Toshkent arxitektura-qurilish instituti iqtisodiyot nazariyasi



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/103
Sana01.01.2022
Hajmi2,42 Mb.
#280367
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Bog'liq
maruza-matni-iqtisodiyot-nazariyasi



 

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 



TA’LIM VAZIRLIGI 

TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 

 

 

 

 

 

 

 

 

IQTISODIYOT  NAZARIYASI 

FANIDAN 

 

 

MA’RUZA MATNLARI 

 

 

 

Tuzuvchi: ass. S.Ibragimov 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent-2014 


 

 

KIRISH 



 

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan to‗g‗ri va izchil iqtisodiy 

siyosat  orqali  ahamiyatli  ijobiy    natijalar  qo‗lga  kiritildi.  Jumladan,  milliy 

xo‗jaligimiz  iqtisodiy  jihatdan  mustahkamlanib,  ma‘muriy-buyruqbozlik  tizimdan 

meros  bo‗lib  qolgan  bir  tomonlamalik  va  inqiroz  holatidan  chiqarildi; 

iqtisodiyotning  barqaror  o‗sishi  ta‘minlandi,  makroiqtisodiy  va  moliyaviy 

barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik 

kuchaydi;  bozor  mexanizmining  tarkibiy  qismlari  qaror  topdi  va  uning 

infratuzilmalari  vujudga  keltirilib,  rivojlantirildi.  Ma‘naviy  jabhada  ham  tub 

o‗zgarishlar  qilinib,  jamiyat  a‘zolarida  milliy  istiqlol  g‗oyasi  va  mafkurasi 

shakllandi.  Bugungi  kunda  iqtisodiy  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish, 

iqtisodiyotni 

erkinlashtirish 

va 


modernizatsiyalash 

jarayonlari 

amalga 

oshirilmoqda. 

Jamiyatda  ro‗y  beradigan  iqtisodiy  qonunlarni  bilish  va  ularning  amal 

qilishiga  ongli  munosabatda  bo‗lishda,  mamlakatni  demokratlashtirish  va 

iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari mohiyatini tushunish 

uchun  zarur  bo‗lgan  bilimlarni  berishda  «Iqtisodiyot  nazariyasi»  fanining  roli 

beqiyosdir.  Bugungi  kunda  yosh  avlodda  bunyodkorlik  g‗oyalarini  shakllantirish, 

ma‘naviy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirish kabi muhim 

vazifalarni bajarish orqali mazkur fanning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Zero, 

Prezidentimiz I.Karimov ta‘kidlaganidek, «hozirgi davrda, xalqaro maydonda turli 

siyosiy  manfaatlar  to‗qnashayotgan  murakkab  bir  sharoitda  faqat  o‗z  fikri,  o‗z 

hayotiy  pozitsiyasiga  ega  bo‗lgan  xalq  va  jamiyat  engilmas  kuchga  aylanib,  o‗z 

kelajagini o‗z qo‗li va aql-zakovati bilan qurishga qodir bo‗ladi».

1

  

Ayni  paytda  Prezidentimiz  asarlaridan,  ayniqsa  Oliy  Majlis  qonunchilik 

palatasi  va  Senatining  qo‗shma  majlisida  qilgan  ma‘ruzalaridan  bizga  shu  narsa 

ma‘lum  bo‗lib  turibdiki,  erishilgan  yutuqlar  bilan  bir  qatorda  bugungi  kunda  o‗z 

echimini topmagan muammolar, hal kilinishi lozim bo‗lgan vazifalar ham mavjud. 

Ko‗pgina  korxonalarning  zarar  ko‗rib  ishlayotganligi,  ularning  moliyaviy  ahvoli 

qiyinlashib,  bankrotga  uchrayotganligi, kichik biznes  va  xususiy  tadbirkorlarning, 

mulkdorlar  sinfining  sekin  shakllanayotganligi,  iqtisodiyotda  ular  ulushining 

kamligi,  qishloqda  iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirish,  fermer  xo‗jaliklarini 

rivojlantirish  qiyinchiliklari,  tovar,  xizmat  va  kapital  eksportining  sekin 

o‗sayotganligi va boshqalar shular jumlasidandir. 

