TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI QURILISH BOSHQARISH FAKULTETI “Iqtisodiyot va kochmas mulkni boshqarish” kafedrasi 45-21 guruh talabasi Baxriyev Mardonning Xorijiy investitsiyalar fanidan Mustaqil ishi Erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish xorijiy investitsiyalarni jalb etishning ustuvor yo'nalishi sifatida Reja: - 1. Erkin iqtisodiy hududlar.
- 2. Erkin iqtisodiy hudud turlari
- 3 Erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish va xorijiy investitsiyalar
- 4 Erkin iqtisodiy zonalar
Erkin iqtisodiy hududlar
Erkin iqtisodiy hududlar – shunday geografik hududki, unda mamlakatda qabul qilingan xo„jalik faoliyati tartibiga qaraganda imtiyozli soliq to„lash va bojxona tartibi joriy etiladi. Boshqacha ifodalaganda, ushbu hududda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi kamaytiriladi va bu milliy iqtisodiy makonning bir qismi bo„lib, mamlakatning boshqa hududlarida qo„llanilmaydigan ma‟lum imtiyozlar tizimi joriy etiladi. Shunga ko„ra, EIH mamlakat hududining imtiyozli bojxona, valyuta, soliq, viza va mehnat rejimlari joriy etilgan maxsus ajratilgan qismidir. EIHga eng umumiy tavsif qilib shuni aytish mumkin, u shunday hududki, bu yerdagi rag„batlantirishlar, imtiyozlar (soliq, bojxona, ma‟muriy), litsenziyalash, vizalarni rasmiylashtirish, bank faoliyatlari, mulkchilik munosabatlariga oid yyengilliklar ushbu mamlakatning boshqa hududlarida amal qilmaydi.
EIH — investitsiyalarni alohida mintaqalar va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, resurslarni kam chiqindili va chiqindisiz qayta ishlovchi yanada progressiv texnologiyalarni joriy qilish, xalqaro aloqa va hamkorlikka taʼsir oʻtkazish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida soliqqa tortish, valyuta, bojxona va shu kabilarni tartibga solishdagi alohida tartib va shart-sharoitlar oʻrnatadigan huquqiy normalar yigʻindisidir.
EIH turlari - EIHlar turli xil yoʻnaltirilganlikka ega, ammo eng koʻp tarqaganlari quyidagilar hisoblanadi.
- ilmiy texnologik hududlar (texnologik parklar, texnopolislar, ilmiy parklar, texnologik markazlar va boshqalar).
- Ular material va mehnat resurslarini harakatlanishini taʼminlash maqsadida sanoat uchun yuqori darajali yangi texnologiyalarni yaratishi va kiritishini tezlashtirish uchun yuqori darajali yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida tashkil qilinadi.
- import ishlab chiqarish hududlari- importni joylashtirish boʻyicha hudud. Ular qabul qiluvchi mamlakatlarni yangi tovarlar bilan, mahalliy korxonalarni esa zamonaviy texnologiyalar bilan taʼminlashga moʻljallangan.
Turli mamlakatlarda tashkil etilgan EIHlar ularning jahon xo„jaligi bilan savdo, iqtisodiy, investitsiya, innovatsiya, mehnat, ta‟lim, turizm, ilmiy-tadqiqot, tibbiyot, texnika, ekologiya, xizmat ko„rsatish, axborot texnologiyalari, ishlab chiqarishning energetika, neft-gaz, oziq-ovqat, qurilish kabilar bo„yicha aloqalari va integratsiyasini ta‟minlash hamda rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi
Bu esa EIHlar tomonidan xalqaro savdo, mehnat va kapital migratsiyasi, logistika, turizm, ishlab chiqarish kabilarning rivojiga ta‟sirining ortib borishiga sabab bo„lmoqda. Pirovardida, jahon ishlab chiqarishining 10%i, savdo aylanmasining 30%i mazkur hududlar hissasiga to„g„ri kelmoqda. Ayrim davlatlar (Xitoy)da kapital iste‟molining 20%idan ortiq qismiga ham egalik qilmoqda. Ko„pgina rivojlanayotgan mamlakatlarga 30-80% gacha chet el investitsiyalari EIHlar orqali kirib keladi.
Biror bir hududni tashkil etish vazifasidan kelib chiqqan holda uning joylashishiga tegishli talablar qo„yiladi. Ular orasida tashqi va ichki bozorlarga nisbatan qulay transport-geografik joylashuvidir. Shuning uchun EIHlar uchun eng qulay territoriyalar, odatda, chet el davlatlarga chegaradosh, dengiz savdo portlari va magistral transport tizimlari (temir yo„l, avtomobil yo„llar, aeroportlar), tashkil topgan sanoat, ilmiy va madaniy markazlar, qimmatli tabiiy resurslar tig„iz joylashgan territoriyalar hisoblanadi. Maqsad va joylanishidan kelib chiqqan holda EIHlar hududi o„lcham jihatdan turlicha bo„lishi mumkin – 1,5 km2 dan (Sheremetevo, Rossiya) to 3,6 mln. km2 Erkin iqtisodiy hudud – mamlakat hududining imtiyozli bojxona, valyuta, soliq, viza va mehnat rejimlari joriy etilgan maxsus ajratilgan qismi. Qonunchilik - bojxona hududidan ajratish; - xo„jalik mustaqilligi; - boshqaruvning alohida rejimi; - preferensial shart-sharoitlar. MAMLAKAT EIHgaca
Do'stlaringiz bilan baham: |