Solishtirish usulining ikkinchi varianti nurning intensivligi va elementning kontsenratsiyasi orasida proportsional bog’lanish bo’lmay, balki kontsentratsiyaning katta intervalidagi, kontrol eritmadagi aniqlanadigan element kontsentratsiyasini o’z ichiga oladigan faqat chiziqli bog’lanish bo’lgandagina qo’llaniladi. Bu variantda ikkita standart eritma tayyorlanadi. Bu standart eritmalardan birining kontsentratsiyasi aniqlanadigan elementning analiz qiladigan eritmadagi kontsentratsiyasidan katta, ikkinchi esa aksincha kichik bo’ladi va begona aralashmalar kontsentratsiyasi taxminan analiz qilinadigan eritmalarnikidek bo’lishi kerak. Bir xil sharoitda ikkala standart va aniqlanadigan eritma fotometrlanadi. Analiz qilinadigan eritmadagi aniqlanadigan element kontsentratsiyasi quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |