Toshkent aloqa tehnologiyalari universiteti u. N. Karimova metrologiya va telekommunikatsiya tizimlarida o



Download 2,04 Mb.
bet126/131
Sana31.05.2022
Hajmi2,04 Mb.
#623086
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131
Bog'liq
METROLOGIYA VA TELEKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARIDA O’LCHASH mavzu izlash uchun

10.5. Interfeyslar
Faqat kompyuterni o’lchash vositalari bilan bog’lash (biriktirish) uchun qo’llaniladigan interfeyslarni ko’rib chiqamiz, chunki interfeyslar boshqa qurilmalarda ham qo’llaniladi (masalan, aloqa modemlarida). Axborot-o’lchash tizimlarida odatda umumiy magistrallarga ulanadigan va axborotni tashqi tarmoqlarga uzatish uchun ham foydalaniladigan standart interfeyslardan va modullardan foydalaniladi. Bunda yangi metrologik masalani hal etish uchun axborot manbasi yoki qabul qilgichi sifatida foydalaniladigan modullarning bir qismini va dasturiy ta’minotni almashtirish etarli bo’ladi.
O’T bajaradigan vazifalarga bog’liq ravishda turlicha murakkablik va tuzilishli interfeyslarni qurish mumkin.
Har bir masala yoki masalalar guruhi uchun interfeyslar yaratish iqtisodiy foydasiz bo’lganligi uchun standart interfeyslardan foydalaniladi. Hozirgi zamon o’lchash asboblari va tizimlari arxitekturasida kompyuterlarga turli qurilmalarni ulash uchun xizmat qiladigan standart kompyuter interfeyslari borgan sari ko’proq ahamiyat kasb etmoqda. Bular boshqa kompyuterlar, raqamli o’lchagichlar, axborot yig’ish qurilmalari, tashqi qattiq disklar, Flash-xotira (inglizcha flash – «chaqnash», «flesh» deb o’qiladi), CD va DVD-qurilmalar, skanerlar, printerlar va boshkalar bo’lishi mumkin. Zamonaviy standart interfeyslarning qisqacha tavsifini ko’rib chiqamiz.
RS-232-C ketma-ketlik interfeysi
Hozirgi vaqtda EIA RS-232-C standarti va V.24 CCITT tavsiyalari bilan o’rnatilgan ma’lumotlarni sinxron va asinxron uzatish ketma-ketli interfeysi keng qo’llanilmoqda (13.2-jadval).
RS-232-C interfeysi ma’lumotlari  10.1-jadval

Uzatish tezligi

115 kbit/s (maksimum)

Uzatish masofasi

15 m (maksimum)

Signal xarakteri

Kuchlanish bo’yicha nosimmetrik

Drayverlar soni

1

Qabul qilgichlar soni

1

Ulanish sxemasi

To’la dupleks, nuqtadan nuqtagacha

Kompyuter RS-232-C interfeysini ulash uchun 25 kontaktli (DB25P) yoki 9 kontaktli (DB9P) raz’yomga ega (10.1-rasm).

Kontaktlarning vazifasi va axborot almashinish tartibi 10.2-jadvalda keltirilgan.
RS-232-C interfeysi ikkita qurilmani ulaydi va kompyuterlarni o’zaro aloqasi uchun, shuningdek, kompyuterga standart tashqi qurilmalarni (printer, skaner, modem, sichqoncha va boshqalarni) ulash uchun mo’ljallangan.
RS-232-C da ma’lumotlar ketma-ketligi kodda baytlab uzatiladi. Har bir bayt start va stop bitlari bilan o’raladi (xoshiyalanadi). Ma’lumotlar bir tomonga ham, ikkinchi tomonga ham uzatilishi mumkin (to’la dupleks rejimi).
RS-232-C dan foydalanishning asosiy afzalliklari axborotni ancha katta masofalarga uzatilish imkoniyati va sodda ulovchi kabeldir. Ulangan qurilmalarni boshqarish uchun dasturli tasdiqlashdan (uzatiladigan ma’lumotlar oqimiga tegishli boshqaruvchi signallarni kiritishdan) foydalaniladi. Apparatli tasdiqlashni status va boshqarishni aniqlash funksiyalarini ta’minlash uchun qo’shimcha RS-232-C liniyalarni kiritish yo’li bilan tashkil etish mumkin.
10.2-jadval

Nomi

Yo’nalish

Tavsifi

Kontakt (25 kontaktli) razyom

Kontakt (9 kontaktli) razyom

DCD

IN

Carrie detect
(Eltuvchini aniqlash)

8

1

RxD

IN

Receive Data
(qabul qilinadigan ma’lumotlar)

3

2

TxD

OUT

Transmit Data
(Uzatiladigan ma’lumotlar)

2

3

DTR

OUT

Data Terminal Ready
(Terminalning tayyorligi)

20

4

GND

-

System Ground
(Tizim korpusi)

7

5

DSR

IN

Data set Ready
(ma’lumotning tayyorligi)

6

6

RTS

OUT

Request to Send
(Jo’natishga so’rov)

4

7

CTS

IN

Clear to Send
(qabul qilishning tayyorligi)

5

8

RI

IN

Ring Indicator
(indikator)

22

9




























Uch yoki to’rt simli aloqa (ikki yo’nalishda uzatish uchun) eng ko’p qo’llaniladi. To’rt simli aloqa liniyasi uchun RS-232-C interfeysini ulanish sxemasi 10.2-rasmda ko’rsatilgan.
Ikki simli aloqa liniyasi uchun faqat kompyuterdan tashqi qurilmaga uzatish bo’ladigan holda SG va TxD signallaridan foydalaniladi. Interfeysning 10 ta signalining hammasi faqat kompyuterning modem bilan ulanishida ishlatiladi.
RS-232-C interfeysi orqali uzatiladigan ma’lumotlarning formati 10.3-rasmda keltirilgan.
Ma’lumotlarni o’zi (5, 6, 7 va 8 bit) start biti, juftlik biti va bitta yoki ikkita stop bitlari bilan qo’shilib boradi. Start bitini olib, qabul qilgich liniyadan ma’lumotlar bitlarini ma’lum vaqt oraliqlaridan keyin tanlaydi. Qabul qilgich va uzatgichning takt chastotalari bir xil bo’lishi juda muhimdir (farq 10% dan oshmasligi ruxsat etiladi). RS-232-C bo’ylab uzatish tezligi ushbu qatordan tanlanadi: 110, 150, 300, 600, 1200, 2400, 4800, 9600, 19200, 38400, 57600, 115200 bit/s.


RS-232-C bo’yicha almashinuv buning uchun maxsus ajratilgan portlar COM1 (3F8h, ..., 3FFh adreslar, uzish IRQ4), COM2 (2F8h...2FFh adreslar, uzish IRQ3), COM3 (3F8h...3EEh adreslar, uzish IRQ10), COM (8E8h...2EFh adreslar, uzish IRQ11) bo’yicha murojaatlar yordamida amalga oshiriladi.
Bu adreslar bo’yicha murojaatlar formatlarini ketma-ketli almashinuv kontrollyorlari mikrosxemalari UART ning ko’p sonli tavsiflaridan, masalan, i8250, KP580BB51 dan topish mumkin.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish