Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi
16
nazariyasining asoschilari bo‗lib
avstriya maktabi vakillari K.Menger(1840-1921), F.Vizer(1851-1926), E.Bem-
Baverk(1851-1914) va boshqalar hisoblanadi. Mazkur nazariyaga ko‗ra, kishilar
tomonidan juda xilma-xil moddiy va ma‘naviy ne‘matlar (hamda xizmatlar) ularni
ishlab chiqarishga ijtimoiy zaruriy mehnat sarflanganligi uchun emas, balki ushbu
16
«Кейинги қўшилган миқдор нафлилиги» атамасини қўллашда муаллифлар томонидан кўплаб
мулоҳазаларга борилди. Сабаби – бугунги кунда иқтисодий адабиѐтларда бу атаманинг турли вариантлари
(«меъѐрий нафлилик», «меъѐрий фойдалилик», «чегаравий нафлилик», «чегаравий фойдалилик» ва ҳ.к. )
қўлланиб келмоқда. Бироқ, бу атамалар луғавий таржима сифатида ўринли қўлланилган бўлсада, мазкур
тушунчанинг ҳақиқий мазмунини ифодалай олмайди. «Кейинги қўшилган миқдор нафлилиги» атамаси эса
бу мазмунга кўпроқ мос тушади. Мавзунинг баѐн этилишини осонлаштириш мақсадида кейинги ўринларда
қўлланилувчи «сўнгги қўшилган миқдор нафлилиги», «қўшилган миқдор нафлилиги», «кейинги қўшилган
нафлилик» каби иборалар бир хил маъно касб этади.
ne‘matlar naflilikka ega bo‗lishi sababli qadrlanadi. Insonlar tomonidan ma‘lum
nafliliklarga ehtiyoj sezilganligi sababli u yoki bu tovarni ishlab chiqarishga
mehnat sarflari amalga oshiriladi. Mazkur nazariya tarafdorlari fikrlariga ko‗ra,
faqat tovarning nafliligi mehnat sarflariga «ijtimoiy zaruriy» deb nomlanadigan
tavsif berishi mumkin.
Keyingi qo‗shilgan miqdor nafliligi nazariyasi bilan qiymatning mehnat
nazariyasining bir-biriga to‗g‗ri kelmasligi turli xil iste‘mol qiymatlarini yoki
nafliligini hisobga olish muammosi bilan bog‗liq. CHunki, turli ko‗rinishdagi
ikkita tovarning nafliligini shunchaki umumiy tarzda o‗zaro taqqoslash mumkin
emas.
Bu nazariya tarafdorlari, naflilikning ikki turini ajratib ko‗rsatish zarur deb
hisoblaydilar: a) abstrakt yoki umumiy naflilik, ya‘ni ne‘matlarning kishilar biron-
bir ehtiyojlarini qondirish layoqati; b) aniq naflilik, bu ne‘mat mazkur nusxasi
foydaliligining sub‘ektiv narxini bildiradi. Bu sub‘ektiv narx ikki omilga bog‗liq:
mazkur ne‘matning mavjud zahirasi va unga bo‗lgan ehtiyojning to‗yinganlik
darajasi.
Keyingi qo‗shilgan miqdor nafliligi muammosini o‗rmonda yashovchi chol
ega bo‗lgan besh qop don misolida, uning ongida sodir bo‗lgan psixologik hayol
orqali tasvirlab ko‗rsatadilar. Bu qoplardagi donning nafliligi kamayib boruvchi
tartibda joylashadi: birinchi qopdagi don eng zarur, ya‘ni cholning oziq-ovqatga
bo‗lgan ehtiyojini qondirish uchun iste‘mol qilinadi, ikkinchisi – ovqatlanishni
yaxshilash uchun, uchinchisi – uy parrandalarini boqish, to‗rtinchisi – pivo
tayyorlash, beshinchisi – cholning o‗z uyi atrofida sayrab yurgan qushlarni boqib,
ko‗ngilxushlik qilishi uchun.
Bundan ko‗rinadiki, beshinchi qopning nafliligi chol uchun u qadar
ahamiyatli emas, chunki agar bu qopdagi dondan mahrum bo‗lsa u faqatgina
ko‗ngilxushlik qilish imkoniyatidan voz kechadi xolos. Biroq, to‗rtinchi qopdagi
donning yo‗q bo‗lishi cholni pivosiz, uchinchisi esa parrandalarsiz qoldirishi
mumkin. Faqat bitta qopdagi don qolgan taqdirda chol uchun uning nafliligi eng
yuqori darajaga etadi, ya‘ni u ovqatlanish ehtiyoji bilan tenglashadi.
SHu o‗rinda turli qoplardagi donlarning nafliligi turlicha ekan, ularning
qaysi biri donlarning umumiy naflilik darajasini aniqlab beradi, degan savol
tug‗iladi. Xolbuki, qoplardagi donlarning bir-biridan farqi yo‗q ekan, chol uchun
ularning nafliligi beshinchi, so‗nggi qopdagi donning nafliligi orqali aniqlanadi.
Demak, har bir ne‘matning so‗nggi qo‗shilgan birligi, ya‘ni uncha muhim
bo‗lmagan ehtiyojni qondiruvchi birligining nafliligi kamayib borish xususiyatiga
egadir.
Qiymat va narx nazariyasida yangi yo‗nalishni boshlab bergan kishi
mashhur ingliz iqtisodchisi A.Marshall hisoblanadi. Tovarlarning qiymatini
aniqlashda mehnat nazariyasi ham, qo‗shilgan naflilik nazariyasi ham etarli asosga
ega emas, deb hisoblagan A.Marshall bir nechta nazariyalarni sintez qilish yo‗li
bilan aniqlik kiritishga harakat qildi. Qo‗shilgan miqdor nafliligi nazariyasining bir
tomonlamaligini u qiymatni faqat naflilik bilan tushuntirishda ko‗rdi. A.Marshall
keyingi qo‗shilgan miqdor nafliligi nazariyasini talab va taklif nazariyasi hamda
ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi bilan bog‗lashga harakat qildi.
A.Marshallning tovar qiymati nima bilan aniqlanishini bilishda qo‗shilgan
miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlarini sintez qilish (umumlashtirish)
zarurligi haqidagi fikri juda mashhur. Neoklassiklarning qiymat va narxning bir
negizli (monistik) nazariyasini yaratishga urinishdan chekinish xususan A.Marshall
ishlari bilan bog‗liq. Neoklassiklarning qoidalari qiymatning yagona manbai,
narxning yagona asosi va bozor xo‗jaligida jamiyat daromadlarining yagona
manbai topilishi zarurligini bildiradi. Bunday yagona manba, masalan, ingliz
klassik iqtisodiy maktabi va markscha nazariyalarda mehnat, marjinalistlarda
qo‗shilgan miqdor nafliligi kategoriyasi hisoblanadi. A.Marshall nazariyasida esa
qiymat va narx ham talab (qo‗shilgan miqdor nafliligi) va ham taklif (tovar ishlab
chiqarish xarajatlari) tomonida yotuvchi bozor kuchlari o‗zaro ta‘siri orqali
aniqlanadi.
A.Marshall fikricha, tovar qiymati teng darajada keyingi qo‗shilgan miqdor
nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. SHunday qilib,
A.Marshalldan boshlab iqtisodiyot nazariyasida turli nazariyalarni sintez qilishga
o‗tildi.
Lekin A.Marshall ushbu sintezni oxirigacha etkaza olmadi. U ijtimoiy
zaruriy naflilik va ijtimoiy zaruriy mehnat tovarning ikki tomoni ekanligini aniq
ko‗ra olmadi. SHuning uchun, u ijtimoiy naflilik o‗rniga qo‗shilgan naflilikni,
ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari o‗rniga ishlab chiqarish xarajatlarini qo‗ydi.
Natijada tovarning qiymati ham, nafliligi ham to‗liq hisobga olinmadi. Umuman
aytganda uzoq tarixiy davrdan boshlab tortishuvga sabab bo‗lgan narsa tovarda
gavdalangan ijtimoiy mehnatning ikki yoqlama tavsifi va shu asosda hosil
bo‗ladigan tovarning ikki xil xususiyatiga ega bo‗lishini inobatga olmaslikdir.
Mehnat nazariyachilari tovarga sarflangan mehnat miqdoriga asosiy e‘tiborni
qaratgan bo‗lsa, marjinalistlar uning nafliligiga e‘tibor berib keladilar. Ularning
biri ko‗proq tovarni ishlab chiqaruvchilar manfaati nuqtai nazaridan tahlil qilgan
bo‗lsa, ikkinchisi iste‘molchi (xaridorlar) manfaati nuqtai-nazaridan qaraydilar.
Xolbuki tovarning qiymatini va binobarin narxini aniqlashda uning ikki tomoniga
va sotuvchilar bilan xaridorlar manfaati to‗qnashgan tugunga e‘tibor qaratish zarur
(3-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |