Moddalarning turli materiallarida qo’shimcha tarzida bo’ladigan g’oyat oz miqdorlarini («asarini») aniqlash hollari anlitik praktikada tez – tez uchrab turadi. Masalan, texnik toza metallarda bo’ladigan qo’shimchalarning miqdori protsentning minglab bir ulushlari bilan o’lchanadi; reaktiv sulfat kislotada qo’shimcha tarzida bo’ladigan temir yoki xlorning miqdori protsentning o’n mingdan bir ulushlaridan ortiq bo’lmasligi kerak va hokazo. Elementlarning shu qadar oz miqdorlarini tortma va hajmiy analizning odatdagi metodlari bilan amalda aniqlash mumkin emas, chunki ularning eritmadagi kontsentratsiyalari yetarli darajada bo’lishi uchun tegishli moddalardan analizga juda ko’p miqdorda tortib olish kerak bo’ladi. Bunday hollarda analizning maxsus metodlaridan foydalaniladi; anna shu metodlardan biri kolorimetriya metodidir
Do'stlaringiz bilan baham: |