O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI
IQTISODIYOT NAZARIYASI
FANIDAN
MA’RUZA MATNLARI
Tuzuvchi: ass. S.Ibragimov
Toshkent-2014
KIRISH
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan to‗g‗ri va izchil iqtisodiy
siyosat orqali ahamiyatli ijobiy natijalar qo‗lga kiritildi. Jumladan, milliy
xo‗jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, ma‘muriy-buyruqbozlik tizimdan
meros bo‗lib qolgan bir tomonlamalik va inqiroz holatidan chiqarildi;
iqtisodiyotning barqaror o‗sishi ta‘minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy
barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik
kuchaydi; bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning
infratuzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Ma‘naviy jabhada ham tub
o‗zgarishlar qilinib, jamiyat a‘zolarida milliy istiqlol g‗oyasi va mafkurasi
shakllandi. Bugungi kunda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish,
iqtisodiyotni
erkinlashtirish
va
modernizatsiyalash
jarayonlari
amalga
oshirilmoqda.
Jamiyatda ro‗y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal
qilishiga ongli munosabatda bo‗lishda, mamlakatni demokratlashtirish va
iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari mohiyatini tushunish
uchun zarur bo‗lgan bilimlarni berishda «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining roli
beqiyosdir. Bugungi kunda yosh avlodda bunyodkorlik g‗oyalarini shakllantirish,
ma‘naviy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirish kabi muhim
vazifalarni bajarish orqali mazkur fanning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Zero,
Prezidentimiz I.Karimov ta‘kidlaganidek, «hozirgi davrda, xalqaro maydonda turli
siyosiy manfaatlar to‗qnashayotgan murakkab bir sharoitda faqat o‗z fikri, o‗z
hayotiy pozitsiyasiga ega bo‗lgan xalq va jamiyat engilmas kuchga aylanib, o‗z
kelajagini o‗z qo‗li va aql-zakovati bilan qurishga qodir bo‗ladi».
1
Ayni paytda Prezidentimiz asarlaridan, ayniqsa Oliy Majlis qonunchilik
palatasi va Senatining qo‗shma majlisida qilgan ma‘ruzalaridan bizga shu narsa
ma‘lum bo‗lib turibdiki, erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda bugungi kunda o‗z
echimini topmagan muammolar, hal kilinishi lozim bo‗lgan vazifalar ham mavjud.
Ko‗pgina korxonalarning zarar ko‗rib ishlayotganligi, ularning moliyaviy ahvoli
qiyinlashib, bankrotga uchrayotganligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlarning,
mulkdorlar sinfining sekin shakllanayotganligi, iqtisodiyotda ular ulushining
kamligi, qishloqda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, fermer xo‗jaliklarini
rivojlantirish qiyinchiliklari, tovar, xizmat va kapital eksportining sekin
o‗sayotganligi va boshqalar shular jumlasidandir.
Ushbu iqtisodiy muammolarni tezroq hal qilish, ularning echimini izlab
topish, milliy istiqlol mafkurasining mazmunini va xususiyatlarini tushunish ko‗p
1
Инсон, унинг хуқуқ ва эркинликлари ҳамда манфаатлари – энг олий қадрият. Президент И.Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси
Конституциясининг 13 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси. – «Халқ сўзи» газетаси, 2005 йил 8 декабрь.
jihatdan kishilarning iqtisodiyot sirlarini, ayniqsa bozor va bozor iqtisodiyoti
munosabatlarining mazmunini, ularning talablari va xususiyatlarini, qonun-
qoidalarini,
amalga
oshirilayotgan
iqtisodiy
islohotlarning,
uni
chuqurlashtirishning, iqtisodiyotni erkinlashtirishning maqsadi va mohiyatini
chuqurroq bilishlariga bog‗liqdir. Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiyot
tushunchalarini, uning qonun-qoidalarini, tejamli xo‗jalik yuritish sirlarini, turli
kishilar va xo‗jaliklarning bir-birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo‗lib,
unumli mehnat qilish yo‗llarini va shakllarini o‗rgatadi. Iqtisodiyot nazariyasi fani
mamlakatimizda yashayotgan hamma kishilarning daromadlari, ularning turmush
darajasi faqat milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga bog‗liqligini, shu yurtda mehnat
qilayotgan kishilarning ijodiy mehnati bilan vujudga kelgan milliy mahsulotning
ko‗payishi, uning to‗g‗ri taqsimlanishi va foydalanilishi, milliy pul barqarorligi
bilan bog‗liqligini ham o‗rgatadi va milliy istiqlol mafkurasining odamlar ongida
shakllanishiga, ularning intellektual kamolotga erishuvida muhim rol o‗ynaydi.
SHuning uchun barcha yo‗nalishlardagi bakalavriat talabalari uchun
«Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan ma‘ruza matnlarining tayyorlanishi ham bugungi
kunda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu ma‘ruza matnlari yangi davlat standarti talablari bo‗yicha tuzilgan va
Respublika muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan yangi
namunaviy o‗quv dasturi asosida yozildi. Unda dasturdagi barcha mavzular
qamrab olingan, lekin hajmi cheklangan bo‗lganligi uchun ko‗pgina materiallar
iloji boricha qisqartirib berildi. SHuning uchun matnda kamchilik va munozarali
jihatlar ham bo‗lishi mumkin. Asosiy iqtisodiy tushunchalarni soddaroq qilib,
oddiy tilda misollar, jadvallar, grafiklar asosida tushuntirishga harakat qilindi.
Ushbu ma‘ruza matnlarini tayyorlashda o‗qitishning yangi pedagogik va
informatsion texnologiyalar talablari va xususiyatlari hisobga olinib, har bir
mavzudan keyin asosiy tayanch tushunchalar va atamalar, shuningdek takrorlash
va munozara uchun savollar ham berildi.
Iqtisodiyot nazariyasi bo‗yicha mazkur ma‘ruza matnlari asosan noiqtisodiy
yo‗nalishlardagi oliy o‗quv yurtlari talabalari va magistrlari uchun mo‗ljallangan
bo‗lib, undan o‗rta maxsus o‗quv yurtlari tinglovchilari, litsey o‗quvchilari,
aspirantlar va iqtisodiyot nazariyasi sohasidagi bilimlarga qiziquvchi barcha
kitobxonlar ham foydalanishi mumkin.