Bog'liq METROLOGIYA VA TELEKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARIDA O’LCHASH mavzu izlash uchun
6.9. Raqamli ostsillograflar Raqamli ostsillograf bir vaqtda signalni ekranda kuzatish va uning bir qator parametrlarining son qiymatlarini odatdagi ostsillograf ekranidan miqdoriy kattaliklarni sanash yo’li bilan topishdan ko’ra katatroq aniqlik bilan hosil qilish imkonini beradi. Bu signalning parametrlari bevosita raqamli ostsillografning kirishida o’lchanishi tufayli mumkin bo’ladi, chunki vertikal og’dirish kanali orqali o’tgan signal jiddiy xatoliklar bilan o’lchanishi mumkin. Bu xatolar 10% gacha etishi ham mumkin.
Hozirgi zamon raqamli ostsillograflari bilan o’lchanadigan parametrlar quyidagilardir: signal amplitudasi, uning chastotasi yoki davomiyligi. Ostsillograf ekranida, ostsillogrammalarning o’zlaridan tashqari boshqaruv organlarining holati ham aks ettiriladi (sezgirlik, yoyish davomiyligi va boshqalar). Ostsillografdan axborotni bosishga chiqarish va boshqa funksional imkoniyatlar ko’zda tutilgan. Biroq raqamli ostsillograflarning imkoniyatlari shu bilan cheklanib qolmaydi. Raqamli ostsillograflarni mikroprotsessorlar bilan biriktirish signal kuchlanishining amaldagi qiymatini aniqlash va hatto istalgan turdagi signal uchun Furye almashtirishlarini hisoblash hamda ekranda aks ettirish imkonini beradi.
Raqamli ostsillograflar qurilmalarida signalni to’la raqamli qayta ishlash amalga oshiriladi, shuning uchun odatda, ularda eng yangi indikatorli panellarda akslantirishdan foydalaniladi.
Raqamli ostsillograflarda o’lchash natijasini aks ettirish uch usul bilan o’tkaziladi:
– signalning dinamik tasvirini ekranda kuzatish bilan parallel ravishda, uning sonli parametrlari tabloda yoritiladi;
– operator signalning ekrandagi tasviriga o’lchanayotgan parametrni belgilash uchun yorug’lik nishonlarini shunday yaqin keltiriladiki, keyin tegishli rostlashdagi raqam bo’yicha parametrning qiymatini aniqlaydi;
– tekshirilayotgan signallarning tasvirini va raqamli axborotni shakllantirish uchun maxsus kineskoplar (masalan, matritsaviy indikatorlar) hamda rastrli usullardan foydalaniladi.
Hozirgi zamon ostsillograflarida trubkaning ekranida tasvirning optimal o’lchamlari avtomatik o’rnatiladi. Quyida zamonaviy raqamli avtomatlashtirilgan ostsillografning parametrlari keltiriladi.
Raqamli ostsillografning tuzilish sxemasi quyidagilarni o’z ichiga oladi: kirish signali attenyuatori; vertikal va gorizontal og’dirish kuchaytirgichlari; amplitudalar va vaqt oraliqlarini o’lchagichlar; signal va o’lchashlarning interfeyslari; mikroprotsessorli kontrollyor; yoyish generatori; sinxronlash sxemasi va elektron-nurli trubka.
Zamonaviy-raqamli ostsillografning texnik tavsiflari:
o’tkazish polosasi 0...100 MGs;
og’dirish koeffitsientlari 0,02...10 V/bol.;
yoyish koeffitsientlari 20 ns/bol ... 20 ns/bol.;
og’dirish va yoyish koeffitsientlarining xatoligi 2...4%;
raqamli o’lchashlar xatoligi 2...3%;
ekranning o’lchami 80Ѕ100 mm.