Barcha fotometrik o’lchashlar mutlaqo bir xil sharoitlarda o’tkaziladi: zaruriy reagentlar tekshiriluvchi eritmaga ham, taqqoslash eritmasiga ham qo’shiladi va pH, temperatura hamda eritmalar hajmi tenglashtirib turiladi. Moddalarning turli materiallarida qo’shimcha tarzida bo’ladigan g’oyat oz miqdorlarini («asarini») aniqlash hollari anlitik praktikada tez – tez uchrab turadi. Masalan, texnik toza metallarda bo’ladigan qo’shimchalarning miqdori protsentning minglab bir ulushlari bilan o’lchanadi; reaktiv sulfat kislotada qo’shimcha tarzida bo’ladigan temir yoki xlorning miqdori protsentning o’n mingdan bir ulushlaridan ortiq bo’lmasligi kerak va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |