Toshkent arxitektura qurilish instituti d. Sh. Inoyatova qurilishda menejment



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/124
Sana18.02.2022
Hajmi3,53 Mb.
#452789
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   124
Bog'liq
Inoyatova D.-Qurilishda menejment -2018

1.3.
 
Qurilish tаshkilоtlаrini bоshqаrish shаkllаri 
 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda butun dunyoda tan olingan 
taraqqiyotning “o’zbek modeli” asosida ishlab chiqilgan qishloq joylarda 
namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy-joylar bunyod etish dasturi 
ijrosini ta`minlash, shuningdek, energetika, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo 
sanoati ob`ektlari, temir yo’l va avtomobil yo’llarini barpo qilish, ularning 
infratuzilmasini yaratishda qurilish materiallari sanoatining o’ziga xos o’rni bor. 
Zero, u iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlaridan hisoblanib, mazkur jabhada 
erishilayotgan yutuqlar Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz turmush tarzining 
yaxshilanishiga munosib hissa bo’lib qo’shilmoqda. 
1991 
yilda 
“O’zqurilishmateriallari” 
aktsiyadorlik 
kompaniyasi 
korxonalarida atigi 48 turdagi 1,28 mlrd. so’mlik (36,7 mln. dollarlik) mahsulot 
ishlab chiqarilgan bo’lsa, so’nggi 25 yil ichida ularning turi yangilanib, zamon 
talablari darajasiga Yetkazildi. Bundan tashqari, qo’shimcha 70 turdagi zamonaviy, 
energiya tejovchi, import o’rnini bosuvchi hamda eksportbop qurilish materiallari 
tayyorlash o’zlashtirilib, 2015 yilning o’zida 2,2 trln. so’mlik (760,1 mln. 
dollarlik) mahsulot buyurtmachilarga tortiq qilindi. Ya`ni qurilish materiallari 
sanoatida mustaqillik yillari davrida ishlab chiqarish hajmi 20,7 barobar o’sdi. 


18 
Bugungi kunda respublikamizda 6000 dan ziyod qurilish materiallari ishlab 
chiqaruvchi korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. Yiliga 10 mln. kvadrat metr oyna 
tayyorlovchi “Kvarts” AJ, 60 ming tonna quruq qurilish qorishmalari ishlab 
chiqaruvchi “Buxorogips” qo’shma korxonasi, 20 mln. kv. m. gipsokarton 
tayyorlash quvvatiga ega “Knauf Gips Buxoro” XK, 3,5 mln. kv. m sopol plitkalari 
ishlab chiqaruvchi “Moderna Ceramic Industries Fergana” QK, 75 ming dona 
sanitar-texnika buyumlari tayyorlash quvvatiga ega “Grand Art Ceramics” QK 
shular jumlasidandir. 
Qolaversa, tizimda 900 dan ortiq korxonalarda yiliga 3,6 mlrd. dona 
devorbop materiallar tayyorlash yo’lga qo’yilgan, sopol plitkalar ishlab chiqarish 
hajmi yiliga 0,6 mln. donadan 11 mln. donaga ko’paytirildi, tsement 
tayyorlashning yillik hajmi esa 3,6 mln. tonnadan 8,2 mln. tonnaga oshirildi. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida qurilish materiallari sanoati korxonalarini 
davlat tasarrufidan chiqarish deyarli yakunlandi. Pirovardida aktsiyadorlik 
jamiyatlari (AJ), mas`uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ), xususiy korxonalar 
(XK), qo’shma korxonalar (QK), xorijiy korxonalar (XK) va boshqa ko’rinishdagi 
mulkchilik shakllari yaratildi. Bunday korxonalar qarorlar qabul qilishda erkin 
bo’lib, o’z faoliyatini bozor talablariga muvofiq olib boradi. Shu tariqa ularda 
mavjud quvvatlar oshirilib, zarurat tug’ilganda, ishlab chiqarish tuzilmasi yangidan 
shakllantiriladi. Kompaniya tarkibidagi “Qizilqumtsement” AJ, “Bekobodtsement” 
AJ, “Kvarts” AJ hamda “Ohangaronshifer” AJlardagi davlat ulushlari savdoga 
qo’yilib, xorijiy investorlarni keng jalb qilish ishlari davom ettirilmoqda. 
E`tiborli jihati, mustaqillik yillarida jadal rivojlanayotgan va butunlay qayta 
tiklangan qurilish materiallari sanoati xorijiy investorlar uchun eng jozibador, ya`ni 
o’ziga jalb qiluvchi tarmoqqa aylandi. So’nggi 10 yil ichida unga kiritilgan 
investitsiyalar 270 mln. AQSH dollaridan ortiq bo’lib, yillik o’rtacha o’sish sur`ati 
49,2 foizni tashkil etgani ana shundan dalolat beradi. 


19 
Hissаdоrlik jаmiyati nizоm (ustаv) vа fоndgа egа bo‘lishi, tеng nоminаl 
nаrхi ko‘rsаtilgаn mа’lum sоnli аksiyalаri bo‘lgаn vа fаqаt o‘z mulkining 
mаjburiyatigа jаvоbgаrlikni оlgаn jаmiyat dеb tаn оlinаdi.
Hissаdоrlik jаmiyati оchiq yoki yopiq turdа bo‘lib u nizоmdа yoritilаdi vа 
kоrхоnаni qаytа tuzish yoki yangi kоrхоnа оchish yo‘li bilаn tа’sislаnishi mumkin. 
Hissаdоrlik jаmiyatining tа’sischilаri bo‘lib huquqiy vа jismоniy shахslаr 
chiqishi mumkin. Tа’sischilаr, hissаdоrlik jаmiyatini tuzish bo‘yichа ulаr 
tоmоnidаn birgаlikdа fаоliyatni аmаlgа оshirish tаrtibini аniqlоvchi shаrtnоmаni 
tuzаdilаr. 
Hissаdоrlik jаmiyatlаrining аsоsiy vаzifаsi quyidаgilаr hisоblаnаdi: 
qurilish vа qurilish ob’yektlаri hаmdа quvvаtlаrini ishgа tushirish 
bo‘yichа vаzifаlаrni o‘z vаqtidа vа sifаtli bаjаrish; 

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish