O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI
ARXITEKTURA FAKULTETI
“Arxitektura tarixi va nazariyasi” kafedrasi
Arxitektura nazariyasi fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Quddus shahrining sxematik ko’rinishi
Bajardi: 2-16 Au guruh talabasi Yoqubov D.
Qabul qildi: Po’latov X.
2019-2020 o’quv yili
Quddus shahrinins sxematik ko’rinishi
Reja:
KIRISH
ASOSIY QISM
Isroil-Yahudiya davlatlari
Quddus shahri shaharsozligi
XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Quddus haqidagi dastlabki maʼlumotlar miloddan avvalgi 2-ming yillikning oʻrtalariga toʻgʻri keladi. Dastlab Rushalimum (Shalim xudosi shahri), yozma manbalarda miloddan avvalgi 15-asrdan Urushalaim nomi bilan tilga olingan. Iyerushalaim qad. yahudiylar tilida "tinchlik shahri", arabcha alQuds — "muqaddas" shahar maʼnolarini anglatgan. Shahar qad. va oʻrta asrlarda turli davlatlar (Yahudiylar podsholigi, Rim imperiyasi, Vizantiya, Arab xalifaligi, usmonli turk saltanati) tarkibida boʻlgan.
Quddus Oʻrta yer dengizidan qariyb 50 kilometr sharqda, togʻ tizmasida joylashgan. Ilgari bu shahar togʻdagi qalʼa boʻlgan, keyinchalik esa kengayib, atrofdagi qirlar va vodiylarni oʻz ichiga olgan. Miloddan oldingi 1000 yilda shoh Dovud Quddusni bosib olgandan keyin shahar Isroil xalqi uchun siyosiy va diniy markazga aylangan.
Qadimda Quddus shahrining nomi Salim edi. Salim shohi va ruhoniysi Maliksidiq Ibrohim bilan uchrashib, uni duo qilgan. Keyinroq Xudo Ibrohimga oʻgʻli Isʼhoqni shu shaharga yaqin joyda qurbonlik qilishni buyurgan. Isroil xalqi Kanʼon yurtini bosib olgandan keyin Quddusni qoʻlga kiritgan, ammo shaharning tub aholisi — Yobus xalqi u yerda yashab qolavergan. Dovud barcha Isroil qabilalarining shohi boʻlgandan keyin Yobuslarning qalʼasini, yaʼni Quddusni qoʻlga kiritgan va uni oʻz shohligining poytaxti qilgan. Dovud Ahd sandigʻini Quddusga keltirgan va Quddus Ahd sandigʻining doimiy maskani boʻlib qolgan. Dovud Quddusda Xudoga atab Maʼbad qurmoqchi boʻlgan, ammo Maʼbadni Dovud emas, balki uning oʻgʻli shoh Sulaymon qurgan.
Miloddan oldingi 586 yilda Quddusni Bobil qoʻshini bosib olgan. Shahardagi binolar va Maʼbad talon–taroj qilinib, ularga oʻt qoʻyilgan, shahar devorlari buzilgan, aholisi esa asirlikka olib ketilgan. Miloddan oldingi 538 yilda, Fors imperiyasi hukmronligi davrida yahudiylarga oʻz vataniga qaytishga va Maʼbadni qayta qurishga ijozat berilgan. Miloddan oldingi 445 yilda Fors shohi amaldori Naximiyo Quddusga borib, shahar devorlarining qurilishiga boshchilik qilgan. Miloddan oldingi 332 yilda Quddus shahri hech bir qarshiliksiz Iskandar Zulqarnaynga taslim boʻlgan. Miloddan oldingi 63 yilga qadar, taxminan 100 yil davomida Quddus shahri mustaqil yahudiy davlatining poytaxti boʻlgan. Miloddan oldingi 63 yilda esa bu yurt Rim imperiyasi tomonidan bosib olingan va unga qaram boʻlib qolgan.
Iso Masih, yahudiy urf–odatlariga koʻra, belgilangan diniy bayramlar paytida Quddusni ziyorat qilgani borardi. U Quddusda Fisih bayrami ayyomida qoʻlga olingan va oʻlimga hukm qilinib, xochga mixlangan. Iso Masih oʻlikdan tirilgandan keyin Quddusda shogirdlariga zohir boʻlgan. Iso ularga, Xudo sizlarni Muqaddas Ruhga choʻmdirmaguncha Quddusda qolinglar, deb buyurgan. Isoning izdoshlari birinchi marta Quddusda quvgʻin qilinganlar. Milodiy 66 yilda Yahudiya viloyatining aholisi Rim hukumatiga qarshi isyon koʻtargan. Milodiy 70 yilda Rimliklar Titus boshchiligida Quddusni yana qoʻlga kiritib, shaharni va Maʼbadni yer bilan yakson qilganlar. Shunday qilib, Isoning bashorati amalga oshgan.
Samoviy Quddus deganda Xudoning samodagi maskani nazarda tutiladi, kelajakda esa bu maskan yer yuzida boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |