Toshkent arxitektura – qurilish instituti


Uy-joy fondini boshqarish



Download 50,84 Kb.
bet6/13
Sana31.05.2022
Hajmi50,84 Kb.
#621120
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Egamberdiyev J. Kurs ishi. Uy-joy f. b.

2.2. Uy-joy fondini boshqarish


Uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondini, muhandislik uskunalarini, shu uylarga tutash, obodonlashtirish elementlari boigan yer uchastkalarini lozim darajada saqlashni; ularga xizmat ko‘rsatish va vilarni ta'mirlashni hamda fuqarolarning yashashi uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan boshqa faoliyatni o'z ichiga oladi.
Davlat uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondining mulkdori bilan boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot o'rtasida tuziladigan shartnomaga binoan amalga oshirilishi mumkin.
Bu borada professinonal boshqaruv kompaniyalarining o‘rni katta bo'ladi. Boshqaruv kompaniyasi faoliyatining asosiy maqsadi uy-joy sohasida ko'chmas mulk muikdorlariga yoki mulkdorlar tomonidan vakolat berilgan organlar, uy-joy mulkdorlari shirka-tiga, ko‘p kvartirali uylardagi turaijoy va noturaijoy mulkdorlariga va boshqa tashkilotlar yoki shaxslarga ko'chmas mulkni boshqarish sohasida xizmat ko'rsatish orqali daromad olishdan iborat.
Boshqaruv kompaniyasi faoliyati predmeti quyidagi lurdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan iborat:
a) ko‘chmas mulkkn xizmat ko‘rsatilishini boshqarish bo'yicha. jumladan:
— invenlarizatsiya o'tkazish
—texnik holatni ko'rikdan o'tkazish;
— xizmat ko'rsatish va ta’mirlash bo'yicha bajariladigan ishlarning ustuvorligini baholash;
—xizmat ko'rsaiish, ta’mirlash. rekonstruksiya qilish, mulkning ayrim obyektlari (qismlari)ni modemizatsiya qiJish ishlarmi amalga oshirish uchun zarur bolgan nuqsonlar dalolatnomasi va boshqa turdagi texnik hujjatlarni tuzish;
—mulkni saqlash bo‘yicha yillik va istiqbolli rejalar loyihasini ishlab chiqish;
—texnik va sanitariya xizmatlarini ko'rsatish hamda ta'mirlash bo'yicha ishlar rejalari va jadvallarini tayyorlash;
—yangi jihozlar va muhandislik tizimlarini o‘rnatish, mulkni
rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflarni ishlah chiqish; — mulkka avariya-dispetcherlik xizmati kc/rsalilishini uyush-tirish;
b) moliyaviy boshqaniv bo'yicha, jumladan:
—mulkni saqlash rejalarini amalga oshirish uchun moliyaviy resurslarga bo'lgan ehtiyojni baholash;
— ayrim ish turlari, ta'mirlash ho‘yicha smetalami ishlab chiqish;
—daromadlar va xarajatlar smetalari loyihasini ishlab chiqish; —uy-joy mulkdorlari (uy-joy mulkdorlari shirkati a’zolari)ning mulkni saqlash xarajatlarini qoplash bo‘yicha to'lovlari (badallari) miqdorini hisoblab chiqish;
—daromadlar smetasi moddalariga mos holda to'lovlar (badallar) tushumi hisobini yuritish va nazorat qilish;
—uy-joy mulkdorlari shirkatlari, mulkdorlar va ular tomonidan vakolat berilgan organlar, tashkilotlar va shaxslar uchun daromadlar va xarajatlar smetasining ijrosi bo'yicha hisobotlarni tayyorlash;
— xizmat ko'rsatish va ta’mirlash bo'yicha bajarilgan Lhlar uchun toMovlarni tasdiqlash bo‘yicha chiqim hujjatlarini tekshirish; — uy-joy mulkdorlari shirkatlarining buxgalterlik hisobini va hisobotini yuritish;
— uy-joy mulkdorlari va uy-joy mulkdorlari shirkatlari uchun soliqlar, yig'imlar va majburiy to‘lovlarni hisob-kilob qilish;
—auditorlik tekshiruvlarini tashkil etish
d) ma'muriy boshqaruv bo'yicha, jumladan:
—davlat organlari va boshqa organlarda mulkdorlar, uy-joy mulkdorlari shirkatlari nomidan ish yuritish;
—xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash bo‘yicha malakali ijrochilar. pudratchilarni izlash;
—mulkdorlar yoki u1ar tomonidan vakolat berilgan organlar, tashkilotlar yoki shaxslarga ishlami bajarish (xizmat ko'rsatish) bo‘yicha tanlovlar (tenderlar) o'tkazish uchun tanlov hujjatlari to‘plamini ishlab chiqish yoki bu borada yordam berish;
— uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqa mijozlar uchun lavozim yo'riqnomalarini va ishlami bajarish bo'yicha topshiriqlami ishlab chiqish;
—mulkdorlar yoki ular tomonidan vakolat berilgan organlar, tashkilotlar yoki shaxslar uchun ishlarni bajarish (xizmat ko'rsatish) bo‘yicha shartnomalar loyihalarini ishlab chiqish;
— ijrochilar, pudraichilar tomonidan shartnomalarning ba-jarilishini nazorat qilish. bajarilgan ishlar hajmi va sifatini ba-holash;
—uy-joy mulkdorlari shirkatida mulkdorlarning to'lovi (badal-lari) yig'imini tashkil etish;
— muddfiti o‘tgan to‘lovlar va qarzlar tushumini ta'minlash; — uy-joy mulkdorlari shirkatlari va har bir mulkdor uchun mulkni saqlash hamda daromadlar va xarajatlar smetasi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash;
—aholi va tashkilotlardan avariya holatlarini bartaraf etish va ta'mirlashtiklash ishlarini bajarish ho'yicha buyurtmalar olinishini ta’minlash.
e) maxsus xizmatlar ko‘rsatish, jumladan:
— mulkni rekonstruksiya va modemizatsiya qilish bo'yicha, xususan. resurslarni tejash va mulkni saqlash xarajatlarini ka-maytirish yuzasidan takliflami tayyorlash;
—ko‘p kvartirali uylarda xonalarni qayta rejalashtirish, qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha ekspert xulosalarini tayyorlash;
— mulkdan foydalanishda qo'shimcha daromad olish uchun takliflar ishlab chiqish;
— mulkdorlar yoki ular tomonidan vakolat berilgan organlar. tashkilotlar yoki shaxslar topshirig'iga ko'ra ijarachilarni (aren-datorlar) izlash, ijara (arenda) shartnomalarini tayyorlash va ulaming ijrosi ustidan nazorat o‘matish;
—moliyaviy mablagMami saqlash va qo'shimcha daromad olish uchun bank depozitlarida joylashtirish bo‘yicha takliflami ishlab chiqish;
— xonalar mulkdorlari va UMSHga kapital ta'mirlash, rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari uchun banklardan va boshqa kredit tashkilotlaridan kreditlar olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishga ko'maklashish;
— sudlarda xonalar mulkdorlari, ijarachilar, yollovchilarga nisbatan uyjoy mulkdorlari shirkati nomidan ish yuritish.
Xususiy uy-joy fondini boshqarish bevosita turaijoylar mulk-dorlari, shirkat, boshqaruvchi (ijrochi direklor) yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan yoxud qonun hujjatlariga muvofiq boshqacha usulda amalga oshirilishi mumkin. Ko‘p kvartirali uyni boshqarish usuli shu uydagi turarjoylar mulkdorlari umumiy yig'ilishining qarori bilan belgilanadi, ko'p kvartirali uydagi turarjoylar mulkdorlarining umumiy yig'ilishi to‘g‘risidagi nizom 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lasdiqlanadi. Ko‘p kvartirali uy turaijoylar mulkdorlari tomnnidan bevosila boshqa-rilganda shu uydagi umumiy mol-mulkni saqlash yoki uni ta'mirlash ishlarini bajarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartno-malari turarjoyiar mulkdorlari umumiy yig ilishining qarorlari asosida tuziladi.
Bunda uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda turarjoylar mulkdorlari nomidan turarjoylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi tomonidan vakil qilingan turaijoylar mulkdorlaridan biri yoki bir nechtasi ish ko‘rishga haqlidir.
Shirkat tashkil etilgan ko‘p kvartirali uyni boshqarish «Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda shirkatning boshqarish organlari, boshqaruvchi (ijrochi direktor) —jismoniy shaxs, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkor. boshqaruvchi tashkilot — har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Download 50,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish