12.3. Qurilishda boshqaruv samaradorligini oshirish muammolari
O’zbekistonda olib borilayotgan islohotlar jarayonining muhim
yo’nalishlaridan biri ilgari davlat tasarrufida bo’lgan ko’pchilik korxonalarning
aksariyat qismini aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirish orqali xususiylashtirish va
boshqaruvning yangi iqtisodiy munosabatlarga xos mexanizmini yaratish
hisoblanadi.
Bu borada respublikamizda bir qator farmonlar va qarorlar qabul qilindi.
Jumladan, O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov
tomonidan 2003 yil 24 yanvardagi “O’zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektor roli
va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni va Vazirlar
Mahkamasining 2003 yil 19 apreldagi “Davlat tasarrufidan chiqarilgan
korxonalarni
korporativ
boshqaruvini
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to’g’risida”gi qarorlarida aktsiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini
joriy etish va takomillashtirish chora-tadbirlari belgilab qo’yilgan.
O’zbekiston kompaniyalarida korporativ usullari va tamoyillarini joriy etish,
ishlab chiqarish manfaatlaridan kelib chiqqan holda korporativ boshqaruvni
tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi samaradorligini oshirib borish, kompaniyalarning
rivojlantirish strategiyasini yaratish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida qurilish materiallari sanoati korxonalarini
davlat tasarrufidan chiqarish deyarli yakunlandi. Pirovardida aktsiyadorlik
jamiyatlari (AJ), mas`uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ), xususiy korxonalar
(XK), qo’shma korxonalar (QK), xorijiy korxonalar (XK) va boshqa ko’rinishdagi
mulkchilik shakllari yaratildi. Bunday korxonalar qarorlar qabul qilishda erkin
bo’lib, o’z faoliyatini bozor talablariga muvofiq olib boradi. Shu tariqa ularda
203
mavjud quvvatlar oshirilib, zarurat tug’ilganda, ishlab chiqarish tuzilmasi yangidan
shakllantiriladi.
Mamlakatimizda ko’plab yangi sanoat korxonalari, zamonaviy turar joy
binolari, ko’rkam ijtimoiy-maishiy ob`ektlar bunyod etilmoqda. Joylarda qad
rostlayotgan bunday muhtasham inshootlar turmushimizni yanada obod va farovon
etishi bilan birga, iqtisodiy qudratimizni yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Ushbu
ishlar samaradorligi ob`ektlarni sifatli qurilish materiallari bilan doimiy ta`minlash
bilan bog’liq.
So’nggi yillarda O’zbekistonda qurilish materiallari sanoatining o’sishi o’rta
muddatli davlat dasturlari doirasida iqtisodiyotni modernizatsiyalashga sarflangan
katta hajmdagi kapital qo’yilmalar hisobiga amalga oshirildi. Xususan, 2016 yilda
milliy iqtisodiyotga sarflangan kapital qo’yilmalari hajmi 18 foizga ko’tarilib,
deyarli 50 trln. so’mni tashkil etdi. Shunga nisbatan qurilish ishlarining xajmi
oshib, qurilish materiallariga bo’lgan iste`mol talabini yanada o’sishiga olib keldi.
Aytib o’tish kerakkki, ishlab chiqarilgan qurilish materiallarining yarmidan ortig’i
“O’zqurilishmateriallari” AK korxonalariga to’g’ri keldi. Hozirgi vaqtda
kompaniya tarkibidagi 120 ta korxonalarda 100 dan ortiq turdagi qurilish
materiallari ishlab chiqarilmoqda. Ular qurilish materiallariga bo’lgan ichki bozor
talabini
qoniqtirmoqda.
Aynan
2017
yilning
olti
davomida
nisbatan
«O’zqurilishmateriallari» aktsiyadorlik jamiyati tizimiga kiruvchi korxonalar
tomonidan 1,5 trillion so’mlik sanoat mahsulotlari hamda xalq iste`moli tovarlari
ishlab chiqarildi. Bu o’tgan yilning olti oyiga nisbatan 7 foiz ko’pdir.
O’tish
iqtisodiyoti
mamlakatlarini
islox
qilish
tajribasi
shuni
tasdiqlamoqdaki, ma`muriy-rejali iqtisodiyotdan xo’jalik yuritishning bozor
modeliga uyg’un o’tishning muxim vositasi xususiylashtirish va aktsionerlashtirish
bo’lib, bu xaqiqiy mulkdorlar sinfining shakllanishiga xamda xususiylashtirilgan
mulkni korporativ boshqarishning samarali usullarini joriy etishga ko’maklashadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 25 oktyabrdagi «Respublika
qurilish materiallari sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish
204
chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori qurilish materiallari sanoati tuzilmasini
yanada
rivojlantirish
va
diversifikatsiya
qilish,
tarmoq
korxonalarini
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun xorijiy
investitsiyalarni keng jalb etish hamda uning eksport potentsialini oshirish, xalqaro
talab va standartlarga muvofiq zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy
etish kabi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.
O’zbekiston Respublikasida korxonalarni aktsionerlashtirish jarayonida joriy
etiladigan korporativ boshqaruv usullari quyidagi asosiy maqsadlarni ko’zlaydi:
korxonalar faoliyatining iqtisodiy va moliyaviy ko’rsatkichlarini
boshqaruv sohasida ularning mustaqilligini ta`minlash hisobiga yaxshilash;
milliy moliya bozorining (kapital, qimmatli qog’ozlar, ko’chmas mulk
bozorlari) turli bo’g’inlarini rivojlantirish hamda aholining korxonalar kapitalidagi
ishtirokini kengaytirish;
ichki bozorni turli mahsulotlar bilan to’ldirish va mahalliy
korxonalarning raqobatbardoshlik darajasini oshirish maqsadida raqobatbardosh
bozor muhitini yaratish;
korxonalarga to’g’ridan-to’g’ri va portfelli xorijiy investitsiyalarni
jalb qilish.
Ko’rsatib o’tilgan maqsadli tamoyillarning aksariyati aktsiyadorlik
korxonalar ishi amaliyotida muvaffaqiyatli joriy etilmoqda, ammo bu jarayon
yanada tizimli yondashuvni taqozo etadi.
Bunga ko’ra korporativ boshqaruvning vazifalariga quyidagilarni kiritish
maqsadga muvofiqdir:
- aktsiyadorlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish;
- aktsiyadorlik jamiyatlari investitsion jozibardorligini oshirish;
- aktsiyalar narxining o’sishi orqali uzoq muddatli iqtisodiy qiymatning
jamg’arilishi;
205
- aktsiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlar va menejerlarni jalb qilish
hamda ularning korporativ boshqaruvda faol ishtirok etishlari uchun qulay shart-
sharoitlar yaratish;
- ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan
qayta qurollantirish orqali sifatli, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni
tashkil etish va ularning xorijiy bozorlarga yo’naltirilishini rag’batlantirish;
- davlat aktivlari va aktsiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat
ulushini kamaytirish evaziga iqtisodiyotda davlat ishtirokini tubdan qisqartirish.
Bugungi kunda yurtimizda ichki bozorning qurilish materiallariga bo’lgan
talabi qondirilishi barobarida, uning katta qismi eksportga yo’naltirilmoqda.
Chunonchi, 1991 — 2016 yillar mobaynida 50 ta korxona tomonidan umumiy
qiymati 885 mln. AQSH dollarilik mahsulot xorijga yuborildi. Ayni paytda
kompaniya ma`muriyati korxonalarning eksport salohiyatini yanada yuksaltirish
maqsadida Turkmaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya, Ozarbayjon kabi
mamlakatlarda dilerlik tarmoqlari va vakolatxonalarini ochish bo’yicha ish olib
bormoqda.
Ma`lumki, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 2009 yildan e`tiboran
qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurila boshlangach,
qurilish materiallariga bo’lgan talab yanada ortdi. Hozirgi kunda bino hamda
inshootlarni bunyod etish uchun 62 turdagi mahalliy qurilish buyumlari
ishlatilayotgani, bu jami materiallarning 89,8 foizini tashkil qilayotgani bunga
misol bo’la oladi.
Darhaqiqat, “O’zqurilishmateriallari”da keyingi yillarda ichki bozorni
mahalliy qurilish materiallari bilan to’ldirish, import va eksport hajmini oshirish
diqqat-e`tiborda turibdi. Xususan, 2012 — 2015 yillarda respublikamizga import
qilinadigan qurilish materiallari tahlil etilganda, 150 mln. dollarlik 15 turdan ziyod
ana shunday materiallar zarurligi, ularni respublikamizda tayyorlash masalasini
kun tartibiga qo’yish shartligi ayon bo’ldi. Shunga ko’ra, 50 dan ortiq
korxonalarda quruq qurilish qorishmalari, “ToshQMK” aktsiyadorlik jamiyati,
206
“Moderna Ceramic Industries Fergana” qo’shma korxonasida sopol plitkalar ishlab
chiqarish hajmi orttirilgan bo’lsa, “Art Mosaic”, “Azia Mosaic”, “Bill Tosh”,
“Fiammata” singari mas`uliyati cheklangan jamiyatlarida bezaklovchi materiallar,
“Grand Art Ceramics” qo’shma korxonasida sanitar-texnika buyumlari
tayyorlashga kirishildi. Bu so’nggi uch yil davomida qurilish materiallarini import
qilish hajmini 3,5 barobar kamaytirish imkonini berdi.
Xulosa o’rnida aytganda, o’tgan 25 yil mobaynida mamlakatimizda qurilish
materiallari sanoati zamonaviy, modernizatsiyalashtirilgan, texnik va texnologik
jihatdan jihozlangan, energiya tejovchi, iqtisodiy barqaror, raqobatdosh tarmoqqa
aylandi. Kompaniyada erishilgan salmoqli natijalar esa ko’plab xorijiy
mutaxassislaru ekspertlar tomonidan o’z e`tirofini topayotgani buning yaqqol
tasdig’idir.
Do'stlaringiz bilan baham: |