Ushbu  iqtisodiy  muammolarni  tezroq  hal  qilish,  ularning  echimini  izlab 

topish,  milliy  istiqlol  mafkurasining  mazmunini va  xususiyatlarini  tushunish ko‗p 

                                                 

1

  Инсон,  унинг  хуқуқ  ва  эркинликлари  ҳамда  манфаатлари  –  энг  олий  қадрият.  Президент  И.Каримовнинг  Ўзбекистон  Республикаси 



Конституциясининг 13 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси. – «Халқ сўзи» газетаси, 2005 йил 8 декабрь. 


 

 

jihatdan  kishilarning  iqtisodiyot  sirlarini,  ayniqsa  bozor  va  bozor  iqtisodiyoti 



munosabatlarining  mazmunini,  ularning  talablari  va  xususiyatlarini,  qonun-

qoidalarini, 

amalga 

oshirilayotgan 

iqtisodiy 

islohotlarning, 

uni 

chuqurlashtirishning,  iqtisodiyotni  erkinlashtirishning  maqsadi  va  mohiyatini 



chuqurroq  bilishlariga  bog‗liqdir.  Iqtisodiyot  nazariyasi  fani  iqtisodiyot 

tushunchalarini,  uning  qonun-qoidalarini,  tejamli  xo‗jalik  yuritish  sirlarini,  turli 

kishilar  va  xo‗jaliklarning  bir-birlari  bilan  manfaatli  iqtisodiy  aloqada  bo‗lib, 

unumli mehnat qilish yo‗llarini va shakllarini o‗rgatadi. Iqtisodiyot nazariyasi fani 

mamlakatimizda  yashayotgan  hamma  kishilarning  daromadlari,  ularning  turmush 

darajasi  faqat  milliy  iqtisodiyot  taraqqiyotiga  bog‗liqligini,  shu  yurtda  mehnat 

qilayotgan  kishilarning  ijodiy  mehnati  bilan  vujudga  kelgan  milliy  mahsulotning 

ko‗payishi,  uning  to‗g‗ri  taqsimlanishi  va  foydalanilishi,  milliy  pul  barqarorligi 

bilan  bog‗liqligini  ham  o‗rgatadi  va  milliy  istiqlol  mafkurasining  odamlar  ongida 

shakllanishiga, ularning intellektual kamolotga erishuvida muhim rol o‗ynaydi. 

SHuning  uchun  barcha  yo‗nalishlardagi  bakalavriat  talabalari  uchun 

«Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan ma‘ruza matnlarining tayyorlanishi ham bugungi 

kunda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Ushbu ma‘ruza matnlari yangi davlat standarti talablari bo‗yicha tuzilgan va 

Respublika  muvofiqlashtirish  komissiyasi  tomonidan  tavsiya  etilgan  yangi 

namunaviy  o‗quv  dasturi  asosida  yozildi.  Unda  dasturdagi  barcha  mavzular 

qamrab  olingan,  lekin  hajmi  cheklangan  bo‗lganligi  uchun  ko‗pgina  materiallar 

iloji  boricha  qisqartirib  berildi.  SHuning  uchun  matnda  kamchilik  va  munozarali 

jihatlar  ham  bo‗lishi  mumkin.  Asosiy  iqtisodiy  tushunchalarni  soddaroq  qilib, 

oddiy tilda misollar, jadvallar, grafiklar asosida tushuntirishga harakat qilindi. 

Ushbu  ma‘ruza  matnlarini  tayyorlashda  o‗qitishning  yangi  pedagogik  va 

informatsion  texnologiyalar  talablari  va  xususiyatlari  hisobga  olinib,  har  bir 

mavzudan  keyin  asosiy  tayanch  tushunchalar  va  atamalar,  shuningdek  takrorlash 

va munozara uchun savollar ham berildi.  

Iqtisodiyot nazariyasi bo‗yicha mazkur ma‘ruza matnlari asosan noiqtisodiy 

yo‗nalishlardagi  oliy  o‗quv  yurtlari  talabalari  va  magistrlari  uchun  mo‗ljallangan 

bo‗lib,  undan  o‗rta  maxsus  o‗quv  yurtlari  tinglovchilari,  litsey  o‗quvchilari, 

aspirantlar  va  iqtisodiyot  nazariyasi  sohasidagi  bilimlarga  qiziquvchi  barcha 

kitobxonlar ham foydalanishi mumkin. 

 

 



 

 

 



 

 



 

 


Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish