Narxlar o‘zgartirilmaydigan (yopiq) shartnoma.
Bunda buyurtmachi va
pudratchi ma’lum bir aniq narxga kelishib shartnoma tuzadilar va unga muvofiq
pudratchi ish boshlaydi. Bu narxni qurilish oxirigacha o‘zgartirib bo‘lmaydi.
2.
Ochiq shartnomalar
. Bunday sharnomalar bo‘yicha bajariladigan
ishlarning bahosi mavjud me’yorlar va qoidalarga muvofiq aniqlanadi.
3.
Amalda bajarilgan ishlar bo‘yicha shartiomalar
. Bunda shartnoma
tuzilgan davrda bajariladigan ishlarning bahosi oldindan aniqlangan bo‘lsada,
amaldagi narx - navolarning o‘zgarishini hisobga olgan holda, bajarilgan ishlarning
bahosiga tegishli o‘zgartirishlar kiritib boriladi.
Yuqorida
keltirilgan
shartnomalarning
turlarini
tuzish
qonunda
chegaralanmaydi. Bu shartnoma tuzuvchilarning xohish - irodasiga bog‘liq. Odatda
shartnoma tuzishda har bir ishtirokchi manfaati ham hisobga olinishi, yoki
boshqacha qilib aytganda «six ham, kabob ham kuymaydigan» shartnoma tuzish
maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |