga  o‘tilgan,  bu 
davrda  ishlarni  olib  borish  uslublari  ham  o‘zgargan.  Jumladan,  monolit 
temirbeton  konstruksiyalardan  foydalanish  kengaygan  va  beton  qorishmalarini 
tayyorlashni  mexanizatsiyalashtirish  rivojlantirilgan.  Hali  xorijiy  ishlab 
chiqaruvchilardan sotib olinish hisobiga bo‘lsada, qurilish trestlari ekskvatorlar, 
skreper (tuproq tashuvchi va yer tekislovchi mashina), harakatlanuvchi ko‘tarish 
qurilmalari (
kran
) va boshqa turdagi mexanizmlar bilan ta’minlangan. Qurilish 
maydonlarida  ustachilik  –  duradgorlik,  temirchilik  –  armatura  (
po‘lat  chiviq

bilan  ish olib boruvchi ustaxonalar  bunyod  etila boshlangan. Bu davrga  kelib, 
xususiy pudratchilik o‘rnini davlat tashkilotlari egallagan. 


11 
 
1927-yilda  qurilish  bo‘yicha  qo‘mita  tashkil  qilingan  bo‘lib,  bu  qo‘mita 
tomonidan  qurilish  rejalarini  tasdiqlash  va  umumiy  boshqarish  masalalarini 
yechish amalga oshirilgan.  
Birinchi  besh  yillikda  (1928-1932  yillar)  qurilishda  ulkan  yuksalishlar 
ro‘y bergan – jumladan, qurilishga sarmoya sarflash miqdori bir necha martaga 
ortgan. DneproGES, Stalingrad traktor zavodi, Gorkiy avtomobil zavodi (GAZ) 
va  (Lixachev  nomli  zavod  (ZIL),  Magnitogorsk  va  Chelyabinsk  metallurgiya 
kombinatlari  kabi  ko‘plab  industriya  gigantlari  aynan  ushbu  davrda  qurilgan. 
Qurilish  dasturlarining  muvafaqqiyatli  bajarilishi  natijasida  mamlakat  qishloq 
xo‘jaligiga  ixtisoslashgan  (
agrar
)  mamlakatdan  industrial  (ishlab  chiqarishga 
yo‘naltirilgan)  mamlakatga  aylantirilgan.  Qurilishning  rivojlantirilishining 
asosiy  yo‘nalishlari  –  bu  ishlarni  pudratchilik  asosida  olib  borishga  o‘tish, 
qurilishning mexanizatsiyalashtirilishi va loyihalashda namunaviy yechimlardan 
keng foydalanish amalga oshirilgan. Besh yillikning oxiriga kelib, mamlakatda 
uch yuzdan ortiq qurilish trestlari ish olib borishi qayd qilinadi.  
Ikkinchi  besh  yillik  davomida  (1933-1937  yillar)  qurilishga  sarmoya 
(
kapital
)  sarflash  hajmi  birinchi  besh  yillikka  nisbatan  qariyb  ikki  martagacha 
o‘sgan,  4500  ta  korxona  qurilishi  boshlangan,  jumladan  yirik  issiqlik  elektr 
stansiyalari,  GES,  Novolipetsk  metallurgiya  zavodi  va  Ural  og‘ir  turdagi 
mashinalar ishlab chiqarish zavodi va boshqa sanoat ishlab chiqarishning ulkan 
korxonalari qurilishi amalga oshirilgan.  
1930  yillarning  birinchi  yarmiga  qadar  qurilishda 
xo‘jalik  uslubi
 
ustuvorlik  qilishi  kuzatilgan.  Qurilishni  boshqarish  qurilajak  yoki  qayta 
quriluvchi  zavod  va  fabrikalar  ma’muriyati  tomonidan  ya’ni  xo‘jalik  uslubida 
amalga  oshirilgan.  Qurilish  ishlari  tugallanganidan  keyin,  ayrim  holatlarda 
qurilish rahbariyati ular tomonidan qurilgan korxonalarda ishlab qolishlari qayd 
qilingan.  Bu  ko‘rinishdagi  tizim  qurilishda  doimiy  tarkibdagi  kadrlarning 
shakllantirilishiga to‘sqinlik qilgan, shuningdek tajribaning to‘planib borishi va 


12 
 
tizimga  solinishi,  sohaga  oid  moddiy  –  texnik  bazaning  yaratilishiga  zid 
hisoblangan.  Qurilish  ishlari  amalga  oshirilgan  yillar  davomida  ko‘plab 
qurilishga  oid  kasblarni  o‘zlashtirgan  ishchilar  bir  vaqtning  o‘zida  o‘zlarining 
zavodda  ish  faoliyatlarini  davom  ettirishlari  uchun  qayta  tayyorlanishga 
ulgurishmagan. Natijada esa, qurib bitkazilgan zavod yana uzoq yillar davomida 
o‘zlashtirilish davrini bosib o‘tishiga to‘g‘ri kelgan. Shunday qilib, qurilish va 
sanoat ishlab chiqarish manfaatlari zarar ko‘rishi qayd qilingan. 
Qurilishda 

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish