Toshkent arxitektura qurilish instituti raximov shavkat turdimurodovich beton va temir-beton texnologiyasi



Download 3,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/101
Sana15.01.2022
Hajmi3,97 Mb.
#366114
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   101
Bog'liq
TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI

 
Nazorat uchun savollar: 
1.
 
Qurilish qorishmasi deb nimaga aytiladi? 
2.
 
Qurilish qorishmalarining qanday turlari mavjud?  
3.
 
Qo‗llanilishiga ko‗ra qorishmalar nechta turga bo‗linadi? 
4.
 
Betonning qanday turlarini bilasiz? 
5.
 
Qorishma tarkibida to‗ldiruvchilar necha foizni tashkil etadi? 
 
1.3. Qurilish qorishmalari. Me'yoriy xujjatlar. Qo„llanilishi bo„yicha 
qorishmalar turi 
Ushbu  bandda  qurilish  qorishmalari  uchun  ishlatiladigan  xomashyo 
materiallar  tavsifi  va  me'yoriy  hujjatlar  keltirilgan.  Ishlatilgan  xomashyo 
materiallar quyidagi usullar yordamida tadqiq etiladi: 
- kul va mis eritish toshqolining xossalari GOST 10538.0-72, GOST 25818-
91 talabi  bo‗yicha aniqlanadi; 
-  dispers  materiallarning  solishtirma  yuzasi  PSX-4  uskunasida  havo 
o‗tkazuvchanlik usuli bilan aniqlanadi; 
-  inert  to‗ldiruvchilar-daryo  yoki  tog‗  jinslarini  maydalashda  olinadigan 
qumning  xossalari  GOST  8736-2014.  «Qurilish  ishlari  uchun  qum.  Texnik 
shartlar» bo‗yicha aniqlanadi; 
-portlandsement GOST 10178-85 «Portlandsement va shlakoportlandsement. 
Texnik shartlar» va GOST 310.1-76, 310.3-76,                310.4-76  «Sementlar. 
Tadqiq etish usullari» talablarida keltirilgan usullar yordamida tadqiq etiladi; 
-qorishmalarning  harakatchanligi  GOST  5802-96.  «Qurilish  qorishmalari. 
Sinash  usullari»    orqali  aniqlanadi.  Mayda  donadorli  to‗lg‗azuvchi 
qorishmalarning harakatchanligini aniqlash uchun massasi 300 g, konus balandligi 
145  mm,  asos  diametri  75  mm  va  yuqori  burchagi  30

teng bo‗lgan  StroyTSNIL 
strandart metall konusidan foydalaniladi. 


24 
 
Qotgan  qorishmalarning  xossalarini  sinash  ishlari  o‗lchami  7,07x7,07x7,07 
sm  bo‗lgan  kub  namunalar  va  o‗lchami  4,0x4,0x16,0  sm  bo‗lgan  to‗sincha 
namunalarda  bajariladi.  Qorishma  qoliplarga  zichlanmasdan  quyiladi.  Tajriba 
namunalarning  qotish  jarayoni  20 
0
S  haroratda,  nisbiy  namligi  95  %  bo‗lgan 
gidravlik yopqichli vannada 7, 28, 60, 90 va 180 sutka davomida amalga oshiriladi. 
Namunalar  sinov  ishlaridan  oldin  ko‗zdan  kechiriladi,  chiziqli  o‗lchamlari 
o‗lchanadi, tarozida tortiladi va ularning zichligi aniqlanadi.  
Qorishma  asosida  tayyorlangan  namunalardan  uchtadan  olinib,  ularning 
egilishga  bo‗lgan  mustaxkamligi  MII-100  asbobida,  qolgan  oltita  yarimtalik 
namunalarning    siqilishga    bo‗lgan  mustahkamlik  chegarasi  10  tonnalik  PSU-10 
gidravlik pressida sinab aniqlanadi va o‗rtacha arifmetik qiymati olinadi. 
Qumli  qorishma  sement,  qum,  suv  va  turli  xil  qo‗shimchalar  asosida 
qorishtirib  tayyorlanadi.  Qurilish  qorishmalari  suvoqchilikda,  tosh,  g‗isht,  bloklar 
va  boshqalardan  devorlar  qurishda,  devorbop  bloklar,  plitalar  tayyorlashda  keng 
ishlatiladi. Bunda to‗ldiruvchilar yirikligi 5 mm dan ortmasligi lozim bo‗ladi.   
 Qurilishda zichligiga ko‗ra oddiy-zichligi 1500 kg/m
3
 dan katta va yengil - 
zichligi  1500  kg/m
3
  dan  kichik  bo‗lgan  qurilish  qorishmalari  ishlab  chiqariladi. 
Oddiy  qorishmalar  uchun  to‗ldiruvchi  chifatida  zichligi  (1500  kg/m
3
)  dan  katta 
bo‗lgan  daryo  toshlaridan  maydalab  olingan  qumlar,  yengil  qorishmalar  uchun 
g‗ovak to‗ldiruvchi qumi (keramzit, agloporit) qo‗llaniladi. 
Qorishmalarning  plastikligini  oshirishda  plastifikator  qo‗shimchalarning 
ahamiyati katta bo‗lib, g‗rvak asosga (g‗isht, yengil beton) yupqa qorishma bilan 
g‗isht  terganda  yoki  suvoq  qilganda  u  o‗zidagi  suvni  saqlagan  holda  qotishini 
ta'minlamasa  asos  suvni  tezda  o‗ziga  singdiradi  va  qorishmaning  mustahkamligi 
keskin  kamayadi.  Qorishmaning  suv  plastikligini  ta'minlashda  noorganik  va 
organik  qo‗shimchalar  ishlatiladi.  Suv  va  namni  o‗zida  saqlab  turadigan 
qo‗shimchalar (ohak, kul, gil, diatomit, tuyilgan toshqol va boshqa) qorishmaning 
plastikligini  oshiradi.  Bunday  qo‗shimchalar  organik  aralashmalar,  qotgan 


25 
 
qorishma yuzasida oq dog‗lar hosil qiluvchi tez eruvchan tuzlar bo‗lmasligi kerak. 
Gil qorishmaga suvli quyqa holatida qo‗shiladi.  
Qurilish qorishmalariga sirti faol plastiklovchi va havoni o‗ziga singdiruvchi 
organik  qo‗shimchlardan  Poliplast  SP-1,  Poliplast  SP-1  VP,  Poliplast  SP  2  VU, 
Poliplast  SP-3,  LINAMIKS  P-120,  Poliplast  Retard,  Relamiks,  Poliplast-R 
supperplastifikatorlar qo‗shiladi.  Bunday qo‗shimchalarning afzalligi, ular qurilish 
qorishmasining  harauatchanligini,  mustahkamligini  va    sovuqqa  chidamliligini 
oshiradi, suvshimuvchanligi va kirishishini kamaytiradi, sement sarfini tejaydi. 
Qorishmalarning asosiy xossalari 
 
Qurilish  qorishmasining  harakatchanligi  xossasi  uni  ishlatish  uchun  qulay 
bo‗lishligini  tahminlashi  kerak  bo‗ladi.  Tayyorlangan  qorishmaga  standart 
konusning qanday chuqurlikka botishiga qarab, uning harakatchanlik ko‗rsatkichi 
aniqlanadi. Standart konusning uchidagi burchagi 30
° 
bo‗lib, og‗irligi 300 grammni 
tashkil etadi. Konuning uchi qorishma sirtiga tekkizilgan holda erkin cho‗ktiriladi 
(1.3-rasm) va mil uning necha santimetrga botganligini ko‗rsatadi. 
 

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish