Toshkent arxitektura-qurilish instituti rahimov qodir ergashevich kommunal infratuzilma


Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/55
Sana20.07.2022
Hajmi1,62 Mb.
#828244
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55
Bog'liq
fayl 1721 20210831

Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal 


37 
soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi masalalari kompleksi 
tarkibiga kiradi
10

O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi uy-
joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va 
o’z faoliyati yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot 
beradi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uy-joy kommunal xizmat 
ko’rsatish sohasiga oid qarorlar chiqarish va ularning ijrosini nazorat qilish orqali 
soha boshqaruvida ishtirok etadi.
O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi 
tarkibiga: 
- Qoraqalpog’iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish 
vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish boshqarmalari, Toshkent 
shahar Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish bosh boshqarmasi hamda ularning 
tumanlar (shaharlar)dagi bo’limlari; 
- O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi 
huzurida Ko’p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish 
inspektsiyasi 
(«Uyjoyfondinspektsiyasi») hamda uning Qoraqalpog’iston 
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy inspektsiyalari; 
- «Ko’p xonadonli uylar, issiqlik ta`minoti obyektlari qurilishi bo’yicha 
injiniring kompaniyasi» davlat unitar korxonasi (DUK) va uning hududiy filiallari; 
- «Ta`mirlash-tiklash xizmati» davlat unitar korxonalari va boshqalar. 
O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi 
Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasida vakolatli davlat organi bo’lib, 
o’z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro 
etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, xo’jalik yurituvchi subyektlar va 
fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir. 
10
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 18 апрелдаги “Ўзбекистон Республикаси уй-жой 
коммунал хизмат кўрсатиш вазирлиги фаолиятини ташкил этиш тўғрисида”ги ПҚ-2900-сон қарори. // 
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 17-сон, 291-модда.


38 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish 
vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish boshqarmalari, Toshkent 
shahar Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish bosh boshqarmasi tegishli ravishda 
O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligiga, 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimliklariga hisobot beradilar. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vaziri 
O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vaziri bilan 
kelishilgan holda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi tomonidan 
lavozimga tayinlanadi va undan ozod etiladi. 
Viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish boshqarmalarining va 
Toshkent shahri Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish bosh boshqarmasining 
boshliqlari tegishli ravishda viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining 
taqdimnomasiga binoan O’zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat 
ko’rsatish vazirining buyrug’i bilan lavozimga tayinlanadilar va undan ozod 
qilinadilar. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vaziri, 
viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish boshqarmalarining va Toshkent 
shahri uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish bosh boshqarmasining boshliqlari o’z 
maqomiga ko’ra tegishli ravishda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi raisining o’rinbosariga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining 
o’rinbosarlariga tenglashtiriladilar. 
O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 iyundagi 
“O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi, ko’p 
xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi hamda 
«Kommunxizmat» agentligi to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 340-son 
qarorining 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Uy-joy 
kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi to’g’risida Nizom” asosida faoliyat yuritadi. 


39 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish