O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI
MUHANDISLIK QURILISH INFRASTRUKTURASI FAKULTETI
IKLQI KAFEDRASI
GAZ TA’MINOTI FANIDAN
MUSTAQIL ISH
MAVZU: GAZ XO’JALIGIDAGI XAVFSIZLIK
QOIDALARI. BINOLAR GAZ TA’MINOTI
TIZIMLARINI FOYDALANISHGA QABUL QILISH
BAJARDI: DADAXANOV A.
TEKSHIRDI: SULTONOVA SH.
REJA:
1.
KIRISH
2.
ASOSIY QISM
1.
GAZ TA’MINOTIDA XAVFSIZLIK QOIDALARI VA
SOZLASH ISHLARI
2.
GAZ TARMOQLARI VA JIHOZLARINI BIRLAMCHI
SINASH ISHLARI
3.
FOYDALANISHGA QABUL QILISH
3.
XULOSA
4.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Gaz quvurlarini ta’mirlash va ulardan foydalanish bilan
bog’liq bo’lgan va gaz qurilmalarining o’rnatilishi kabi barcha
ishlarga xavfli gaz ishlari kiradi. Shuning uchun ham bunday
ishlarni amalga oshirishda ehtiyotkorlik talab qilinadi. Xavfli
gaz ishlariga shahar gaz tarmoqlaridan foydalanishda
bajariladigan ishlarning barchasi kiradi. Bundan tashqari, gaz
quvurlarini amaldagi gaz tarmoqlarga ulanishi, gazning
chiqishini bartaraf etish, amalda foydalanib kelinayotgan gaz
quvurlarini, produvka yordamida tozalash, armaturalar va
uskunalar bilan jihozlash, gaz quduqlarida bajariladigan
ishlar, GBSH lari joylashgan binolardagi barcha ishlar xavfli
gaz ishlariga kiradi.
ASOSIY QISM
XAVFSIZLIK QOIDALARI VA SOZLASH ISHLARI
Gaz ta’minotini loyihalashda xavfsizlikni hisobga olish
Gaz ta’minotini loyihalashda eng avval hisob-kitob va yechimlarni
xavfsizlik va qulaylikni ta’minlashga e’tibor bergan holda eng afzal
yechimni qilish kerak bo’ladi. Masalan gaz quvurlarini gidravlik hisoblash,
qozon tanlash kabi eng muhim bosqichlarda isitish tizimlarining
temperaturasini tanlash bo’yicha maxsus belgilab qo’yilgan normalar
bo’lib, u isitishdan foydalanuvchilar turiga bog’liq. Bog’cha, maktablarda
masalan isitish jihozlari, radiatorlar va batareyalarning o’ta qizib ketishi
mumkin emas, bolalar unga tekkanda kuyish ehtimoli bo’ladi. Ammo
xonalar hajmi katta bo’lgan joylarda past haroratda xona isimay qoladi.
Buning yechimi shuki, kerakli temperaturaga hisoblanib, radiatorlar
atrofi to’sib qo’yiladi. Loyiha jarayoniga oid xavfsizlikka yana gaz
plitalarini joylashtirishda uning yonuvchi materiallardan normadagi
uzoqlikda joylashishini ko’zda tutish, xonaning yoritilish va
shamollatilishini hisobga olish kabi jihatlar kiradi.
Gaz tarmog’ining payvandlash
choklari sxemasi
Gaz ta’minoti
loyihasi
(Plan)
Montajdagi xavfsizlik qoidalari
Yuqoridagilar bino ichi gaz ta’minoti loyihasidagi xavfsizlik qoidalari edi.
Loyihani qurish va ishlatishda ham xavfsizlik qoidalariga rioya qilish lozim. Eng
avvalo bu ishni maxsus tayyorgarlikka va ish tajribasiga ega bo’lgan mutaxassis
montajchilar bajarishi kerak, agar norma bo’yicha oladigan bo’lsak, ularning ish
tajribasi o’rtacha 3 yildan 5 yilgacha bo’lishi, ruxsatnomasi bo’lishi talab qilinadi.
Quvurlar montaji jarayonida gazning o’chiq bo’lishi, quvurlarning payvandlash
choklarining mustahkam, ma’lum bosimga chidaydigan, ko’p yillarga yaroqli
qilib qilinishi kerak. Rezbali joylarda rezbaning gaz chiqishiga qarshi
germetikligiga alohida e’tibor beriladi. Gaz uskuna va jihozlarini o’rnatishda
ularning texnik sinovlardan o’tganligi, yaroqliligi va ishlash kafolati bo’lishi zarur
va ular ishlashi bo’yicha standartlarga javob beradigan bo’lishi kerak. Qo’lbola
uskunalardan foydalanish xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Tutun gazlarni chiqarib yuborishga doir xavfsizlik normalari
Gazdan foydalanishda xavfsizlik texnikasi
Gazni foydalanishga qabul qilingandan keyin foydalanuvchilar uchun ham
xavfsizlik qoidalari bo’lib, ular quyidagilardir: Eng avvalo gaz tizimini ishlatishni
boshlagandan keyin, sinash ishlari tugagandan so’ng uni faqat kattalar
ishlatishi, montajchi va loyihachining ishlatish va foydalanish bo’yicha
tavsiyalarini olib, shular bo’yicha gazdan foydalanishi kerak. Bolalarni gaz
jihozlari, armaturalar va hisoblagichdan uzoq bo’lishlarini ta’minlash kerak.
Agar bularga amal qilinmasa, portlash, yong’in xavfini keltirib chiqarishi
mumkin. Gazning to’g’ri ishlashi va ko’zlangan loyihadagidek bosim va sifatga
ega bo’lishi uchun undan to’g’ri foydalanish kerak bo’ladi. Agarda gaz
talablarga javob bermasa, noto’g’ri ishlasa yoki uskunalar ishida kamchilik
bo’lsa bunday muammolarni mutaxassisga aytib hal etiladi. O’zboshimchalik
bilan tuzatishga urinish ham xavfli asoratlarga olib keladi.
Gaz tarmoqlarini va jihozlarini sinovdan
o’tkazish
Gaz ta’minoti tizimini sinovdan o’tkazish loyiha
tasdiqlanib, u montaj qilinganidan keyin birlamchi sinov
o’tkazish va ma’lum muddat o’tgach rejali sinovdan
o’tkazib turishdan iborat jarayondir.
Gaz quvurlariga o’rnatilgan armaturalar va jihozlar tashqi
tarmoq tuproqqa ko’milishidan oldin o’tkaziladi.
Tekshiruvda quvurning yotqizilish chuqurligi, nishabligi,
himoyalanish va izolyatsiya holatlari, armaturalarning
to’g’ri ulanishi tekshirilgach, gaz quvurlari havo
yordamida turli namlik, ifloslanishlardan tozalanadi.
Shundan keyin gaz tarmoqlari siqilgan havo yordamida
ikki pog’onada sinovdan o’tkaziladi: mustahkamlikka
(bosimga) va zichlikka sinash ishlari bajariladi.
Quvurlarni bosimga (mustahkamlikka) sinash
Mustahkamlikka sinash
Quvurlarning mustahkamligi bo’yicha sinovdan
o’tkazish birlamchi sinov hisoblanadi, aniq
nuqsonlari aniqlanadi. Quvurlarning mexanik va
payvandli bog’lanishlarning mustahkamligini
aniqlash uchun uning bosimi yetarlicha emasdir.
Sinov bosimi gaz quvurlarida saqlanib turish vaqti
mustahkamlik sinovida 3 soat (faqat binolarga
kiritilish joylarida sinov vaqti 1 soat) bo’ladi.
Undan keyin bosim meyori darajasigacha
kamaytiriladi va zichlik sinoviga kirishiladi.
Quvurlar va armaturalarning holati tashqi
tekshiruvdan o’tkaziladi. Nuqsonli joylari sovun
eritmasi ko’pigi bilan aniqlanadi.
Zichlikka sinash
Zichlikka sinash
Mustahkamlik va zichlik sinovidan gaz
boshqaruv shahobchalariga o’rnatilgan gaz
armaturalari va gaz quvurlari ham sinovdan
o’tkaziladi. Yerusti gaz quvurlari mustahkamligi
sinovidan o’tkazilayotganda sinov vaqti bir
soatdan kam bo’lmasligi kerak. Undan so’ng
bosimning qiymati zichlik sinovi talabigacha
pasaytirilib,
tashqi
ko’rinishda
va
payvandlangan joylarni sovun eritmasi surtilib,
tekshiruvdan o’tkaziladi. Zichlik sinovi 30 minut
davomida o’tkaziladi.
Turar joy binolari, jamoat bino ichki gaz quvurlari
ham mustahkamlik va zichlik sinovidan
o’tkaziladi. Turar joy binolari, umumjamoa
binolar, kommunal maishiy korxonalar va sanoat
korxonalaridagi past bosimli gaz quvurlari 0.1
MPa bosimda mustahkamlik sinovidan o’tkaziladi.
Turar joy binolaridagi gaz quvurlari 5 KPa
bosimda zichlik sinovidan o’tkaziladi.Agarda 5
daqiqa davomida bosimning pasayishi 200 Pa
dan oshib ketmasa, gaz quvurlari sinovdan
hisoblanadi. Sanoat va kommunal korxonalardagi
past bosimli gaz quvurlari zichligi sinovidan 10
KPa bosim ostida 1 soat vaqt davomida
bosimning pasayishi 600 Pa gacha bo’lsa
sinovdan o’tgan hisoblanadi.
TIZIMNI FOYDALANISHGA TOPSHIRISH
Gaz oqimini ochishdan oldin, gaz tarmog’I va GBSH, gaz jihozlarining to’g’ri
o’rnatilganligi, ularning holati yana bir bor tekshiru ko’rigidan o’tkaziladi.
Undan so’ng hamma gaz tarmog’i siqilgan havoning 20 KPa bosimi
nazoratida tekshiruvdan o’tkaziladi.
Bosimning pasayishi 1 soat vaqt davomida 100 Pa dan oshmaganda gazni
ochish mumkin. Gaz quvurlarida gazning to’lishi bilan quvur ichidagi havo
chiqarilib yuborilishi kerak. Gaz oqimi miqdori bilan quvur to’ldirilganidan
keyin gazning tarkibida tahlil uchun namuna olinadi. Gazning tarkibida
kislorod miqdori 1 foizdan oshmasligi kerak. Gaz havo aralashmasi quvurda
zichlanayotganda ularni chiqarib yuborish joyida, olov manbalarida
bo’lmasligi va binolar, inshootlarga yig’ilib qolmasligi kerak.
XULOSA
Gaz xo’jaligini loyihalash, montaj qilish va ishga tushirish va
foydalanishga qabul qilishda, undan yillar davomida foydalanishda
xavfsizlikni ta’minlash, gaz ta’minoti tizimidagi quvurlar va jihozlarni
to’g’ri o’rnatish, inson hayotiga xavf soladigan muammolarni oldini olish
juda muhim ish hisoblanadi.
Biz yuqorida birma-bir gaz xo’jaligini tashkil etish bosqichlariga
to’xtalib, har bir bosqichda ko’zda tutiladigan xavfsizlik qoidalarini
o’rgandik. Loyihalashda eng asosiy ishlar bajariladi, bino ichida gazni
ma’lum kerakli bosimda ta’minlab berishga, gidravlik hisob kitoblar
orqali gaz quvurlari va jihozlarni mustahkamligini ta’minlashga e’tibor
beriladi. Montaj jarayonida ishlarni xavfsiz olib borish va tizimni xavfsiz
qilib montaj qilishga katta ahamiyat beriladi. Undan keyin esa tizimdan
foydalanish davomidagi xavfsizlik ta;minlanishi kerak bo’ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Yusuf Rashidov. “Issiqlik gaz ta’minoti va ventilyatsiya tizimlari”. 2009.
Toshkent.
2.
Yusuf Rashidov. “Gaz ta’minoti tizimlari”. Darslik. 2009. Toshkent.
3.
Internet: https://xn--90adflmiialse2m.xn--p1ai/raznoe/opredelenie-
raspredelitelnyj-gazoprovod-raspredelitelnye-gazoprovody-i-ih-
klassifikacziya-chto-takoe-raspredelitelnye-gazoprovody-i-ih-
klassifikacziya.html
Do'stlaringiz bilan baham: |